Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda
Download 0.89 Mb.
|
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir
Moyli urug‘larni maydalash.
Pichoqli shelushitil qurilmasi ingichka tolali paxta chigitini maydalashda ishlatiladi. Sheluxa bilan birga kam moy yo‘qolish va kunjara tarkibidagi oqsilni kamaytirib yubormaslik uchun chigitni maydalashda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: chigitdan namlik yetarli bo‘lishi ; chigit ustida qolgan tuk va pux miqdori ko‘p bo‘lmasligi; chigitning sifati standartga ko‘rsatilgandek bo‘lishi (kuygan, qizigan va buzilmagan bo‘lishi ) ; chigit bilan aralashib kelgan chang, pux va boshka chiqindilar miqdori kam bo‘lishi; separatorning hamma qismi normal ishlashi kerak. Maydalangan urug‘ (rushanka) butun mag‘iz, qobig‘, mag‘iz va qobig‘ bo‘laklari, butun va bir qism singan urug‘ va moy changlaridan tashkil topgan. Bu aralashmani ajratishdan maqsad, maksimal miqdorda mag‘izni qobig‘dan ajratib moyning yo‘qolishini minimal kamaytirish, moyning sifatli bo‘lishini ta‘minlash. Rushankani shopirish usulini, qurilmani va rejimini tanlash rushanka tarkibidagi komponentlarning ba‘zi bir xususiyatlarga asoslangan. Sanoatda quyidagi xususiyatlarini hisobga olib ajratish keng qo‘llaniladi: shakl o‘lchamlari va aerodinamik xususiyatlarga asosan, shakl o‘lchamlari va elektrofizik xususiyatlarga asosan, zichligi, ishqalanish koeffisenti va aerodinamik xususiyatlarga asosan. Shakl o‘lchamlariga ko‘ra mag‘izni qobig‘dan ajratish faqat maydalangan paxta chigitidan mag‘iz va sheluxaga ajratishda qo‘llaniladi, boshqa urug‘larni rushankasini ajratishda bu usul ularni fraksiyalarga ajratish uchun qo‘llanilib fraksiyalarni aerodinamik usulda ajratishni yengillashtiradi. Moyli urug‘larni va ularning morfologik qismlarini aerodinamik xususiyatlari turlicha bo‘lib u urug‘ning naviga, turiga, yetishtirish sharoitiga, shakl va o‘lchamiga, namligiga zichligiga va sirtning holatiga bog‘liq bo‘ladi. Kungaboqar, soya va shunga o‘xshashlarni va rushankasini tarkibiy qismlarda ajratishda shakl o‘lchami va aerodinamik xususiyatlari hisobga olgan ajratish usuli qo‘llaniladi. Kungboqar rushankasini bir qism g‘alvir yordamida fraksiyalarga ajratish uni havo oqimi yordamida to‘liq komponentlarga ajralishini ta‘minlaydi. Urug‘ qobig‘i katta yuzaga va kichik massaga ega bo‘lganligi sababli, havo oqimida mag‘izga nisbatan tez uchuvchan bo‘ladi va mag‘izdan oson ajraladi. Kungaboqar rushankasi murakkab turli o‘lchamdagi aralashmadan iborat bo‘lganligi uchun uni bir martada mag‘iz va qobig‘ini aloxida ajratib bo‘lmaydi. Shu sababdan ham kungaboqar qobig‘i rushankani birlamchi o‘lchami bo‘yicha fraksiyalarga ajratish va bu fraksiyalarga havo oqimi yordamida mag‘iz va qobig‘ga ajratishda maxsus qurilmalar aspirasion semenoviykalar M1S-50, M2S-50, R1-MST qo‘llaniladi. Bunday mashinalar ikki qismdan: elak (sochib fraksiyaga ajratish qismi) va aspirasiya kamerasidan iborat. R1-MST tipidagi aspirasiya qurilmasida rushankani fraksiyalarga ajratish va qobig‘ini mag‘izdan ajratish jarayonining texnologik sxemasi 37-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda elakning ikkita yuqoriga parallel ishlovchi teshiklarining diametri 3 ml dan bo‘lgan g‘alvirda rushanka mayda fraksiyadagi mag‘iz va qobig‘dan ajratiladi. Bu moyni qobiq bilan birga yo‘qolishini kamaytiradi. Elakdan o‘tgan mahsulot g‘alvirdan chiqayotgan mag‘izga qo‘shiladi. G‘alvir ustidagi mag‘iz va po‘choq aralashmasi aylanib harakatlanadigan g‘alvirga oltita fraksiyaga ajraladi. Bu oltita fraksiya aspirasiya kamerasiga kelib tushadi va bu yerda ventilyatorda yuborilayotgan havo oqimi ta‘sirida mag‘iz qobig‘dan ajratiladi. Ajratilgan qobiq omborxonaga mag‘iz esa nazorat elagidan o‘tib yanchishga yuboriladi. Kungaboqar mag‘izi tarkibidagi koldiq qobig‘ miqdori presslash usulida moy olishda 8% dan oshmasligi kerak. Ajralib chiqayotgan qobiq bilan birga chiqayotgan mag‘iz miqdori 0,2-0,3% dan oshmasligi kerak. Paxta chigitining rushankasi, sheluxasining strukturasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, rushanka tarkibidagi sheluxa va mag‘iz ularning shakil o‘lchamlariga asosan galvirsimon sirtlardan tashkil topgan sirpanuvchi qo‘sh ramalarda va bitter shopirgichlarda ajratiladi. O‘rta tolali paxta chigiti ishlanganda rushanka tarkibidagi sheluxani ajratishda birinchi va ikkinchi shelusheniyadan keyin ham ketma-ket sirpanuvchi qo‘sh ramali elak va bitter shopirgich ishlatiladi, bularning farqi shundaki birinchi shelusheniyadan keyin bitter shopirgichning elagini ustidan tushayotgan chaqilmagan chigit, sheluxa ikkinchi shelusheniyaga yuboriladi ikkinchi shelusheniyadan keyin bitter shopirgichning elagini ustki qismdan tushayotgan sheluxa, sheluxa maydonchasiga, shopirgich elagidan o‘tgan mag‘iz va bir qism sheluxa zarralari nazorat qiluvchi sirpanuvchi qo‘sh ramali elakga boradi va u yerdan elanib yana bir qism sheluxadan ajratiladi va shundan keyin mag‘iz ezish uchun valsovkaga yuboriladi. O‘rta tolali chigit qoldiq momigi 4,5% dan ko‘p bo‘lgan paxta chigitini maydalash va mag‘iz va sheluxaga ajratish jarayoni 38-rasmda ko‘rsatilgan texnologik sxema asosida amalga oshiriladi. Tozalangan chigit elektromagnitli separatordan o‘tib tarqatuvchi 1 shnekka kelib tushadi, bu shnek yordamida chigit birinchi bosqich 2 shelushitelda yuboriladi, bu yerda 70-75% chigit chaqiladi. Chaqilgan rushanka o‘z-o‘zidan 3 sirpanuvchi qo‘sh ramali g‘alvirga tushadi, bu qo‘sh ramali g‘alvir bevosita shelushitelni ostiga o‘rnatiladi. Bu yerda rushanka tarkibidagi bir qism mag‘iz ajraladi. G‘alvirdan o‘tgan mag‘iz 12 shnek ga yuboriladi va u yerdan valsovkaga ketadi. Sirpanuvchi qo‘sh rama tagiga yaxlit tunuka rama o‘rnatilgan. Turli ramalar gorizantal chiziqqa 1/15 nisbatda qiya joylashtirilgan. har bir turli rama besh qismdan iborat bo‘lib, umumiy ramaga biriktirilgan. Galverning ramalari staninaga biriktirilgan kronshteyin yordamida 35 mm masofada ilgarlanma-qaytarilma harakatlanib turadi. Turli ramaga teshiklari har xil bo‘lgan to‘r tutilgan. Birinchi va ikkinchi ramaga teshiklar 4 mm li, uchinchi va to‘rtinchisiga 5-6 mm li va beshinchi ramaga 6-7 mm li to‘r qoplangan. Sirpanuvchi qo‘sh ramali galvirning ustki qismida tushayotgan rushanka kesilgan chigit ichiga mag‘izi bor, butun chigitdan va shulxadan iborat bo‘lib, o‘z-o‘zidan 4 bitter shopirgichda birinchi bosqich shopirish uchun tushadi bu yerda darralar zarbi ta‘sirli moyli chang va mayda mag‘iz zarrachalari g‘alvirdan o‘tib 12-shnekga tushadi. Maydalanmagan butun urug‘lar va shluxa g‘alvir ustidan 5-shnekga tushib 6 noriya orqali 7 tarqatish shnekiga keladi va bu yerdan gardishli shelushetelga ikkinchi bosqich shelushelyanishga kelib tushadi. Ikkinchi shelusheniyadan keyin rushanka tarkibidagi maydalanmasdan qolgan urug‘ miqdori 0,8% dan oshmasligi kerak. Bitter shopirgich 39-rasmda ko‘rsatilgan, u 2 ta gorizantal o‘rnatilgan turli barabandan iborat bo‘lib, barabanlar ichida darrali o‘q o‘tadi. Barabanlarning tagiga to‘r bilan qoplangan tunika maxkamlangan. Shopirgichning bir tomoniga uzatish mexanizmi o‘rnatilgan. Bu mexanizm o‘qining shkivi tasma yordamida harakatlanadi. O‘qqa ekssentrik o‘q va bug‘ellar joylashtirilgan, to‘r qoplangan tunika rama shular yordamida ilgarilama-qaytarilma harakatlanadi. O‘qning orasiga 2 ta shkiv bo‘lib, ular tasma yordamida darrali barabanni aylantirib turadi. Darralar bilan baraban bir-biriga qarama-qarshi aylanadi. Sirpanuvchi qo‘sh ramali g‘alvirdan o‘tgan qoldiq bitter shopirgichning qo‘sh barabaniga tushadi. Bu yerda darralar zarbi ta‘sirida rushankadan moyli chang va mag‘iz zarrachalari ajralib galverdan o‘tadi va shnekka tushib valsovkaga yuboriladi, sheluxa g‘alvir ustiga qolib, sheluxa saqlanadigan maxsus maydonga o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich 8 shelushiteldan o‘tgan rushanka 9 sirpanuvchi qo‘sh ramali g‘alvirdan kelib tushadi va u yerda elangan mag‘iz valsovkaga, g‘alvir ustidagi qoldiq 9 bitter shopirgichga kelib tushadi Ikkinchi bosqich bitter shopirgichda mag‘iz sheluxadan ajratiladi, elanma mag‘iz valsovkaga, qoldiq sheluxa, sheluxa saqlanadigan maydonchaga uzatiladi. Paxta chigitini chaqish va tarkibiy (mag‘iz va sheluxa) qismlariga ajratish jarayoni chigitni 2-qavatdan, chaqish va elab tarkibiy qismlarga ajratish birinchi etajda amalga oshiriladi. Gullerdan maydalanib chiqqan rushankani darhol tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Chunki maydalangan mag‘iz bilan sheluxa qancha ko‘p vaqt aralash holda bo‘lsa, sheluxaning ustiga shuncha ko‘p moy yopishib qolib moyning yo‘qolishi ko‘payadi. Sheluxaga qo‘shilib ketayotgan mag‘iz zarrachalari miqdori 0,6-0,8% bo‘ladi. Norma bo‘yicha sheluxaning moyliligi 1% dan oshmasligi kerak. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan maydalangan moyli urug‘larni tarkibiy qismlarga ajratish usullarida, maydalangan qobig‘ bilan mag‘iz uzoq vaqt kontaktda bo‘lishi va g‘alvirlarda ajratish vaqtida qobiq mag‘iz zarrachalarini o‘ziga biriktirib olib moylanadi va buning natijasida moyning yo‘qolishi ko‘payadi shu sababli ham hozirgi vaqtda elektrostatik usulda ajratishni ishlab chiqarishga qo‘llash ustida ish olib borilmoqda. Qobiq va mag‘izning diaelektrik o‘tkazuvchanligi va solishtirma qarshiliklarining turlicha ekanligi ularni elektroseparasiya usulida ajratish uchun asos qilib olindi. 41-rasmda rushankani tarkibiy qismga ajratadigan elektroseparator tasvirlangan. Bu qurilmaning o‘zida bir vaqtda rushanka mag‘izga, butun urug‘ga, qobig‘ga va moy changlariga ajraladi. Ajralib chiqayotgan qobig‘ning moyliligi 0,2-0,5% ga, aspirasiya usulida ajratilgan qobig‘ning moyliligidan kam. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling