Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Ingichka tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi


Download 0.89 Mb.
bet62/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

2. Ingichka tolali paxta chigitini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi
Tozalangan va namligi bo‘yicha kondinsatsiyalangan chigit 2 pichoqli yoki diskli shelushitelda chaqiladi. Shelushiteldan oldin 1 magnitli seperator qo‘yilgan bo‘lib u chigit tarkibidagi metall aralashmalarni ajratadi. Ingichka tolali paxta chigiti bir bosqichda chaqiladi. Chaqilgan chigit, mag‘izdan ajratish uchun 6 g‘alvirga tushadi, bu g‘alvirda ajratilgan butun chigitlar yana qaytadan shu shelushutelni o‘ziga chaqish uchun uzatiladi. Ventilyator yordamida surib olingan mag‘iz sheluxa aralashmasi 3 siklonga va undan 5 bitter separatorga uzatiladi. Bu yerda mag‘iz sheluxadan ajratiladi, ajratilgan sheluxa, sheluxa maydonchasiga mag‘iz esa shnekli transpartyor yordamida yanchish uchun 4 valtsovkaga uzatiladi. urug‘ini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi 45-rasmda ko‘rsatilgan.


Kungaboqar urug‘ini moy ajratishga tayyorlash jarayonining texnologik sxemasi
Kungaboqar urug‘i 1 bunkerdan 2 avtomatik tarozilarga, o‘lchangan urug‘ 4 bunkerga tushadi. Avtomatik tarozilar vaqti-vaqti bilan nazorat yordamida tekshirilib turiladi. 4 bunkerdagi urug‘ 8 tarqatuvchi shnek yordamida aralashmalardan tozalash uchun 9 separatorga uzatiladi. Separatorga ajratilgan katta-katta aralashmalar 10 shnek yordamida ishlab-chiqarishdan chiqariladi kichik elanmalar 11 shnek va 54 noriya yordamida 55 bunkerga yig‘iladi. Yengil aralashmalar 7 ventilyator yordamida so‘rib olinib 5 siklonga, siklonga ushlangan aralashmalar 6 bunkerga yig‘iladi.
Tozalangan urug‘ 8 shnek va 12 noriya yordamida ishlab chiqarish bunkeri 15 ga uzatiladi. Bunkerdan urug‘ 18 shnek va 19 noriya yordamida 20 tarqatish shnekiga va undan qo‘shimcha tozalash va o‘lchami bo‘yicha fraktsiyalarga ajratish uchun 21 separatorlarga beriladi. Bu yerda ajratilgan aralash moddalar 26 shnek yordamida ishlab chiqarishdan chiqariladi. Separatorda ajratilgan katta va kichik fraktsiyalar 27 va 28 shneklar yordamida, 22 elektromagnitdan o‘tkazilib 28 va 29 tarqatuvchi shneklar yordamida 24 urug‘ni chaqish qurilmasiga tushadi. Har bir urug‘ni chaqish qurilmasi ostiga, rushankani tarkibiy qismlarga ajratadigan 25 g‘alvirlar o‘rnatilgan. Rushanka g‘alvirlarga o‘z-o‘zidan tushadi, 25 g‘alver ajratilgan chaqilmagan urug‘lar 49 shnek va 48 noriya yordamida 39 nazorat qilish separatorga uzatiladi va bu yerda butun urug‘ mag‘izning va pichoqdan ajratilgan. Ajratilgan begona aralash moddalar 40 shnek yordamida ishlab chiqarishdan chiqariladi. 38 ventilyator yordamida surib olingan mahsulotlar 37 siklonga va ajralgan mahsulot 6 bunkerga to‘planadi. Ajratilgan qobig‘ 51 shnek yordamida ishlab chiqarishdan chiqariladi.
25 g‘alvirning ikkinchi-turtinchi bo‘limlarda ajratilgan mag‘iz, tarkibidagi qoldiq qobig‘ miqdoriga qarab 53 (mag‘z yanchish), yoki 52 shnek yordamida va 14 noriya orqali mag‘izni nazorat qiladigan 16 separatorga uzatiladi. G‘alvirning beshinchi va oltinchi bo‘limlarida ajratilgan mag‘iz 53 shnek yordamida yanchishga uzatiladi.
Ajratilgan qobig‘ 51 shnek va 41 noriya yordamida 42 nazorat g‘alvirga va 43 aspiratsiya kolonnasiga uzatiladi. Aspiratsiya kolonnasida ajralgan moyli chang 35 ventilyator yordamida 36 batareyali siklonga uzatiladi. Batareyali siklonga ajratigan moy changlar 30 va 32 shneklar yordamida ekstraktsiyalanishga ketayotgan kunjaraga qo‘shiladi.
Mag‘iz 53 shnek yordamida 44 elektromagnitdan o‘tib 45 shnekga va undan yanchish uchun 46 valtsovkaga beriladi, yanchilgan talqon presslash bo‘limiga uzatiladi.
Har bir separatordan ajralayotgan havo oqim 31 batareyalar siklonga keladi.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling