Keys stadyning mavzusi: Tender savdolarini tashkil etish va xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi


Download 23.64 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi23.64 Kb.
#1564275
1   2   3
Bog'liq
New keys

35
 Amaliyotda turli xildagi mahsulotlarning o’rtacha bahosi ixtisoslashtirilgan axborot manbalari (reklama jurnallari, 
gazeta va boshqalar), shuningdek, mas’uliyatli manbalar (mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiyot bo’linmalarining 
ma’lumotlari, o’xshash mahsulotlarning bozor baholari haqidagi mahalliy bozorlar ma’muriyati tomonidan taqdim 
etiladigan ma’lumotlar va boshqalar) asosida aniqlanadi. 

olish, byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni (tasdiqlangan smetalar 


asosida, byudjet klassifikatsiyasi moddalariga mos ravishda) ta’minlashdan iborat. 
Mahsulotlar(xizmatlar, ishlar)ni xarid etish bo’yicha shartnomalar tender 
yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi va bundan ko’zlangan 
asosiy maqsad optimal baholardan sifatli mahsulotlarni xarid etishdan iboratdir. 
Baholar optimalligi va byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni nazorat 
etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori samarasini ta’minlovchi muhim omil 
hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijasida baholar monitoringi tizimidagi mavjud muammolar 
sifatida quyidagilar aniqlandi: 

tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida tizimlashgan tarzda axborot 
olishning etishmasligi (ayniqsa respublika hududlari bo’yicha); 

mavjud baholar monitoringi tovarlarning assortimenti (sifati, texnik va 
boshqa muhim tavsiflari)ni hisobga olmaydi; 

baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini hisobga 
olishni tartibga soluvchi mexanizm etishmaydi; 

ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha Antimonopoliya qo’mitasi 
tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o’rnatiladigan baholar bilan keskin 
farqlanadi. 
Kapital qurilish sohasida davlat xaridini tashkil etishda baholar monitoringi 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodstat vazirligi va 
Davarxitektqurilish qarori bilan tasdiqlangan “Buyurtmachilar va pudrat 
tashkilotlari tomonidan davlat byudjeti mablag’lari va hukumat kafolati ostidagi 
kreditlar hisobiga moliyalanadigan qurilish ob’ektlari uchun xarid qilinadigan 
uskunalar, binokorlik materiallari va konstruktsiyalarining eng yuqori baholarini 
belgilash tartibi to’g’risida”gi Nizomi bilan tartibga solinadi. 
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 
5 avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va buyurtmachilar va 
pudrat tashkilotlari tomonidan davlat byudjeti mablag’lari va hukumat kafolati 
ostidagi kreditlar hisobiga moliyalanadigan qurilish ob’ektlari uchun xarid 
qilinadigan uskunalar, binokorlik materiallari va konstruktsiyalarining eng yuqori 
narxlarini belgilash tartibini nazarda tutadi (bundan keyin binokorlik materiallari). 
Nizom qurilishi tender savdolarisiz o’tadigan hamda davlat byudjeti mablag’lari va 
hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan o’tuvchi 
ob’ektlar bo’yicha barcha buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan 
qo’llanilishi kerak. Binokorlik materiallarining eng yuqori narxi Vazirlar 
Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab chiqargan 
korxonaning ulgurji sotish narxi (yoki import mahsulotining xarid qiymati)dan 
kelib chiqib, transport xarajatlarini hamda ularga nisbatan qo’llaniladigan eng 
yuqori tayyorlash-ombor va vositachilik ustamalarini hisobga olgan holda,
vositachilar sonidan qat’I nazar, 20 foizdan yuqori bo’lmagan miqdorda
shakllantiriladi. Import mahsulotining xarid qiymati O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, Markaziy banki, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi
Tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan
Kelishilgan Buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda xorijiy
Valyutadagi operatsiyalarni aks ettirish tartibining (3.06.2000 yil, ro’yxatga olish
Raqami 931) 3.9-bandiga muvofiq belgilanadi.
Binokorlik materiallariga hisob-kitob hujjatlari (yukxatlar, hisobvaraq-
Fakturalar
Va
Boshqalar)ni
Rasmiylashtirayotganda
Vositachilar
Quyidagi
Qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rsatishlari shart:

Transport xarajatlarini hisobga olib, ishlab chiqargan korxonaning ulgurji
Sotish narxi yoki import mahsulotining xarid qiymati;

Respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab chiqaradigan
Korxona yoki import mahsulotlarini bojxonadan o’tkazish punktining nomi;

Respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab chiqaradigan
Korxonaning ularni chiqarish sanasi yoki import mahsulotini bojxonadan o’tkazish
Sanasi;




Qo’llaniladigan savdo ustamasi (qo’shimcha haq) miqdori.
Vositachi tomonidan respublika hududidagi boshqa vositachilardan
Binokorlik materiallari xarid qilinganida, ularning nomi va savdo ustamasi
(qo’shimcha haq) ko’rsatiladi.
Ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi oshgan va buyurtmachilar
Hamda pudrat tashkilotlari tomonidan vositachilarga bo’nak to’lovlari amalga
Oshirilmagan bo’lsa, ularni sotish chog’ida binokorlik materiallarining eng yuqori
Narxi vositachilar tomonidan ularni ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi
Darajasiga etkazilishi mumkin. Mazkur Nizomga rioya etilmaganda, buning uchun
Javobgarlik qonunda belgilangan tartibda buyurtmachilar va pudratchilarning
Birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Istiqbolda, baholar monitoringini amalga
Oshirish sifatini oshirish maqsadida, G’aznachilikning dasturlar kompleksi bilan
Tovarlar va xizmatlar bo’yicha ma’lumotlar to’plovchi vakolatli tashkilotlarning
(idora, agentlik) axborot bazalari, hamda tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida
Ma’lumotlarga ega mas’ul tashkilotlar axbortlar (birjalar, elektron axborotlar)
Bazasini integratsiyalash imkoniyalari ko’rib chiqilmoqda.

Download 23.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling