Ki 21-01 guruh talabasi “Tizimlar va signallar” fanidan


Download 0.67 Mb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1791246
  1   2   3
Bog'liq
E.F T Va S 1-mustaqil ish


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYAlAR VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


KI 21-01 guruh talabasi
Tizimlar va signallar” fanidan

MUSTAQIL ISH-№1


Mavzu: Signallarga ishlov berishda segmentlash va
freymlash.


Guruh:KI 21-01
Bajardi:Erbo’tayev F.
Qabul qildi: Jumaboyev T.

SAMARQAND –2023


MAVZU: Signallarga ishlov berishda segmentlash va freymlash.
Reja:
1.Nutq signallariga ishlov berishda sigmentlashning ahamiyati.
2. Qisqa-vaqtli energiya.
3.Freymlash jarayoni ahamiyati.
4. Noldan o’tuvchi nuqtalar
5.Nutq signaliga ishlov berish va tanib olish bosqichlari
6.Xulosa va Adabiyotlar

Nutq signallariga ishlov berishda sigmentlashning ahamiyati.


Qisqa vaqtli energiya. Nutq signalining qisqa vaqtli energiyasi va noldan o‘tuvchi nuqtalar soni nutq signalining asosiy parametrlari sanaladi. Bizga ma’lumki nutq signalining parametrlari qoida bo‘yicha vaqt o‘tishi bilan tez o‘zgaradi, shuning uchun ham nutq signalini bir-birining ustiga tushmaydigan uzunligi 10-30 ms uzunligida fragmentlarga ajartib ishlov berish odatiy holdir. Nutq signali ushbu oraliqda statsionar holatda deb faraz qilsak, unda nutq signalining qisqa vaqtli energiyasini hisoblash orqali nutq signalidagi jimlik sohalarini olib tashlanadi. Ushbu masalani echish algoritmi qo‘yidagi bosqichlardan iborat:

  1. Kiruvchi signal fragmentlarga ajratiladi. Bunda va bundan keyin jarayonlarda fragment 256 ta nuqta signalining qiymatlaridan iborat ketma-ketliklar tushiniladi.

  2. Qisqa vaqtli energiya qiymati hisoblanadi (fragmentdagi signal qiymatlarining kvadratlar yig‘indisi).


3.Bo‘sag‘a qiymatlarini o‘rnatish Ebo‘s (adaptiv algoritm bo‘yicha).


4.SHart bajarilishini tekshirish En < Ebo’s?: agar shart bajarilsa “ha” – n-fragment jimlik uchastkaga tegishli hisoblanadi va 2-qadamga o‘tiladi; shart bajarilmasa “yo‘q” - n-fragment foydali signal uchastkaga tegishli hisoblanadi.
Quyida algoritmning blok sxemasi keltirilgan.



Signaldagi jimlik uchastkalarini olib tashlash blok-sxemasi Signal energiyasining bo‘sag‘a qiymatini tanlash algoritmining
moslashuvchanligi shundan iboratki, bu qiymatlar fiksirlanmagan. Ular qayta ishlanadigan signal energiyasi qiymatlaridan kelib chiqadi. Bundan tashqari signaldagi shovqin komponentalarini ham hisobga olish zarur. Signaldan jimlik uchaskalarini ajratish davomida ularning davomiyligini (uzunligini) ham hisobga olishmiz zarur.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling