Keyslar to’plami Keys №1 Keys vaziyati


Download 43 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi43 Kb.
#1606490
  1   2   3
Bog'liq
Keyslar to`plami


Keyslar to’plami
Keys №1
Keys vaziyati: 1862 yilda mashxur nemis kimyogari Fridrix Vyoler so’ndirilmagan ohakdan aktivlangan ko’mir ishtirokida kalsiy metalini olishga urinib ko’radi. So’ndirilmagan ohak bu – kalsiy oksiddir. Vyolerning fikricha agar unga so’ndirilmagan ohakka ko’mir qo’shib qattiq qizdirilsa, ko’mir ohakdan kislorodni tortib olib u bilan birikadi, natijada karbonat angidrid gazini hosil qiladi va kalsiy metali toza holda ajralib chiqadi. Vyoler o’z fikrini tasdiqlash maqsadida bir necha kun davomida bu reaksiyani qayta-qayta o’tkazib, kalsiy metali emas, balki har gal kulsimon kukun hosil qiladi. Tajribadan kutilgan ololmagandan so’ng, tajribani to’xtatishga qaor qiladi va laborantiga bankalarda to’planib qolgan kulsimon moddani tashqariga olib chiqib tashlashni buyuradi. Shu paytda kuchli yomg’ir yog’ib laboratoriya hovlisidagi “kul” tashlangan joyda suv ko’lmagi hosil bo’ladi. Laborant hovliga chiqib ajoyib hodisaning guvohi bo’ladi. “Kul” bosgan suv qaynab, yoqimsiz hidli gaz pufakchalari hosil bo’lganini kuzatadi va bu haqda tezda Vyolerga xabar beradi. Olim hovliga chiqib qarasa, haqiqatdan ham shunday holatni kuzatadi.
“Ajabo, bu qanday kul va qanday gaz bo’ldi ekan”, deydi olim. U gugurt chaqib gazni yoqmoqchi bo’ladi. Shunda ajralib chiqayotgan gaz birdan ko’zni qamashtiradigan darajada yorug’ alanga berib, dud hosil qilib yonadi. Bundan quvongan Vyoler “Sizni tabriklayan Xans! Ajoyib kashfiyot ochilganga o’xshaydi. Endigi vazifa bu kashfiyotning sirini ochish, reaksiya natijasida qanday modda va bu modda suv bilan tas’ir etganda qanday gaz hosil bo’lganini aniqlashdir”, - deydi u laborantiga.
Keys topshirig’i
1. Nima deb o’ylaysiz Vyoler laboranti bilan birga qanday moddani aniqlagan?
2. Hosil qilgan moddasi suv bilan ta’sirlashganda qanday gaz ajralib chiqadi?
Keys yechimi
1.Nemis kimyogar olimi F.Vyolerning so’ndirilmagan ohakka ko’mirni qo’shib qattiq qizdirishi quyidagi reaksiya asosida boradi:
CaO+3C→CaC2+CO
Demak, olingan kulsimon modda kalsiy karbid bo’lgan.
2.Hosil bo’lgan modda kalsiy karbidning suv bilan ta’sirlashishi natijasida asetilen hosil bo’ladi:
CaC2+H2O→Ca(OH)2+C2H2
Ajralgan gaz asetilen bo’lganligi uchun yorug’ alanga berib yonadi:
2C2H2↑+5O2→4CO2↑+2H2O



Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling