4-keys: 17 yoshli fuqaro M. 14 yoshli S. ni tilanchilik qilishga majbur qiladi. Buning uchun fuqaro M. ga ma’muriy chora ko’rildi. Bir oydan so’ng, 15 yoshli G. ni spirtli ichimlik ichishga o’rgata boshladi. Fuqaro M. ning xatti-harakatini huquq posbonlari aniqlashdi.
Uni qanday jazo kutmoqda?
5-keys: 17 yoshli fuqaro A. 11 yoshli ukasi S. bilan shahar transportida chiptasiz yurgani uchun nazoratchi ushlab oldi. Nazoratchi yo’l haqi to’lashni talab qilganida ukam kichkina, yo’l haqi to’lamayman, deb janjal qildi va nazoratchini haqorat qildi. Nazoratchi, fuqaro A. ga chora ko’rish uchun sudga murojaat qildi.
Fuqaro A. ni qanday jazo kutmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |