Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Adabiyotlar:1,2,3,5 Tayanch so‘z va iboralar


Download 0.89 Mb.
bet57/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Adabiyotlar:1,2,3,5
Tayanch so‘z va iboralar: mag‘zni yanchish, yanchish usullari, valtsovka, yaproqsimon strukturasi. o‘rta tolali paxta chigiti, presslash usulida moy ajratish, kungaboqar urug‘ini moy ajratishga tayyorlash; ingichka tolali paxta chigitini moy ajratishga


Urug‘ mag‘zini yanchishdan maqsad
O‘simlik moylari ishlab chiqarishda mag‘zni yanchish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, bu jarayon qurilmalarining ish unumdorligi va moyning chiqishiga katta ta‘sir etadi. Moy olishda xom ashyo turiga qarab urug‘ (soya), mag‘z va kunjara yanchiladi, buning natijasida hosil bo‘lgan mahsulotga yanchilma (yanchilma) deb aytiladi va yanchilmadan butun urug‘ yoki mag‘zga nisbatan kam kuch sarflab ko‘p moy olinadi.
Mag‘z tarkibidagi moyning holati. Ma‘lumki, moyli o‘simliklar urug‘i shu urug‘ning to‘qimalarini tashkil qiluvchi juda ko‘p hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayra, hujayra po‘stidan va protoplazmadan tashkil topgan bo‘lib, mana shu protoplazma ichiga moy bir tekisda shimilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘simlik urug‘i tarkibidagi moyni ajratib olish uchun mumkin qadar ko‘proq hujayralarni parchalash zarur.
Qobig‘idan ajratilib tozalangan moyli xom ashyoni mag‘zini ezish, ulardan moy olish texnologiyasini birinchi bosqichidir. Bu jarayonining maqsadi:
1.Mag‘iz hujayralarini maksimal miqdorda parchalash. Mag‘iz qancha yanchilsa, shuncha ko‘p xujayralar parchalanadi.
2.Mag‘iz parchalarini optimal o‘lchamda maydalanishini ta‘minlash.
3.Mag‘izni bir xil maydalanishini ta‘minlash.
4.Mag‘izga yaproqsimon struktura hosil qilish va buning natijasida keyingi boradigan texnologik jarayonlarini (qovurish, presslash va ekstraktsiyalash) borishini osonlashtirish .
Mag‘zni yanchish usullari. Bu ish asosan uch xil: 1) ishqalab ezish, 2) bosib yanchish, 3) urib maydalash yo‘li bilan bajariladi. Mag‘izning yaxshi maydalanishi ularning nam yoki quruq bo‘lishiga ham bog‘liq. Quruq mag‘iz uqalanib ketadi va unsimon strukturali bo‘lib chiqadi. Bunday yanchilmadan yog‘ olish qiyin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling