Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


O‘rta tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi


Download 0.89 Mb.
bet61/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

O‘rta tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi
Hozirgi vaqtda sanoatda moyli xom ashyolarni moy ajratishda tayyorlashda turli texnologik sxemalar qo‘llanilmoqda, bu texnologik sxemalar hom ashyo turiga, texnologik qurilmalarning birin-ketin qo‘yilganligiga va ularning soniga qarab turli ishlab chiqarish quvvatiga ega.
44-rasmda o‘rta tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi ko‘rsatilgan, paxta chigiti saqlash omboridan 1 shnekli transpartyor orqali 2 qabul qilish bunkeriga uzatiladi, qabul qilish bunkeri ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan chigitni miqdorini bir mg‘eyorda uzatilishini ta‘minlaydi. Bunkerdagi chigit 3 shnek orqali 49 avtomatik tarozilarga uzatiladi, avtomatik tarozilar ostiga bunkerlar o‘rnatilgan bo‘lib, o‘lchangan chigit 48 shnek orqali chigitni aralashmalardan tozalaydigan USM agregatiga uzatiladi, bu yerda chigit mineral va organik aralashmalardan tozalanadi.
47, 45, 43 qabul qiluvchilarda havo oqim ta‘sirida chigit tarkibidagi anorganik moddalar chigitdan ajralib 44 shnekga tushadi va undan 46 bunkerga kelib yig‘iladi. 8, 11, 15 inertsion separatorda pishmagan urug‘ va bir qism yetilgan urug‘ 41 shnekga kelib tushadi. Ifloslangan urug‘lar havo oqim 6, 9, 13 va 18 ventilyatorlar orqali tozalanish uchun 7, 10, 14, 17 siklonga yuboriladi, siklonda havo oqim tarkibidagi organik aralashmalar (momiq, chup, va b.) dan tozalanib atmosferaga chiqarib yuboriladi. Siklonda ajratilgan aralash moddalar 16 bunkerga yig‘iladi.
4, 5, 12 cho‘ktirish kameralarida tozalangan chigit 41 shnekga tushadi va shnek orqali namligi bo‘yicha kondentsiyalash uchun 42 namlash qurilmasiga kelib tushadi. Bu yerda zarur bo‘lgan namlikgacha namlangan chigit 40 noriya orqali 19 shamollatish shnekiga uzatiladi, bu yerda 20 ventilyator orqali yuborilayotgan havo orqali chigit sirtidagi namlik shamollatiladi. Shundan keyin chigit 22 lentali transpartyori orqali 24 tarqatish shnekiga kelib tushadi va undan birinchi marta chaqish uchun 23 diskali shelushitelga uzatiladi, birinchi bosqich shelushitelda 70-75% chigit chaqiladi. Birinchi bosqich shelushiteldan oldin 21 magnitli separator qo‘yilgan. Birinchi bosqich shelushiteldan tushayotgan rushanka, 25 ikki ramali tebranma elakda bir qism rushankadan mag‘iz ajratiladi, bu yerda ajratilgan mag‘iz 30 va 36 shneklar orqali yanchish uchun 34 valtsovkaga yuboriladi. Qoldiq rushanka 39 shnek orqali birinchi bosqich chaqishdan keyingi bitter separatorga kelib tushadi va bu yerda ham bir qism mag‘iz ajraladi. Bitter separatorda ajratilgan mag‘iz 36 shnek orqali yanchishga, chaqilmagan chigit va sheluxa aralashmasi 37 shnek orqali 25 noriyaga va undan ikkinchi bosqich chaqish uchun 27 diskali shelusheltaga uzatiladi. Ikkinchi chaqishga hamma chigit to‘liq chaqilib, rushanka shelushitel ostidagi 29 ikki ramali tebranma elakga tushadi, elakdan o‘tgan ellanma mag‘iz 30 shnekga tushib, undan yanchishga uzatiladi. Elakdagi qoldiq rushanka 31 shnek orqali ikkinchi bosqich shelusheniyadan keyingi 32 bitter separatorga yuboriladi. Bu yerda mag‘iz to‘lgincha sheluxadan ajratiladi, ajralgan sheluxa 33 shnek orqali sheluxa maydonchasiga, mag‘iz 36 shnek orqali yanchish uchun 34 valtsovkada uzatiladi. Yanchilgan talqon 35 shnek orqali presslash bo‘limiga uzatiladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling