Ki fakulteti ats 12 21
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mustaqil ish KT
- Bu sahifa navigatsiya:
- TCP/IP va OSI modellarning kompyuter tarmoqlarini qurishda o‘rni. IP
Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish
tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri bilan bog’laydi. 3-rasm. Torus aloqali topologiy TCP/IP va OSI modellarning kompyuter tarmoqlarini qurishda o‘rni. IP tarmoq texnologiyasi va TCP protokoli xususiyatlari xozirgi kunda kompyuter va Internet tarmog‘ining asosi bo‘lib, boshqa tarmoq texnologiyalari bilan birgalikda zamonaviy kommunikatsiyalar asosini tashkil etadi. IP tarmoqlar texnologiyasi TCP/IP protokollar stekiga asoslanadi. Bu stek AQSh Mudofaa Vazirligi tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqilgan va ARPAnet tarmog‘i qurilishida qo‘llanilgan, bu tarmoqdan keyinchalik Internet tarmog‘i tashkil qilindi. Stekni ishlab chiqish va takomillashtirishga AQSh universitetlari, ayniqsa UNIX operatsion tizimi uchun TCR/IPni amalga oshirgan Berklidagi universitet o‘z ulkan xissasini qo‘shishdi. Stekni takomillashtirish bo‘yicha 30 yildan ortiq vaqt davomida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda bu quyidagilarda ishlatiladigan protokollarning eng ommaviy stekidir: -Internet global axborot tarmog‘ida; -Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun; -Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun; - operatsion tizimlarning aksariyati va lokal tarmoqlarda; -deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda. TCP/IP protokollar steki (to'plami) 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida Vint Serf va Kan birinchi marta uchta turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda yaratilgan. 1983 yilning 1 yanvarida ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy ‘tug'ilgan kuni’ deb hisoblanadi. TCP/IP modeli TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol) protokollar stekini tasvirlash uchun ishlab chiqilgan. U OSI modelidan ancha oldin ishlab chiqilgan. TCP – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi. IP– tarmoq pog’onasi protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi. Bir sathdagi xabarlarning ketma-ketligi va shaklini belgilovchi formal qoidalar protokollar deb ataladi. Ierarxik tashkil etilgan protokollar yig’indisi Kommunikatsiya protokollari steki deb ataladi. OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish va qulay foydalanish hisoblanadi. Tarmoqlarni ishlashi uchun OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. ISO/OSI modelining hamma pog’onalarining ishlashini tashkil qilishga javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.Protokollar stek tarkibida bo‘lib, ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Har qanday texnologiya yordamida ma’lumotlarni uzatish qanday bajarilishini aniqlash uchun quyidagilarni ko‘rib chiqish lozim: - tarmoqning adres makoni qanday shakllanadi va taqsimlanadi; - IP texnologiya asosiy protokollarining mantiqiy tavsiflari (paket maydonini belgilash); - axborot uzatish jarayonining me’yoriy faoliyatini ta’minlovchi protokollarning asosiy muolaja tavsiflari; - jo‘natuvchidan oluvchiga ma’lumotlar yetkazish yo‘lini aniqlash masalasi qanday hal qilinadi, ya’ni paketlar qanday marshrutizatsiya qilinadi Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling