Ki-73 guruh talabasi Jo’rayev Qobil Topshiriq: Bozor makonini shakllantirishda raqobat strategiyasining taʼsiri
KI-73 guruh talabasi Jo’rayev Qobil
Download 19.64 Kb.
|
oa0FfD9q9--malS4Plz0SIfPOWWdYThd
KI-73 guruh talabasi Jo’rayev Qobil
kompaniyaning marketing tadbirlarini qo‘llashi uchun ochiq bo‘lishi lozimligini ta‘kidlab o‘tgan. Taniqli marketolog D. Aaker ―Bozorni segmentlash – tashkilot xizmat qilish mumkin bo‘lgan guruh yoki segmentlarga ajratishga qaratilgan marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish strategiyasi sifatida izohlaydi. D. Aaker tomonidan taklif qilingan segmentlashning bazaviy konsepsiyalari asosiy e‘tiborni bozorning u yoki bu segmenti uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqishga qaratadi. Mazkur konsepsiya asosida bozor taxmonlari strategiyasini ishlab chiqish metodologiyasi ko‘pgina olimlar tomonidan rivojlantirildi va segmentlash bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilishini taklif qiladi: bozorning segmentiga qo‘yiladigan talablar, ya‘ni bozorning ma‘lum guruhga birlashtirilgan elementlari o‘sha guruh (segment) nomi bilan atalishi kerak; har bir segment uchun aniq mezonlar tizimini ishlab chiqish lozim. Bozorning segmentiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar: Farqlash mumkinligi. Iste‘molchilar yoki mijozlar guruhi segment sifatida bir-biridan farqlash mumkin bo‘lishi, har bir segmentning belgisi hyech qanday qiyinchiliklarsiz o‘lchash mumkin bo‘lishi lozim. Muhimliligi. segment marketing dasturlarini amalga oshirish uchun yetarli darajada katta bo‘lishi kerak. Hammabopligi. Segment korxonaning maqsadli bozori sifatida aniqlangan bo‘lsa marketing tadbirlari, siljitish va distribusiya orqali unga erishish mumkin bo‘lishi kerak. Barqarorligi. Segment tarkibi va undagi o‘zgarishlar ma‘lum vaqt davomida barqaror bo‘lishi kerak. Shundagina uni farqlash, muhimligini anglash va hammabopligiga erishish mumkin. Javob reaksiyasining mavjudligi. Segment unda qo‘llanilayotgan marketing tadbirlariga nisbatan teskari aloqa tamoyiliga asosan javob reaksiyasi qaytara olishi lozim. Qaror qabul qilish nuqtai nazaridan qadrliligi. U yoki bu segmentni aniqlash va unda marketing tadbirlarining qo‘llanilishi kelgusida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini berishi lozim. Bozorni segmentlash segmentlashning bazaviy konsepsiyasiga asoslanadi. Segmentlash jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘lib, bir jinsli iste‘molchilar guruhini ajratish va maqsadli guruhni aniqlash va zarur marketing tadbirlarini qo‘llash. Marketing amaliyotidan ma‘lumki bozorni segmentlash turli belgilarga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin. Segment qanchalik detallashishiga qarab, ularning soni ham ortib boradi. Masalan, dunyoga mashhur Nielsen marketing tadqiqotlari kompaniyasi bozorni segmentlash bo‘yicha PRIZM tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim demografik, xulqiy va geografik belgilarga ko‘ra umumlashtirilgan 66 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi110 . Biroq, bu u yoki bu korxonaning raqobat strategiyasini ham 66 ta yo‘nalishda ishlab chiqish yoki amalga oshirish degani emas. Aksariyat tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida ―mahsulot bo‘yicha segmentlash‖ tushunchasi bozorni segmentlar sifatida talqin qilinadi va bozorni segmentlash ham o‘z navbatida mahsulotlar bo‘yicha iste‘molchilarni guruhlash haqida tasavvur hosil qiladi. Raqobat strategiyasi bozordagi mavqyeini mustahkalash, raqobat kurashida ustunlikka erishish, mijozlar ehtiyojini yuqori darajada qondirish va yangi mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbus va usullar majmuidir. Raqobat strategiyasi ishbilarmonlik strategiyasiga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, raqobat usullaridan tashqari strategik masalalarni hal etish bo‘yicha rahbariyat rejalari va tadbirlarini ishlab chiqishni ham o‘z ichiga oladi. Raqobat strategiyasining maqsadi mijozlarning ma‘lum tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini yuqori darajada qondirish orqali raqiblarga nisbatan raqobat ustunligini ta‘minlash va bozorda yetakchilikka erishishdir. Bundan tashqari raqobat strategiyasi bozorni egallashga harakat qilish, raqiblardan himoyalanish, uzoq muddatli raqobat imkoniyatlari va mavqyeini saqlab qolish, o‘zgaruvchan bozor konyunkturasi sharoitida resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash asosida hamkorlikni rivojlantirish hamdir. M.Porter ―Kompaniyalar barqaror o‘sib boruvchi daromadga ega bo‘lishi uchun quyidagi uch sohada yetakchilikka erishishi zarur: mahsulot, narx, yoki bozor nishasi‖deb hisoblaydi. M.Porter tarmoqda raqobatning 4 bazoviy strategiyasini ko‘rsatib beradi. Raqobat strategiyasining tanlanishi kompaniya imkoniyatlari, resurslari va bozordagi mavqyega bog‘liq. Download 19.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling