4.O‘simlik moylarini ekstraktsiyalashning nazariy asoslari
Eritmalar yoki qattiq moddalar tarkibidan bir yoki bir nechta komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni ekstraktsiyalash deb ataladi. Bu jarayoni ikki turga bo‘linadi:
a) suyuqliklarni ekstraktsiyalash;
b) qattiq materiallarni ekstraktsiyalash.
G‘ovaksimon murakkab qattiq moddalar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni erituvchilar yordamida ajratib olish jarayoni qattiq jism – suyuqlik, sistemasida ekstraktsiyalash deb ataladi. Jarayonni amalga oshirish uchun tegishli erituvchi tanlab olinadi.
Qattiq moddalarni ekstraktsiyalash va eritish jarayonlarining umumiy va bir-biridan farq qiladigan tomonlari bor. Umumiy tomoni shundaki, ikkala jarayon ham qattiq modda – suyuqlik sistemasida olib boriladi. Bu jarayonlarning bir-biridan farqini quyidagicha tushuntirish mumkin. Ekstraktsiyalash jarayoni ikki bosqich:
-moddaning qattiq zarrachalari ichki qismidan tashqi yuzasiga diffuziya yo‘li bilan;
-moddaning diffuziya jarayoni tufayli qattiq zarracha yuzasidan chegara qatlam orqali suyuqlikning asosiy massasiga o‘tishidan iborat.
Eritish jarayoning tezligi faqat ikkinchi bosqichning qarshiligiga bog‘liq, chunki birinchi bosqichda qarshilik bo‘lmaydi. Shu sababli eritish jarayoni ekstraktsiyaga nisbatan tez boradi.
Ekstraktsiya usulida moyli xom ashyolardan moy olish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktsiyalash va oldin jarayonlash usulida va qoldiq moyni ekstraktsiyalash orqali amalga oshiriladi. Paxta chigitidan moy olishda asosan forpress-ekstraktsiya usuli qo‘llaniladi. Ekstraktsiyalash vaqtida qattiq zarrachadan erib, erituvchiga o‘tgan suyuqlikka mistsella deb ataladi.
A.M. Goldovskiy (1937) ekstraktsiyalanayotgan xom ashyo tarkibidagi moy ikki holda bo‘lishini va unga erituvchini ta‘sirini quyidagicha tushuntirdi:
- qattiq zarracha ichki va tashqi sirtidagi moy, bu moy xom ashyoni ekstraktsiyalashga tayyorlash jarayonida ajraladi va sirtga ushlanib turadi;
-qattiq zarracha qatlamlari ichidagi, buzilmagan hujayra to‘qimalaridagi, qovurish va presslash vaqtida hosil bo‘lgan strukturalar vaqtda deformatsiyalangan moy.
Birinchi turdagi moy erkin, ikkinchi turdagisi bog‘langan moy deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |