Keyslar banki


Download 25.01 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi25.01 Kb.
#261026
1   2   3   4   5
Bog'liq
KEYSLAR BANKI

3. Keys bayoni. Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy ta’lim makonini yaratish zamonaviy o‘qitishning eng muhim talabi deya e’tirof etildi. Ana shu maqsadda Bolonya jarayoni tashkil etili. Bu jarayon yagona Yevropa oliy ta’limi makonini yaratish maqsadida Yevropa mamlakatlari oliy ta’lim tizimining bir-biriga yaqinlashishi va o‘zaro uyg‘unlashuvini ta’minlovchi jarayon sanaladi. 1999 yilning 19 iyunida Yevropaning 29 mamlakati vakillari ishtirokida Bolonya deklaratsiyasi imzolandi. Unga ko‘ra keng ko‘lamda talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropa sinov birliklari (kredit) tizimi (ESBT) joriy etildi. “Kredit” atamasi (ESTS-credit) – “sinovdan o‘tdi” ma’nosini anglatib, talabaning o‘quv yurtida ma’lum bir kurs (modul)ni muvaffaqiyatli yakunlaganligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Keys savoli: kredit (sinov birligi) nima anglatadi: ma’lum o‘quv fani (moduli)ni o‘zlashtirish va sinovlarni 1-, 2- yoki 3-urinishda topshirishnimi yoki ma’lum o‘quv fanini talabaga yuklatiladigan yuklanma hajmi (mehnat sarfi)dan kelib chiqqan holda modul (blok – qism) holda 212 o‘zlashtirish va har bir modul (qism) o‘zlashtirilgandan so‘ng sinovdan o‘tishnimi? O‘qituvchining javobi.

Kredit ma’lum o‘quv fani (moduli)ni o‘zlashtirish va sinovlarni birinchi, ikkinchi yoki uchinchi urinishda topshirishni anglatmaydi. Aksincha, kredit har bir o‘quv fanining umumiy hajmi, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim uchun ajratilgan soatlar (nazariy mashg‘ulotlarga nisbatan amaliy mashg‘ulot va mustaqil ta’lim soatlarining ko‘pligi), bir so‘z bilan aytganda, talabaning mehnat sarfidan kelib chiqib ajratiladi. Kredit – o‘quv fanini o‘zlashtirish va sinovlarni topshirish uchun birinchi, ikkinchi yoki uchinchi urinish emas. Balki bir o‘quv fani uchun ajratilgan umumiy soatni bir necha modul (blok – qism)ga ajratgan holda o‘zlashtirish va sinov topshirib borish deganidir. 5. Keys bayoni. O‘yinlar pedagogik maqsadda ham qo‘llaniladi va ular o‘yin texnologiyalari deb nomlanadi. O‘yin texnologiyalari ta’lim oluvchilarni muayyan jarayonga tayyorlash, ularda ma’lum hayotiy voqelik, hodisalar jarayonida bevosita ishtirok etish uchun dastlabki ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga xizmat qiladi. Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar ham o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi. Mashhur pedagog G.K.Selevko pedagogik maqsadlarda qo‘llanilayotgan o‘yinlarni muayyan tartibda guruhlashtirgan. Keys topshirig‘i: quyidagi keltirilgan pedagogik o‘yinlarni mashhur pedagog G.K.Selevko tomonidan tavsiya etilgan sxemada qayta ifodalang.

1. Produktiv, reproduktiv va ijodiy o‘yinlar.

2. Jismoniy o‘yinlar.

3. Intellektual o‘yinlar.

4. O‘rgatuvchi, mashqlantiruvchi, nazorat qiluvchi, umumlashtiruvchi o‘yinlar. 5. Ishbilarmonlik o‘yinlari.

6. Muloqotga asoslanuvchi, tashxislovchi, kasbga yo‘naltiruvchi, psixologik-texnik o‘yinlar.

7. Mehnat, texnik, ishlab chiqarishga doir o‘yinlar.

8. Kompyuter, televizon va texnik vositalarga asoslanuvchi o‘yinlar.

9. Stol o‘yinlari, xona o‘yinlari, ko‘cha o‘yinlari, joy bilan bog‘liq o‘yinlar. 10. Mehnat o‘yinlari.

11. Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi o‘yinlar.

12. Didaktik o‘yinlar.

13. Jismoniy, sport, harbiy, sayyohlik, xalqona o‘yinlar.

14. Imitatsion o‘yinlar.

15. Rolli o‘yinlar.

16. Syujetli o‘yinlar.

17. Texnik va harakatni ta’minlovchi o‘yinlar.

18. Ijtimoiy, boshqaruv, iqtisodiy, tijorat xarakteridagi o‘yinlar.

O‘qituvchining javobi: Pedagogik o‘yinlar Faoliyat mohiyatiga ko‘ra iga ko‘ra Pedagogik jarayonning xarakteriga ko‘ra O‘yin metodikasiga ko‘ra Fan sohalariga ko‘ra O‘yin muhitiga ko‘ra Pedagogik o‘yinlar Faoliyat mohiyatiga ko‘ra ko‘ra Jismoniy Intellektual Mehnat Ijtimoiy Psixologik Pedagogik jarayonning xarakteriga ko‘ra O‘yin metodikasiga ko‘ra Fan sohalariga ko‘ra O‘yin muhitiga ko‘ra Predmetli, predmetsiz Texnik, harakatni ta’minlovchi o‘yinlar Kompyuter; televizon; texnik vositalarga asoslangan o‘yinlar Stol o‘yinlari; xona o‘yinlari; ko‘cha o‘yinlari; joy bilan bog‘liq o‘yinlar Ijtimoiy, boshqaruv, iqtisodiy, tijorat xarakteridagi Jismoniy, sport, harbiy, sayyohlik, xalqona Mehnat, texnik, ishlab chiqarishga doir Musiqiy, teatr tomoshasi; badiiy Matematik, biologik, kimyoviy, fizik, ekologik O‘rgatuvchi, mashqlantiruvchi, nazorat qiluvchi, umumlashtiruvchi Muloqotga asoslanuvchi; tashxislovchi; kasbga yo‘naltiruvchi; psixologik-texnik Produktiv; reproduktiv; ijodiy Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi Didaktik Syujetli Rolli Ishbilarmonlik Imitatsion Dramatik


Download 25.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling