8-keys: 16 yoshli xodim S. har kuni 7 soatdan ishlaydi. U 6 oy ishlaganidan so’ng, mehnat ta’tili berishini so’rab ma’muriyatga ariza berdi. Rahbari hali ishlaganiga 6 oy to’lmaganini aytib xodim S. ga mehnat ta’tili bermadi.
Rahbarning xatti-harakatlarini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida baholang.
9-keys: 17 yoshli V. ni kechqurun katta xususiy magazin oynasini sindirib, ichkariga kirayotganida militsiya xodimlari qo’lga olishdi. Tergov paytida V. ni magazinga o’g’irlikka kirish niyatida oynani sindirgan deb ayblashdi. Biroq, V.ning ota-onasi unga tegishli bo’lgan meditsina xulosasani olib kelishdi. Unda V psixologik tomondan yetishmovchiligi borligi qayd etilgan edi.
Ayting-chi sud V. ga nisbatan qanday jazo chorasini qo’llashi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |