Ki fakulteti ats 11 – 20 guruh talabasining elektron hukumat fanidan


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1377832
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eshtemirov Lazizbek 3-amaliy ish

Mijozlarni bo’g’ish. Mijoz stansiyasini bo’g’ish firibgarga o’zini bo’g’ilgan 
mijoz o’rniga qo’yishiga imkon beradi. Mijoz ulanishni amalga oshira olmasin 
degan maqsadda unga xizmat ko’rsatishdan voz kechish uchun ham bug’ishdan 
foydalaniladi. Juda mohirlik bilan qilingan xujumlar niyati buzuq odam stansiyasini 
bazaviy stansiyaga ulash maqsadida mavjud ulanishni uzadi. Bostirib kirish va 
ma’lumotlarni modifikasiyalash. Xujumlovchi paketlarni bazaviy stansiyaga 
yuborib boshqarish buyruqlari va axborot oqimlari ustida manipulyasiyani amalga 
oshirishi mumkin. Boshqarish buyruqlarini kerakli boshqarish kanaliga yuborish 
orqali foydalanuvchini tarmoqdan uzishga erishish mumkin. Bostirib kirish xizmat 
ko’rsatishdan voz kechish uchun ishlatilishi mumkin. Hujumlovchi tarmoqdan 
foydalanish nuqtalarini ulanish buyruqlari bilan to’lib-toshtiradi. Natijada boshqa 
foydalanuvchilarga tarmoqdan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
MITM (man in the middle) hujumi. MITM hujumi yuqorida tavsiflangan 
bostirib kirishlarga o’xshash. 
Ular turli shakllarni olishlari mumkin va aloqa seansining konfidensialligini 
va yaxlitligini buzish uchun ishlatiladi. MITM xujumlar anchagina murakkab
chunki ularni amalga oshirish uchun tarmoq xususida batafsil axborot talab etiladi. 
Niyati buzuq odam, odatda, tarmoq resurslaridan birining identifikasiyasini bajaradi. 
Xujum qurboni ulanishni boshlaganida, firibgar uni ushlab qoladi va istalgan resurs 
bilan ulanishni tugallaydi, so’ngra ushbu resurs bilan barcha ulanishlarni o’zining 
stansiyasi orqali o’tkazadi. Bunda xujumlovchi axborotni jo’natishi, jo’natilganini 
o’zgartirishi yoki barcha muzokaralarni yashirincha eshitishi va so’ngra 
rasshifrovka qilishi mumkin. 
Xujumlarning 
anonimligi. 
Simsiz foydalanish xujumning to’liq 
anonimligini ta’minlaydi. O’rnatilgan joyni aniqlovchi mos tarmoq asbob-uskunasi 
bo’lmasa, xujumlovchi anonimlikni osongina saqlashi va simsiz tarmoq ta’siri 
xududidagi har qanday joyda berkinishi mumkin. Bunday holda niyati buzuq odamni 
tutish qiyin, ishni sudga oshirish esa undan ham qiyin. Ta’kidlash lozimki, aksariyat 
firibgarlar tarmoqni, ularning ichki resurslariga xujum qilish uchun emas, balki 
Internetdan tekin anonim foydalanish uchun o’rganadilar va Internet himoyasida 
boshqa tarmoqlarni hujumlaydilar.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling