Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Mag‘zni yanchishning nazariy asoslari


Download 0.89 Mb.
bet58/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Mag‘zni yanchishning nazariy asoslari
Tozalangan chigit mag‘izi va boshqa moyli xom ashyoni ezish (yanchish), ulardan moy olish texnologiyasi birinchi bosqichidir. Moy hujayralari ichida oson bo‘shab chiqishi va xom ashyodan maksimal moy olish uchun (A.M.Goldovskiy nazariyasi bo‘yicha) mag‘izni yanchishda uning hujayralari ichki devorlarini buzish, olingan yanchilma zarrachalari hajmining bir hilda bo‘lishini ta‘minlash lozim. Mag‘iz hujayralari qancha ko‘p ezilsa, moy shuncha osonlik bilan olinadi va ko‘p chiqadi. Shuning uchun mag‘izni mayda qilib talqonlash kerak. Lekin shuni esda tutish kerakki juda mayda un qilib yubormaslik kerak, chunki undan yog‘ olish qiyinlashadi. Uni namlash qiyin bo‘ladi, dumaloqlanib qolib ichiga suv kira olmaydi. Shu sababli mag‘izni bargsimon shaklda ezish kerak. Bu valtsovka deb ataladigan mashinalarda bajariladi.
Mag‘iz yanchish vaqtida faqatgina mag‘izning strukturasi o‘zgarmasdan uning tarkibidagi moylarning joylashishi ham o‘zgaradi, to‘qimalar ichida joylashgan moy tomchilari to‘qimalarining parchalanishi natijasida to‘qimalardan ozod bo‘lgan moy mag‘iz sirtiga chiqib yangi hosil bo‘lgan sirtni yupqa qavat holda o‘rab oladi. Ajralib chiqayotgan moyning mag‘izdan ajratmasligiga sabab, moy yangi hosil bo‘lgan sirtga ichki va tashqi molekulyar kuchlar bilan tortilib turganligidandir.
Guller – separator sexidan chiqqan mag‘iz bilan sheluxa aralashmasi tovar yoki rushanka deb ataladi. Tovar noriyalarida ko‘tarilib, so‘ng taqsimlanishi shnek orqali valsovkaga tushadi. Valsovkadan chiqqan mag‘iz yanchilma deb ataladi.
Mag‘izni avval bargsimon shaklda ezib, keyin qovurishdan asosiy maqsad forpress yog‘ini ko‘proq olishdir. Yuqorida aytilganidek chigitning yog‘ hujayralarini maksimum ezish yo‘li bilan bunga erishish mumkin.
Bundan tashqari, mumkin qadar ko‘p yog‘ olishi boshqa bir qancha faktorlar ta‘siriga ham bog‘liq. Quyida ezish jarayonning ko‘p yog‘ olishga ta‘sirini bayon qilamiz.
Yog‘ har bir xujayraning eleoplazmasida joylashgan. Gel holatidagi massa hujayralarni bir-biri bilan bog‘lab turadi. Bu massa yirik va bir qancha mayda hujayralarni o‘z ichiga olib ularni maxkam jisplashtiradi. Bunday holatni buzish uchun mag‘izni valtsovkada ezish kerak.
Mag‘z tashqi ta‘sir (siqish) ga qarshilik ko‘rsatadi. Bu mag‘izning anatomik tuzilishiga (hujayralarning sifatiga) gel holatidagi massaning tuzilishi bilan uning kimyoviy tarkibiga va shuningdek, mag‘izning nam yoki quruq bo‘lishiga bog‘liq. Bunda ayniqsa keyingi faktor (namligi 7,5 % dan kam) holida valtsovkada tushirilsa, uvalanib ketadi, bargsimon parchalar hosil bo‘lmaydi. Mag‘iz valtsovkadan bargsimon parcha-parcha bo‘lib tushsa, uning yuzasi ham yetarli darajada katta bo‘ladi. Bargsimon parchalarning bir tekis bo‘lishini ta‘minlash uchun mag‘iz optimal darajada bo‘lishi va valtsovkaga oziqlantiruvchidan bir tekis tushib turishi kerak. Mag‘izning namligi maksimal (12%) dan ortiq bo‘lsa ham sifatli bargsimon parcha hosil bo‘lmaydi. Nami ko‘p mag‘izdan tizimcha yoki yumoloq shaklidagi yopishqoq massa chiqib, u qozonga yetib borguncha transport elementlariga tiqilib qoladi.
Mag‘zni yanchish vaqtida undagi yog‘ hujayralardan ajralib sirtiga chiqib ketmasligining ham katta ahamiyati bor. Mag‘iz ortiqcha namlanib yuborilganda shunday holat yuz berish mumkin. Mag‘izning ichiga kirgan suv, uning hujayralari orasida joylashgan tomchi shaklidagi yog‘ni siqib chiqara boshlaydi. Bu jarayon mag‘izni ezish vaqtida yana ham tezlashib ketadi. Natijada valtsovkaning o‘qlari moylanib, ular silliq bo‘lib qoladi va bir-biri bilan jisplashmaydi. Shuning uchun xom ashyoning bir qismi ezilmasdan o‘tib ketadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling