Keys: bachadondan disfunktsional qon ketishlar
Download 228 Kb.
|
Bachondan qon ketishlar. Shaymanov T 412B stom
BDQKni davolash.
Bemorning yoshi, kasallikning kelib chiqish sabablari, patogenezi va boshqa a`zolar faoliyatining izdan chiqqanlik darajasini xisobga olib, har taraflama kompleks davolash tadbirlari qollaniladi. Davolashning asosiy tamoyillari: bemorning umumiy ahvolini yaxshilash, qon ketishini toxtatish, uning takrorlanishining oldini olish, tuxumdon faoliyatini va gipotalamo-gipofiz-tuxumdon-bachadonning ozaro buzilgan munosabatlarini tiklashdan iborat. Klimakterik davrda yoki menopauzaga yaqin bolganda tuxumdon faoliyatini sun`iy vositalar orqali sondirish masalasi qoyiladi. BDQK ni davolashda umumiy aholni yaxshilovchi, simptomatik davolash, gormonlarni qollash va jarrohlik usullari qollaniladi. Umumiy davolashda kasalga salbiy ta`sir etuvchi omillarni yoqotish, aqliy va jismoniy jihatdan dam oldirish, bularni yolga qoyishda preparatlardan:biopassit,notta va fizioterapevtik usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, endonazal elektroforez vitamin V1 bilan yoki elektroforez brom va kaltsiy bilan SHerbak yoqasi korinishida qoyiladi. Bachadon boynini elektrostimullash usullaridan bachadon-gipofiz refleksini qozg`atishga yordam beradi. Simptomatik davolash bachadonni qisqartiruvchi vositalarni qollash ( oksitotsin va boshqalar), qon toxtatuvchi vositalar (kaltsiy xlorid, vikasol, ditsinon), kamqonlikka qarshi vositalar (globeks, tardiferon, aktiferrin, ferrum–lek tabletkalari), vitaminlar ( S, E, V guruxi, duovit pregnovit oligovit) qollaniladi. Davolashning asosini gormonlar yordamida davolash tashkil etadi va u ikki xil xususiyatga ega gemostatik va tuxumdonlar faoliyatini tartibga solish. Gormonal gemostaz yosh qizlarda va tug`ish yoshidagi ayollarda qon ketishini toxtatish maqsadida qollaniladi (kopincha bachadonni diagnostik qirish usulidan keyin). Estrogenlarni qollash. Qon toxtatish maqsadida follikulyar gormon ishlatilib u bachadon shilliq qavati regeneratsiyasini tezlashtiradi. Gipofizda FSGning ortiqcha ishlab chiqarishini kamaytirib, FSG va LGlarning ozaro munosabatini normallashtiradi. Estrogenlar 3-4 kun davomida nisbatan katta dozada beriladi. Follikulin 10000 tb har bir soatda 4-6 marta qon toxtaguncha yuboriladi (umumiy doza 60000 tb). Odatda 6 soat ichida qon oqishi toxtaydi. Sxema boyicha: keyingi har bir kunda 10000tb kamaytiriladi (masalan , 2 - kunda 5 marta X 10000tb m/i, 3 kun N4 , 4 kun N3, 5 kun N2, 6 kundan to 15 kungacha N1, keyin 16 25 kunlarda progesteron 2,5% - 10 ml kunora N5 m/i yuboriladi. Etinilestradiol 0,05 mg dan sutkasiga 3-4 marta keyingi kun 2-3 marta kamaytirilib, qon toxtagach 2 - kunidan boshlab 6-8 kun progesteron 15mg yuboriladi yoki norkolut, dyufaston 1 tabletka 1 mahal beriladi. Estrogenlar va progesteron birgalikda sintetik progestinlar korinishida qollanildi (Trikvilar, mikroginon, non- avlon va boshqalar). 10 kun davomida qollaniladi. 1kun 1 tabletkadan xar bir soat davomida kuniga 5-6 tabletkagacha qon toxtaguncha. 2-i kundan 1 tabletkadan kamaytirilib to sutkada 1 tabletkagacha kamaytiriladi. 1 tabletkadan 21 28 kungacha ichiladi. Asosiy maqsad gipofizning gonadotrop faoliyatini toxtatishdir. YUvenil qon ketishida xorionik gonadotropin 4 xayz tsikli davomida 1 oy 1500 tb dan mushak orasiga , 12 dan 15 kungacha, 2 oy 1000tbdan , 3- oy 500tb dan mushak orasiga yuboriladi. Sintetik progestinlar 1tabletkadan hayzning 5 - kunidan 25 - kunigacha 3 oy mobaynida beriladi. TSIKLIK GORMONAL TERAPIYA follikula atreziyasi kuzatilganda va estrogenlar etishmovchiligida hamma yoshdagi ayollarda qollaniladi. Estrogenlar 10000 tb dan mushak orasiga ( yoki mikrofollin til tagiga ) hayz tsiklining 6-8, 10-12 - kunlari yuboriladi, 14-16-18 -kunlari estrogen progesteron bilan birgalikda 10 mg yuboriladi. 20 - kundan boshlab progesteron 10 mg dan 6-8 kun yuboriladi. Bunday davolash 3-4 hayz tsikli davomida olib boriladi. Klimakterik davrda, 4850 yoshdan keyin yuzaga kelgan BDQKda tuxumdonlar faoliyatini toxtatish, androgenlarni qollash yoli bilan olib boriladi. Bu maqsadda testosteron propionat 5% 1ml mushak orasiga 5 ta in`ektssi hr kuni , 5 tasini kun ora , 5 tasini har 2 kunda 1 oy ichida yuborish taklif etiladi. Kurs dozasi 750 mg. Androgenlarni qollashga qarshi korsatmalar: gipertrixoz, gipertoniya kasalligi, jigar xastaliklari. Bachadondan disfunktsional qon ketganda qollaniladigan zarur choralardan biri bachadon boshlig`ini diagnostika maqsadida qirishdir. Bunda nafaqat tashxis qoyish, balki qon ketishini toxtatishga ham erishiladi. Bu metodni qollash yosh qizlarda oxirgi chora bolsa , 30-40 yoshdagi ayollarda birinchi bolib qollaniladigan choradir. Agar gistologik tekshiruvda rak oldi xolatlari kuzatilsa (atipik giperplaziya, adenomatoz poliplar proliferatsiya bilan) unda jarrohlik usulini qollash zarur. Download 228 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling