Keys: bachadondan disfunktsional qon ketishlar
Jarrohlik usulini qollashga korsatmalar
Download 228 Kb.
|
Bachondan qon ketishlar. Shaymanov T 412B stom
- Bu sahifa navigatsiya:
- BDQK PROFILAKTIKASI.
Jarrohlik usulini qollashga korsatmalar:
Adenokartsinoma. Adenomatoz yoki endometriyning atipik giperplaziyasi . Atipik giperplaziya mioma bilan qoshilib kelsa, yoki tuxumdonlar kattalashgan bolsa. Takrorlanuvchi endometriyning bez - kistozli giperplaziyasi . Qollanilgan davolash choralaridan foyda bolmasa va qon ketish hayot uchun xavf tug`dirsa. Katta yoshdagi ayollarda klimakterik qon ketishi kuzatilganda bachadon endometriysini kirish usulidan keyin tarkibida estrogen bolgan preparatlar tavsiya etilmaydi, chunki ular yurak - tomirlar faoliyatini , jigarning surunkali xastaliklarini, ot pufagi kasalliklarini qozg`atishi, qon bosimini kotarishi, giperxolesterinemiya, giperglikemiya holatlarini chaqirishi mumkin. Bu yoshdagi ayollarga toza gestogenlar va androgenlar tavsiya etiladi: 17 -0 OPK 125 - 250 mg bachadon qirishdan keyin 14, 17 ,21 kun va 4-6 oy ichida hayzning shu kunlari yoki haftada 2 marta 6 oy davomida - 48 yoshdan oshgan ayollarga tavsiya etilib, hayz xolatini toxtatadi. Norkolyut 5-10 mg hayzning 5 dan 25 kunigacha 4 6 oy davomida. Omnadren 250 yoki Sustanon 250 1 ml dan 1 oyda 1 marta 3-4 oy ichida, song metiltestosteron 5-10 mg dan til ostiga 1-2 oy davomida ichiladi. Keyingi yillarda 40 yoshdan boshlab sof gestogenlardan: femoston, dyufaston keng qollanilmoqda. Gormonal davolashga qarshi korsatmalar bolsa, u holatda gomeopatik dori vositalaridan remens tavsiya qilinadi,ba`zan rentgenkastratsiyani qollash mumkin. BDQK PROFILAKTIKASI. BDQKning oldini olish choralari juda muhim va kop qirralidir: barcha genital va ekstragenital kasalliklarni davolash qiz bolalarni yoshligidan boshlab sog`lomlashtirish ishlarini olib borish, jismoniy tarbiya bilan shug`ullantirish, tog`ri ovqatlantirish, oqish, dam olish. Jinsiy hayot gigienasiga rioya kilish va boshqalar. BDKKning oldini olish, oz vaqtida tog`ri davolash, keyinchalik turli onkologik kasalliklarni oldini olish. BDQK YUVENIL TURI . YUvenil qon ketishi balogat yoshiga etgan qizlarda bachadondan atsiklik qon ketishi bolib, bu holat ginekologik kasalliklarning 10% ni tashkil etadi. ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI. Kasallik polietiologikdir, asosan otkir va surunkali infektsion kasalliklar (angina, surunkali tonzillit, gripp, revmatizm, pnevmoniya), notog`ri ovqatlanish (gipovitaminozlar), kongilsiz voqealar ruhiy tavmalar, charchash hollari va boshqalar sabab boladi. Bunda endogen va ekzogen omillar ontogenez davrida gipotalamus xujayralarining retseptor faoliyatiga ta`sir etishiga kora uning markazining ta`sirchanligi oshadi. Gipotalamus buholda gipofizga toliq ta`sir korsata olmaydi, gonadotrop gormoni kam ajraladi. Bu oz navbatida tuxumdonda follikullar etilishiga ta`sir etib, anovulyatsiyani yuzaga keltiradi. YUQK da anovulyatsiyaning oziga xos turi, follikullar atreziyasi (yorilmay qolishi) yoki kistaga aylanib qolishi kuzatiladi. Estrogenlar uzoq vaqt davomida, progesteron oz miqdorda ajraladi. Bu hol endometriyda proliferatsiya xolatini keltirib chiqaradi. Giperplaziya yuzaga kelib, bez–kistali ozgarishlar yuz beradi. Bu hol qon–tomirlar ozgarishiga, nekroz xolatiga va qon ketish holatini yuzaga keltiradi. KLINIKASI. Kop miqdorda , uzoq ( 7 kun va undan kop) qon ketishi bilan xarakterlanadi. Kopincha hayz tsikli toxtab qolgandan keyin (1,5 6 oy) qon ketib, qizni kamqonlik kasaligiga olib kelishi mumkin. Atsiklik qon ketishi menarxe vaqtidan boshlanishi yoki menarxedan 1,5 2 yil keyin, biron infektsion kasallikdan keyin, aqliy jismoniy charchash tufayli yuzaga keladi. 87% hollarda endometriyda giperplastik ozgarishlarni, adenomatoz va atipik giperplaziya xolatlarini korish mumkin, shifokor bunday holatlarga e`tiborli bolishi kerak. YUQK klinikasi qancha miqdorda qon yoqotganligiga bog`liq: tez charchash, xolsizlik, ishtaxaning yoqligi, bosh og`rishi , yurakni vaqti vaqti bilan og`rish hollari kuzatiladi. Qon analizida tromotsitlar miqdorining ozgarganligi , fibrinogen kontsentratsiyasi pasayishi, qonning ivish qobiliyati pasayishi kuzatiladi. YUQKda tekshirish usullari: Bazal haroratni olchash. UTT otkazish. Tog`ri ichak orqali tekshirish. Umumiy qon va trombotsitlar sonini tekshirish. Qonda progesteron miqdorini tekshirish. Gonadotrop gormonlar ( FSG, LG ) kontsentratsiyasini aniqlash. DIFFERENTSIAL DIAGNOSTIKA Bachadondan qon ketishi bir qancha boshqa kasalliklarda ham kuzatilib, buning differentsial diagnostikasida quyidagi patologik holatlarni e`tiborga olish kerak boladi: Tuxumdonning granulyoz hujayrali va mezodermal osmalari, tekoma disgerminoma. Bachadon va qindagi xavfli osmalar ( mioma, rak). Jinsiy a`zolar sili Gemorragik diatez Trombotsitopeniya (Verlgof kasalligi ). Gemofiliya S (qiz bolalarda X omilning etishmasligi natijasida qonning ivishi ancha sust boladi). Angiogemofiliya Villebrand YUrgens kasalligi bunda qon ivishida ishtirok etuvchi VIII omil bolmagani uchun qon ketishi uzoq davom etadi. Kapillyarlar toksik va allergik ozgarganda. Boqoq bezi, buyrak usti bezi, dientsefal patologiya. DAVOLASH. Bachadondan YUQKni davolash usullari shu patologik xolatni vujudga keltirgan sabablarni aniqlab, shu asosda davo choralarini qollashdan iborat. Bu har bir bemorni chuqur organishni talab qiladi. Davolashni asosan ikki bosqichga bolish mumkin: qon ketishini toxtatish; hayz tsiklini tartibga solish; Agar kasalxonaga murojaat qilgan qiz bolada otkir kamqonlik belgilari kuzatilsa: arterial qon bosimi pasaygan, taxikardiya, xolsizlik, gemoglobin miqdori 70 g/litrdan past bolsa, gematokrit 20% - bu holda SZP 300-400 ml, ifezol va qon ornini bosuvchi eritmalar (stabizol, refortan) quyish zarur, keyin gormonal gemostaz usuli va tsiklik yoki sintetik progestin bilan terapiya otkaziladi. Pirogenal 25-50mEd kunora in`ektsiya qilinadi, har gal 25 mEd dan oshirib boriladi to tana harorati 38 S ga kotarilguncha, bir davolash kursida 10-30 marta in`ektsiya. Maksimal miqdori 1000mEd dan oshmasligi kerak. Download 228 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling