Keys-stadi metodining kategorial apparati
Download 29.99 Kb.
|
keys study
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tipоlоgik belgilаri Keys turi
- Keys turlari va ularning o’ziga xosliklari
Keys turlari va ularning o’ziga xosliklari Keys-stadining muammoli vaziyatining determinatsiyasi asosiy manbalari turlicha tasnifga ega bo’lishi mumkin. Keys-stadini tuzishning amaliyotida asosan bir manbaning usutunlik qilishi kuzatiladi. Ushbu yondashuv, manbalarning ta’siriga ko’ra, keys-stadi texnologiyasi doirasida keyslarni tasnifiga asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Bunda amaliy keyslarni ajaratish mumkin, ular mutlaq hayotiy vaziyatlarni tavsiflaydi; bundan tashqari ta’limiy keyslar guruhini ham ajratish mumkin, ularning asosiy vazifasi ta’lim berishdir; ilmiy-tadqiqotchilikkeyslari, tadqiqotchilik faoliyatini yuzaga keltirish maqsadini ko’zlovchi keyslar sarasiga kiradi. Amaliy keyslarning asosiy vazifasi– hayotiy vaziyatni mukammal darajada aks ettirishdir. Mohiyatan ushbu keyslar toifasi vaziyatning amaliy modelini shakllantiradi. Keys-stadi metodi o’zida ta’limiy funktsiyani mujassam etsada, turli keyslarda ushbu funktsiyaning namoyon bo’lish darajasi xilma-xil bo’ladi. Shuning uchun ta’limiy funktsiyasi etakchilik qilayotgan keyslar hayotni o’ziga xos tarzda aks ettiradi. Ayni shunday xususiyatlar tadqiqotchilikka doir keyslarga ham xos bo’lib, uning asosiy mazmunini insonning vaziyatga tegishli yangi ma’lumotga va unda o’zini tutishning yangi usullariga ega bo’lish tashkil etadi. Uning ta’limiy funktsiyasi ilmiy tadqiqot ko’nikmalarini modellashtirish metodi vositasida egallashdan iborat bo’ladi. Shuning uchun bunday keyslar texnologiyasidan kadrlarga dastlabki kasbiy bilimlarni berishda emas, bevosita kadrlar malakasini oshirishda, ya’ni mukammal kasbiy ko’nikma va malakalarga ega, tadqiqotchilik faoliyatiga tayyor sub’ektlar bilan ishlashda foydalanish maqsadga muvofiq. Download 29.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling