Ki fakulteti ats 11 – 20 guruh talabasining elektron hukumat fanidan
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Eshtemirov Lazizbek 3-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATS - 11 – 20 - GURUH TALABASINING ELEKTRON HUKUMAT FANIDAN 3-Amaliy ish Bajardi: Eshtemirov Lazizbek
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI KI FAKULTETI ATS - 11 – 20 - GURUH TALABASINING ELEKTRON HUKUMAT FANIDAN 3-Amaliy ish Bajardi: Eshtemirov Lazizbek Qabul qildi: Uzoqov N Mavzu: Elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligini ta`minlash. Wordpress da CMS kontentni boshqaruv tizimi asosida interaktiv xizmatni yaratish. Rivojlangan davlatlarda elektron hukumat tajribalarini o’rganish bo'yicha amaliy mashg'ulot tayyorlash Elektron hukumat interaktiv tizimida ma’lumotlar konfidensialligini ta’minlash usullari. Elektron hukumat interaktiv xizmatida ma’lumotlar konfidensialligini ta’minlashning asosiy maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: axborotni tarqab ketishi, o’g’irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish; shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish; axborotni yo’q qilish, modifikasiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish; axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish; hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk obyekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash; axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini himoyalash; davlat sirlarini saqlash; qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash; axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash; ishlab chiqish va qo’llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash. Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o’z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o’tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo’lgan xavfli kanallarni yo’q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi. Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko’rsatadiki, muhofaza qilishning to’liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o’ta takomillashgan texnik vositalari; axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi; ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar. Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko’ra ma’lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo’q, aksincha barqaror o’sish tendensiyasiga ega bo’lib bormoqda. Axborot kommunikatsiya tizimlarida bo’ladigan tarmoq xujumlari. Razvedka xujumi. Imtiyozlarni kengaytirish xujumi. Xizmat ko’rsatishdan voz kechish xujumi. Barcha xujumlar Internet ishlashi prinsiplarining qandaydir chegaralangan soniga asoslanganligi sababli masofadan buladigan namunaviy xu- jumlarni ajratish va ularga karshi kandaydir kompleks choralarni tavsiya etish mumkin. Bu choralar, xakikatan, tarmok xavfsizligini ta’minlaydi. Internet protokollarining mukammal emasligi sababali tarmoqdagi axborotga masofadan bo’ladigan asosiy namunaviy xujumlar quyidagilar: tarmoq trafigini taxlillash; tarmoqning yolg’on obyektini kiritish; yolg’on marshrutni kiritish; xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan xujumlar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling