Keys-stady texnologiyalari va ulardan foydalanish


Download 106.85 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2023
Hajmi106.85 Kb.
#1272831
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xaydarov Farxodjon IO\'M

KEYS-stady TEXNOLOGIYAlari VA ulardan foydalanish

Reja:

Kirish

Asosiy qism

I-BOB Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Sase-study metodining g’oyalari.

1.1 Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Case-study metodining g’oyalari.

1.2 Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi.

II-BOB Case Study metodi. Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.

2.1 Case Study metodi. Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.

2.2Pedagogik loyihalash obektlari. Pedagogik vaziyat va uni loyihalash.

2.3 Organayzerlar va ulardan samarali foydalanish metodlari.

Xulosa.

Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Sase-study metodining g’oyalari.

O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, uning amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichida har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e'tibor berilgan. Bozor iqtisodiy sharoitida kadrlarni mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish ta'limning asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Agar bolalar fikrlashga o'rganmasa, ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Talabalarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta'lim tizimining asosiy vazifasini tashkil qiladi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil - ijodiy fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'ziga ham, jamiyatga ham foydali bo'ladi-o'z muammolarini o'zi hal qilish qobilyatiga ega bo'ladi.

Case-study metodining g’oyalari.

  • Case-study metodining g’oyalari.
  • Case-study metodining g’oyalari juda soddadir:
  • 1. Metod fanlar bo'yicha bilimlar olish uchun mo'ljallangan, ularda haqiqat plyuralistikdir, ya'ni qo’yilgan savolga bir ma'noli javob mavjud bo'lmay, bir necha javoblar bo'lib, ular bir-biri bilan haqiqat darajasi bo'yicha raqobatlashadi; o’qitish vazifasi bu holda ana'anaviy sxemadan chetlashadi va bir emas bir necha to’g’ri javoblarni olishdan va ularni muammo maydoniga mo'ljallashdan iborat bo'ladi.
  • 2. O’qitish aktsenti tayyor bilimni egallashga emas balki uni ishlab chiqishga talaba va o’qituvchining hamkorligiga qaratilgan bo'ladi; case-study metodining ana'anaviy metodlardan printsipial farqii shundaki – bilimlar olish jarayonida demokratiya mavjud bo'lib, bunda talaba boshqa talabalar va o’qituvchi bilan muammoni muhokama qilish jarayonida teng huquqlidir.
  • 3. Metodni qo’llash natijasida nafaqat bilimlar, hatto kasbiy faoliyat malakalari olinadi.
  • 4. Vaziyatni tahlil qilish metodining so'zsiz afzalligi, bu nafaqat bilimlar olish va amaliy malakalarni shakllantirish bo'libgina qolmay, u yana talabalarning qadriyatlar, kasbiy pozitsiyalar, hayotiy ko'rsatmalar, o'ziga xos kasbiy hayotni his etish va hayotni o'zgartirish tizimini rivojlantirishdir.
  • 5. Sase-study metodida materialni “quruq” hissiz bayon etish bilan bog’liq bo'lgan nuqson engib o'tiladi,– ushbu metodda emotsiyalar, ijodiy raqobat va kurash shunchalik ko'pki, yaxshi tashkil etilgan keysni muhokama qilish teatr spektaklini eslatadi.

Download 106.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling