Case Study metodi. Keys bilan ishlash texnologiyasi. «Case Study metodining vatani bo'lib Amerika Qo'shma Shtatlari, aniqrog’i – Garvard universitetining biznes Maktabi hisoblanadi». Birinchi bor u 1924 yilda qo’llanilgan. Keys metodining kelishi va rivojlanishiga asos bo'lib «pretsedent» yoki «voqea» printsipi bo'lgan. Ushbu metod chet elda iqtisod va biznes fanlarida keng qo’llaniladi. Aniq vaziyatlar metodi (case-study metodi) o'yinli bo'lmagan imitatsion faol o’qitish metodlariga kiradi. Case-study metodining maqsadi – guruh talabalarining birgalikdagi urinishlari bilan case-vaziyatni tahlil qilish hamda amaliy yechimni ishlab chiqish. Jarayonning tugashi – taklif etilgan algoritmlarni baholash va qo’yilgan muammo kontekstida eng yaxshisini tanlash. Pedagogik loyihalash haqida tushuncha.
Muxandis pedagog har kuni o'z oldiga yoshlarni tarbiyalash, o’qitish yoki ta'lim berish maqsadlarini qo'yadi. Shuningdek, ta'lim printsiplariga amal qilgan holda, o'z faoliyati mazmunini, talaba talabalar faoliyatini shakllantiradi, buni amalga oshirish metod va vositalarini tanlaydi, uni talabalarga berish shakllarini takomillashtirishga intiladi. Pedagogik jarayonni yaratishga qaratilgan pedagogik faoliyatning eng umumiy va eng soddalashtirilgan algoritmi mana shundan iborat.
Bu ta'lim - tarbiya murakkab texnologiyasini yaratishga qarab qo’yilgan dastlabki bosqich hisoblanadi. Navbatdagi, nisbatan mas'uliyatli bosqich - boshqa bir komponentlarni yagona, bir butun va o'zaro mutanosib tizimga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, o’qituvchi pedagogik loyihalash nazariyasini egallashi lozim bo'ladi.
Pedagogik loyihalash - talabalar va pedagogning bo'lajak faoliyatining asosiy qismlarini dastlabki fikran, mantiqiy ishlab chiqilishidir. Pedagogikaga loyihalash atamasi texnik bilimlardan kirib keldi. Texnikadagi loyihalash keyinchalik haqiqatda ro'yobga chiqarish uchun qilinadigan ishlarning ilgarilab ketilgan chamalashni anglatar edi. Pedagogik bilimlarning ortishi, tarbiya metodlari, vositalari va shakllarining ko'payishi, tarbiyaviy munosabatlarga ta'sir etadigan omillarning kengayib borishi pedagogik faoliyatni tobora murakkab kasbga aylanib borishiga olib keldi. Pedagogning bu bilimlarni egallab olishi, ayniqsa undan foydalanishi toboraqiyinilashib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogika fani texnokratik tavsiyanomalargina ishlab chiqishdan qochishga majbur bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |