Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari


”Keyns xochi”. Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi


Download 112 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi112 Kb.
#1528842
1   2   3   4   5
7.3. ”Keyns xochi”. Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi

Rejalashtirilgan xarajatlar chizig’i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo’lgan (Y=Ye) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o’tadi. Quyida keltirilgan 7.2.-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo’lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=Ye chiziqda haqiqiy investisiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investisiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi, ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.


7.2-chizma.
Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
E ( rejalashtirilgan xarajatlar)
Y=E
Y1 E=C+I+G+Xn

E1 Zahiralarning jamg’arilishi


E0
Zahiralarning kamayishi
E2
Y2 Y0 Y1 Y

(daromad, real xarajatlar)


Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaMM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o’sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda Ye=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.


Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investisiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.

Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling