14-keys: Nodir harbiy xizmatchi. Uni harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun yuborishdi. Harbiy harakatlar to’xtatilgandan so’ng Nodirning yo’qolganligi ma’lum bo’ldi. Qarindoshlarining arizasiga muvofiq sud bir yildan so’ng Nodirni vafot etgan deb e’lon qildi. Sudning qaroridan so’ng Nodirning qarindoshlari unga tegishli bo’lgan shaxsiy uyi, ro’zg’or anjomlari va mashinasini bo’lib olishdi. Nodir harbiy harakatlar chog’ida qattiq jarohatlangan, xotirasini yo’qotgan edi. 2 yildan so’ng u sog’ayib harbiy qismga qaytib keldi. Nodir mol-mulkini qaytarib olishi uchun nima qilishi kerak?
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan Nodirning huquqlari qanday tiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |