Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study”


Download 175.31 Kb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi175.31 Kb.
#1061329
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“keys stadi” texnologiyasi “Keys stadi” haqida tushuncha “Keys s

Keysni yechish jarayoni:
1. Oʻquvchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilishadi.
2. Oʻquvchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan eng muhim jihatlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.


Oʻqituvchining yechimi: Suv hasharotlari evolyutsiya jarayonida atmosfera havosi bilan nafas olishga moslashgan boʻlib, 1-tajribada hasharotlar azotli muhitda tez nobud boʻlishgan, sababi azot organizm tomonidan juda oz miqdorda oʻzlashtiriladi. 2-tajribadagi hasharotlar havo rezervuaridagi atmosfera havosi hisobiga nisbatan uzoqroq yashashgan. Hasharotlar havo rezervuarlarida havo qolmaganligi hisobiga nobud boʻlishgan. 3-tajribada kislorodli muhitda hasharotlarning nisbatan qisqa vaqt yashaganiga sabab shuki, kislorod faol oksidant boʻlib, u hujayra qobigʻi va uning tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishiga sabab boʻladi. Bu esa hujayralarni, natijada organizmni halok boʻlishiga olib keladi.
Havo gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy aralashmasidir.
2-Keys. Zamonaviy biotexnologiya fani yutuqlari insoniyat hayotidagi qator muammolarni hal qilishga xizmat qilmoqda. Biroq genlari modifikatsiyalangan organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli” deb qarashmoqda.
Topshiriq: Siz genlari modifikatsiyalangan organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarni xavfli deb hisoblaysizmi? Javobingizni asoslab bering. Genlari modifikatsiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini izohlab bering.
3-Keys. Ota farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun tibbiy hujjat tayyorlash jarayonida tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra farzandi IV-qon guruhli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush o‘rtog‘i esa III-guruhga mansubligini hisobga olib, turmush o‘rtog‘idan shubhalanib, ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi.
Topshiriq: Ushbu muammoli vaziyatda siz sudyaning o‘rnida bo‘lganinggizda oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?



Download 175.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling