Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va yetishtirish bo‘yicha hamda qishloq xo‘jalik xom ashyolarini qayta ishlashga qaratilgan bir qator qonunlar qabul qilinib, amalda tadbiq etilmoqda


Anorganik aralashmalar mineral va metall turlariga bo‘linadi. Mineral aralashmalar


Download 0.89 Mb.
bet51/110
Sana04.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1746269
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Bog'liq
Keyingi yillarda Respublikamizda qishloq xo‘jaligini rivojlantir

Anorganik aralashmalar mineral va metall turlariga bo‘linadi. Mineral aralashmalar tosh, qum, tuproq, metall aralashmalari temir qismlari, mix, bolta va shunga o‘xshashlardan iborat. Bularning miqdori 1-10% bo‘lishi mumkin. Bunday aralashmalar texnologik uskunalarni ishdan chiqaradi, sindiradi va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.
Moyli urug‘larning tozalik darajasiga ko‘ra 3 ta kategoriyaga: toza, o‘rtacha toza va iflos bo‘ladi.
Aralash moddalarning ishlab chiqarishga va moy sifatiga ta‘siri. Yog‘li urug‘larni uzoq saqlash uchun va qayta ishlash texnologiyasi buzilmasligi uchun ular tozalanadi.
Aralash moddalar moyli urug‘larni moy zavodlariga tashishda halq xo‘jaligiga zarar yetkazadi. Tozalanmagan urug‘larni omborlarda saqlaganda ular tarkibidagi begona aralash moddalar foydali ishlab chiqarish maydonlarini egallaydi va buning natijasida saqlashdagi sarf xarajatlar ko‘payadi.
Ifloslangan urug‘lar, tayyor mahsulot sifatiga salbiy ta‘sir etadi, moyning chiqitga chiqishini ko‘paytiradi, qurilma va mashinalarni yeyilishini va sinishini ko‘paytiradi, mashinalarni ish unumdorligini pasaytiradi va ishlab chiqarishda antisanitariya holatlarini yuzaga keltiradi.
Mineral aralashmalar elak, valik, pichoq va qovurish qasqonlarini ostini yeyilishini tezlashtiriladi. Ular kunjara va shrot tarkibiga qo‘shilib qolib ular tarkibidagi oqsil moddasi miqdorini kamaytiradi va uning natijasida ularning oziqaligi kamayadi. Ular moyni o‘ziga yutib kunjara va shrotning moyligini oshiradi va buning natijasida moyning yo‘qolishi ko‘payadi. Moy tarkibiga o‘tib moyga tuproq mazasini hosil qiladi, moyga o‘tishi natijasida ular tarkibidagi mikroorganizmlar ham moyga o‘tib moyni buzilishigi sabab bo‘ladi. Bo‘lardan tashqari tayyorlov bo‘limlarida urug‘ni tozalashda chang hosil qilib qiyin mehnat sharoitini hosil qiladi.
Organik aralash moddalar asosan kletchatkadan iborat bo‘lib kunjara va shrotning sifatiga ta‘sir etadi, ular moyning o‘ziga shimib olib va shrot bilan moyning chiqitga chiqishini ko‘paytiradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling