Ki fakulteti ats 12 21


Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana04.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1746219
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
2-mustaqil ish KT

Lokal tarmoqlar (LAN) va ularning qurilish usullari 
Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish – bu texnologiyalarni tanlash, ishchi
stansiyalar sonini, ularning o’zaro joylashuvini aniqlash bo’lib, faoliyat turiga qarab
foydalanuvchilarning ishchi guruhlari aniqlanadi. Lokal hisoblash tarmog’i (LHT)
cheklangan hududda ishlaydi, uni yaratishda odatda maxsus o’rama juft yoki


koaksial kabellardan foydalaniladi. Ayrim hollarda uzoq masofalarda aloqani
ta’minlashda yoki himoya bo’yicha yuqori talab qo’yilganda optik tolali kabellar
ko’llaniladi. Lokal tarmoqlar uchun kabel bir vaqtda ko’plab abonentlar
foydalanuvchi monokanal rolini bajaradi.
Belgilangan maqsadi, atxitekturasi, ma’lumot almashinuvini tashkil qilish va
abonentlarni o’zaro aloqa qilish qoidasi bo’yicha lokal tarmoqlarning har xil
turlarini belgilash mumkin. LHT barcha turlari axborot tizimlari hisoblanib, axborot
resurslari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ko’p hollarda LHT katta
tarmoqning bir qismi bo’lib, bo’lim, departament, laboratoriya, markaz, ofis yoki
ishlab chiqarish sohalariga bog’liq bo’lgan hududiy harakterdagi ma’lumotlarga
ishlov berish vazifasini bajaradi. Bo’limlarning faoliyat turi servislar va xizmat
sifatini o’z ichiga oluvchi lokal tarmoqlarning arxitekturasiga ta’sir ko’rsatadi.
Funksional vazifasiga ko’ra lokal tarmoqlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- ish hujjat almashinuvi, normativ-ma’lumotnoma, kutubxona va axborot
arxivi bo’yicha foydalanuvchilarning axborot xizmatini bajaruvchi tarmoq;
- asosiy vazifasi ilmiy-texnik hisoblashlarni bajaruvchi va tadqiqot
loyihalarini avtomatlashtirish bo’lgan lokal tarmoq;
- qaror qabul qilish tizimlari, ekspert tizimlari, masofaviy o’qitish, dizayn va
loyihalash tarmoqlari;
- mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va marketing bo’yicha
korxona faoliyatini boshqaruvchi lokal tarmoq.
O’tkazuvchanlik xususiyati bo’yicha LHT quyidagi darajalarga bo’linadi:
- ingichka koaksial kabel yoki o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi,
o’tkazuvchanlik xususiyati past (ma’lumot uzatish tezligi 10 Mbit/s atrofida)
bo’lgan LHT;
- yo’g’on koaksial kabel yoki ekranlangan o’rama juft kabellaridan
foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati o’rtacha (ma’lumot uzatish tezligi 100
Mbit/s gacha) bo’lgan LHT;
- optik tolali aloqa kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati
yuqori (ma’lumot uzatish tezligi 1000 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT.
Lokal
tarmoqning
dastlabki
texnologiyalarida
fizik
pog’onada
kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan
foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI,
Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning
o’rtalariga kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori


ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini
paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi.
Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat
Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan
algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda
aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet
texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling