19-keys: 17 yoshli A. transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz otasining Neksiya rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganida to’satdan svetaforning qizil chirog’i yondi. A. tormozni bosishga ulgurmay rulni burdi. Bu xunuk voqea sabab yo’l chetidagi taksi haydovchisi O. ning yurak xuruji tutdi. A. Neksiyaning kalitini yo’l chetidagi taksichilardan biriga berib militsiya chaqirishini iltimos qildi hamda o’zi O. ni kasalxonaga olib ketdi. O. ga miokard infarkti tashxisi qo’yildi. SHifokorlar agar A. biroz kechikkanda O. ning halok bo’lishi mumkinligini aytishdi.
A. ning harakatlariga baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |