Keys texnologiyalar


Diagnostika va diffirentatsiya texnologiyasi


Download 60.5 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi60.5 Kb.
#246247
1   2   3   4
Bog'liq
Кейс технологиялари

2. Diagnostika va diffirentatsiya texnologiyasi.

Ta'limiy texnologiya – bu yaxlit ta'lim jarayonini optimal-lashtirish maqsadida uni amalga oshirishda ishtirok etuvchi texnik vositalar hamda inson omilining o'zaro uyg'unligini inobatga olgan, dars berish jarayonida bilimlarni (ma'lumotlar, tavsiya-lar, aniq tushunchalar va boshqalar) imkon darajada to'la o'zlashti-rilishiga yo'naltirilgan tizimli uslubni yaratish, qo'llash va ama-liyotga joriy etishni o'z ichiga oladi.

O'qitish texnologiyasi – dars mobaynida ma'lumotlarni uzatish, vaqt va sharoit mezoniga monand tarzda eng samarali usul-larni qo'llashni tartibga soluvchi o'zaro muloqot jarayonidir.

Pedagogik texnologiya – yaxlit ta'lim jarayonini texnologik, ya'ni usulubiy jihatdan ta'minlashni nazarda tutadi. Yuqoridagi ikki tushunchaga bog'liq tarzda, bu jarayon bevosita o'qitishning barcha bosqichlarida qo'llaniladigan barcha pedagogik usullarni na-zarda tutadi. Shu sababli aynan shu tushuncha – pedagogik texnolo-giyalar orqali biz bugun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning barcha yo'nalishlariga joriy etiladigan optimal uslublar haqida gapirmoqdamiz.

Shu kungacha yaratilgan qo'llanmalar mualliflari J.Yo'ldoshev, O'.Tolipov, L.Golish, N.Azizxo'jaeva, S.Usmonov, F.Farberman va boshqa mualliflarning fikricha, har bir ta'lim yo'nalishi va bos-qichiga mos tarzdagi turlicha texnologiya borki, barchasiga xos umu-miy pedagogik maqsad bo'lgani uchun (ya'ni yangi bilimlar o'zlashti-rilishi sharoitini optimallashtirish) ularning bir-biridan farq-li va umumiy jihatlari mavjud.

E'tirof etilayotgan farqlar birinchi navbatda, darsning shak-liga (ma'ruza, seminar, mustaqil ishlarni tashkil etish), uzluk-siz ta'limning bosqichiga (maktab, kollej, lisey, bakalavriat, ma-gistratura va hokazo), ixtisoslik yo'nalishiga aloqador bo'lishi aniq. Faqat bir narsani ta'kidlash joizki, Pedagogik texnologiyalar ta'lim samaradorligini oshirishda o'qituvchining, ma'lumot manbaining ta'sir doirasi kengayishi, shu bilan bir qa-torda o'quvchi-talabaning o'zlashtiruvchiligini ham, faolligini ham ta'minlovchi vositadir. Yangicha yondashuvda talaba sust o'zlash-tiruvchidan dars jarayonining yoki bu bosqichda o'z fikrini bema-lol izhor qiladigan, paydo bo'lgan savollarga javob olish imko-niyatiga ega bo'lgan, fikrlashida biror xatoliklar bo'lsa, uni bar-taraf etishda shaxsan ishtirok etadigan faol sub'ektga aylanadi. Ayni shu jihat, bizningcha, o'ta muhimdir. Zero, mustaqil O'zbe-kiston davlatining fuqarolarida, eng avvalo, mustaqil fikr va shaxsiy pozisiya bo'lishi lozimligiga erishish kabi mas'uliyatli vazifani unutmasligimiz kerak.

Xullas, o'quvchi-talabalarda bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayonida amaliy mashg'ulotlar va seminarlardan foydala-nish an'anaviy ishlarimizdan hisoblanadi. Ana shu mashg'ulotlarni samarali tashkil etish uchun maksimal ravishda talabani faol ma-qomga ko'taradigan, uni o'qituvchi bilan deyarli bir maqomga olib chi-qadigan ish – amaliy o'yinlarni tashkil etish, intellektual trening-lar chog'ida biyron bo'lish, turli vaziyatlar, “keys – stadi”ni echishda uning bilimi, dunyoqarashini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi tex-nologik vositalar va usullardan foydalanishni hamda amaliyotda qo'llashni bilish o'qituvchilar uchun nihoyatda zarurdir.

Ta'limning globallashuvi sharoitida ta'lim sohasi bilan ja-miyatning rivojlanib borayotgan ijtimoiy ehtiyojlari o'rtasida nomutanosiblikning yuzaga kelganligi kuzatilmoqda. Ta'lim ti-zimi oldiga barkamol shaxsni shakllantirish, ta'lim sohasi bilan mehnat bozori o'rtasidagi nomutanosiblikni qisqartirish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanishning Pedagogik texnologiyar si nazariyasini yaratish va ta'lim jarayonini puxta lo-yihalashga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Pedagogik texnologiyalar ta'lim-tarbiya jarayonining bir tizimga solingan ilmiy-nazariy va metodik asoslangan yangi shakl, usul va vositalarining majmuidir. Bunda yangi mazmun, shakl, usul va vosita uyg'unligida maqsad, vazifa, faoliyat va pedagogik natija yaxlitligi ta'minlanadi hamda o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o'quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi.

O'quv jarayoni bilan bog'liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar yozish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg'or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo'llanmalardan foydalanish, talabalarni undaydigan, o'ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo'yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o'rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta'lim ustivorligini ta'minlaydi.

Aytilganlardan kelib chiqqan holda «Yangi pedagogik texnologiyalar» o'quv kursi bo'yicha ta'lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondashuvlarni keltiramiz:

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to'laqonli rivojlanishlarini ko'zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog'liq o'qish mao'sadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o'zida mujassam etmog'i lozim: jarayonning mantiiqiyligi, uning barcha bo'g'inlarini o'zaro bog'langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo'naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o'quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo'naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o'quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o'zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o'z-o'zini faollashtirishi va o'z-o'zini ko'rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.


Download 60.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling