Keys-stady texnologiyalari va ulardan foydalanish
Pedagogik loyihalash ob’ektlari. Pedagogik vaziyat va uni loyihalash
Download 106.85 Kb.
|
Xaydarov Farxodjon IO\'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.
Pedagogik loyihalash ob’ektlari. Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.Pedagogik loyihalash mohiyati bo'lajak faoliyatining taxminiy variantlarini yaratish uchun uni oldindan ko'ra bilish, uning natijalarini ko'ra bilishdir. Bunda pedagogning asosiy e'tibori yaratilgan yangilik mexanizmi va u yoki bu harakat, jarayon va tizimlar davom ettirilishiga, qo’llanilishiga qaratilishi kerak.Darhaqiqat, aslini olganda muxandis-pedagog nimani loyihalaydi? U loyihalash ob'ektlarini aniqlashdan ish boshlaydi. Bu ob'ektlarning biri haqida biz aytib o'tgan edik - bu pedagogik jarayondir.Bu o'z navbatida undan kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga bo'linadi. Bular uning tarkibiy qismlaridir. Ular jarayonning bir holatidan ikkinchi holatiga o'tishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonning o'zi ancha murakkab qurilmaning, ya'ni pedagogik tizimning bir qismidir. «Mayda» vaziyatlar jarayon tarkibiga kiradi, jarayon esa tizimga kiradi.Har doim u yoki bu pedagogik jarayon doirasida mavjud bo'ladi, u orqali esa ma'lum pedagogik tizim doirasida pedagogik jarayon yaratiladi.Har doim u yoki bu pedagogik jarayon doirasida mavjud bo'ladi, u orqali esa ma'lum pedagogik tizim doirasida pedagogik jarayon yaratiladi.Pedagogik vaziyat - bu pedagogik jarayonning tarkibiy qismi bo'lib, uning ma'lum vaqt va ma'lum makondagi holatini belgilaydi.Pedagogik tizim tuzilishi pedagogik jarayonlar sifatiga, pedagogik jarayon, pedagogik vaziyat sifatiga bog’liq va nixoyat pedagogik vaziyat tarbiyaviy munosabatlar sifatiga bog’liq. Demak pedagogik jarayon davomida biror noxush holatni avval pedagogik vaziyatdan, keyin jarayonning o'zidan va nihoyat pedagogik tizimdan qidirish kerak. Yoki umumiy holat uni loyihalashda ekanligini aniqlash ham mumkin.. Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.An'anaviy qog’ozli va elektron organayzerlardan tashqari, oddiy bo'lmagan variantlar, masalan, mazmun jihatidan chizilgan biron-bir masalalar stikerlar yordamida vatman qog’oziga mahkamlangan bo'lib u devorga yopishtirilgan bo'ladi. Axborot texnologiyalari rivojlanishi bilan kitob qo’shimcha funktsiyalarga ega cho'ntakli xususiy kompyuterlar, kompyuterli dasturlar va onlayn-organayzer bilan almashtira boshlandi: bo'lajak voqealar to’g’risida eslatish, axborotni himoyalash va sinxronlash. 21- asrda organayzer deganda ko’proq mobil qurilmalar uchun dasturiy ta'minotni tushuna boshlashdi. Ularning so'zsiz ustunligi bo'lib kiritilayotgan ma'lumotlar hajmining amalda cheksizligi, hamda avtomatik eslatishlarni o'rnatish bo'ldi. Organayzerlar shakli turli bo'lishi mumkin. Masalan, tor ixtisoslashgan organayzerlar: retseptlar organayzeri, moliya organayzeri, musiqa kollektsiyasi organayzeri. Download 106.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling