Keyslar to’plami Keys №1 Keys vaziyati
Download 43 Kb.
|
Keyslar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys topshirig’i
- Keys №3 Keys vaziyati
- Keys topshirig’i: 1. Shisha nay orqali puflanganda qanday gaz chiqadi 2. Nega suyuqlik avval loyqalandi-yu, keyin yana tiniq holga keldi Keys yechimi.
Keys № 2
Keys vaziyati: Suvda erimaydigan tuzlar masalan CaCO3 , boshqa tuzlar bilan reaksiyaga kirishmasligini bilasiz. Biroq tajribalarimiz natijasida FeCl3 bilan CaCO3 ta’sirlashish reaksiyasi asosida shiddatli gaz ajralib chiqdi hamda qo’ng’ir rangli cho’kma hosil bo’ldi. Ajralib chiqayotgan gazni aniqlash uchun cho’g’langan cho’pni reaksion probirka uchiga tekkizdik va natijada u o’chib qoldi. Hosil bo’lgan cho’kma suvda va ishqorda erimasligi, kislotada erishi aniqlandi. Keys topshirig’i: 1. FeCl3 bilan CaCO3 ta’sirlashuvidan nima hosil bo’ladi? 2. Qanday gaz ajralgan? 3. Qanday cho’kma hosil bo’lgan? Keys yechimi 1. CaCO3 suv bilan ta’sirlashmaydi, lekin FeCl3 bilan suvli muhitda qizdirilishi natijasida quyidagicha reaksiya ketadi: 2FeCl3 + 3CaCO3 + 3H2O → 3CaCl2+2Fe(OH)3↓ + 3CO2 ↑ 2. Ajralib chiqayotgan gaz karbonat angidrid bo’lganligi uchun cho’g’langan cho’p tekkazilganda o’chib qoladi. 3. Hosil bo’lgan cho’kma Fe(OH)3 suvda erimaydi, ishqor bilan ta’sirlashmaydi, lekin kislotada eriydi: 2Fe(OH)3↓ + HCl → 2FeCl3+ 3H2O Keys №3 Keys vaziyati: Probirkaning yarmigacha tiniq ohakli suv solib, uning ichiga bukilgan shisha nay suyuqlikka botadigan tushiriladi va nayning ikkinchi uchidan sekin puflanadi. Bunda suyuqlik ichida pufakchalar qaynab yuqoriga chiqa boshlaydi. Puflash bir necha sekund davom ettirilsa, suyuqlik loyqalana boshlaydi va sutga o’xshash oq tusga kiradi. Agar puflash davom ettirilsa bir necha sekunddan keyin oq loyqa suyuqlik yana tiniq suyuqlikka aylanadi. Keys topshirig’i: 1. Shisha nay orqali puflanganda qanday gaz chiqadi? 2. Nega suyuqlik avval loyqalandi-yu, keyin yana tiniq holga keldi? Keys yechimi. 1.Probirkaga shisha nay orqali havo yuborildi. Nafas bilan chiqariladigan havo tarkibida 4% karbonat angidrid, 16,3% kislorod, 79,7% azot bo’ladi. Ushbu gazlardan faqatgina uglerod (IV) oksid ohakli suv bilan ta’sirlashadi. Havo tarkibidagi uglerod (IV) oksid ohakli suv bilan ta’sirlashib oq rangli kalsiy karbonat cho’kmasini hosil qiladi (probirkada sutsimon loyqalanish sobir bo’ladi). Reaktsiya quyidagicha sobir bo’ladi: Ca(OH)2 + CO2↑ → CaCO3↓ 2. Hosil bo’lgan kaltsiy karbonatning loyqa eritmasiga yana uglerod (IV) oksid yuborilsa eritmadagi kaltsiy karbonat cho’kmasi uglerod (IV) oksid bilan ta’sirlashi eriydigan gidrokarbonat tuziga aylanadi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi: CaCO3 + H2O + CO2 → Ca(HCO3)2 Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling