Keys stadyning mavzusi: Tender savdolarini tashkil etish va xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi
Xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi
Download 23.64 Kb.
|
New keys
3. Xaridni amalga oshirishda baholar monitoringi
Tender savdolarini boshqarishda baholar monitoringini amalga oshirish tartibi, quyidagi sohalar misolida ko’rib chiqiladi: byudjet mablag’lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish jaraenida; buyurtmachilar tomonidan kapital qurilish (rekonstruktsiya va ta’mirlash) bo’yicha xarajatlarni amalsha oshirish jarayonida. Bunda g’aznachilikning hududiy bo’linmalari tomonidan, byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari baholarining monitoringini amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasining demonopolizatsiya, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasi (keyingi o’rinlarda - Antimonopoliya qo’mitasi)tomonidan taqdim etiladigan, respublika hududlari bo’yicha oziq-ovqat mahsulotlarining o’rtacha oylik baholari to’g’risidagi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida Antimonopoliya qo’mitasi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko’rsatilgan baholardan ortiq bo’lgan baholarda tuzilgan shartnomalar g’aznachilikning hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatga olinmaydi. Antimonopoliya qo’mitasi tomonidan ma’lum hudud bo’yicha(tuman, shahar), ma’lum vaqt oralig’ida taqdim etilgan oziq-ovqat maxsulotlari bo’yicha baholar(xxxx) jadvalini misol tariqasida ko’rsatish mumkin: Mahsulot nomi 34 Bahosi (sum) Un xxxx O’simlik yog’i xxxx Sariyog xxxx Non xxxx Kartoshka xxxx Piyoz xxxx Sabzi xxxx Guruch xxxx Go’sht xxxx Ushbu yuqorida belgilangan o’rtacha baholarni hisobga olingan holda tuman g’aznachilik bo’linmasida hisob ishlari olib boriladi. Ya’ni, shartnomalar o’rtacha baholar asosida tuzilib, hisobvaraq-fakturalar ham ushbu baholar doirasida qabul qilinadi. Mazkur 9 xil oziq-ovqat maxsulotlaridan tashqari barcha boshqa oziq- ovqat maxsulotlarga esa, hududiy bozor o’rtacha baholari orqali belgilanadi. Baholar monitoringining ahamiyati debitor va kreditor qarzdorlikka chek qo’yish, hisobotlarni soddalashtirish, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasida tasdiqlangan xarajatlarini byudjet tasnifi buyicha xarajat kilinishi nazorat kilish, byudjet tashkilotlari uchun olinadigan yoki ko’rsatiladigan xizmatlar uchun tuziladigan shartnomalarni qonuniy tuzilishi, tovarlar yoki xizmatlar sifatli bo’lishi uchun tenderlar va tanlovlar orqali shartnomalar tuzish, byudjet mablag’ini anik maksadlar sarflanishini nazorat qilishlilik yuqori samara berishidan dalolatdir. Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan xarid etiladigan boshqa turdagi mahsulotlar baholarini nazorati 2009 yil 16 sentyabrda ro’yxatgan olingan 2007- sonli “Davlat byudjetining g’azna ijrosi qoidalari”ga binoan hamda boshqa manbalardan olingan o’rtacha bozor baholari 35 bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Baholar manitoringini o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad - bu, asoslanmagan debitorlik va kreditorlik qarzdorligining yuzaga kelishini oldini 34
(kamayishi) mumkin. Download 23.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling