Ki fakulteti ats 12 21


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana04.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1746219
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
2-mustaqil ish KT

Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish
tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi
avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri
bilan bog’laydi.
3-rasm. Torus aloqali topologiy
TCP/IP va OSI modellarning kompyuter tarmoqlarini qurishda o‘rni. 
IP tarmoq texnologiyasi va TCP protokoli xususiyatlari xozirgi kunda
kompyuter va Internet tarmog‘ining asosi bo‘lib, boshqa tarmoq texnologiyalari
bilan birgalikda zamonaviy kommunikatsiyalar asosini tashkil etadi.
IP tarmoqlar texnologiyasi TCP/IP protokollar stekiga asoslanadi. Bu stek
AQSh Mudofaa Vazirligi tashabbusi bo‘yicha ishlab chiqilgan va ARPAnet
tarmog‘i qurilishida qo‘llanilgan, bu tarmoqdan keyinchalik Internet tarmog‘i
tashkil qilindi. Stekni ishlab chiqish va takomillashtirishga AQSh universitetlari,
ayniqsa UNIX operatsion tizimi uchun TCR/IPni amalga oshirgan Berklidagi
universitet o‘z ulkan xissasini qo‘shishdi. Stekni takomillashtirish bo‘yicha 30
yildan ortiq vaqt davomida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda bu quyidagilarda
ishlatiladigan protokollarning eng ommaviy stekidir:
-Internet global axborot tarmog‘ida;
-Intranet deb ataluvchi korporotiv tarmoqni yaratish uchun;
-Ekstranet deb nomlanuvchi kirishi chegaralangan va himoya darajasi
kuchaytirilgan korporativ tarmoqlarni yaratish uchun; - operatsion tizimlarning
aksariyati va lokal tarmoqlarda; -deyarli hamma global tarmoq texnologiyalarda.
TCP/IP protokollar steki (to'plami) 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi
ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida
yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida Vint Serf va Kan birinchi marta uchta turli tarmoq
orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. Zamonaviy
Internet protokoli shu tarzda yaratilgan. 1983 yilning 1 yanvarida ARPANET yangi
protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy ‘tug'ilgan kuni’ deb hisoblanadi.
TCP/IP modeli TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol)
protokollar stekini tasvirlash uchun ishlab chiqilgan. U OSI modelidan ancha oldin
ishlab chiqilgan.
TCP – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda
axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP– tarmoq pog’onasi protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda
axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi,
masalan, TCP yoki UDP. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo‘lgani
uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z
manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli


tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining
kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi. Bir
sathdagi xabarlarning ketma-ketligi va shaklini belgilovchi formal qoidalar
protokollar deb ataladi. Ierarxik tashkil etilgan protokollar yig’indisi
Kommunikatsiya protokollari steki deb ataladi.
OSI modeli etalon model bo'lib, bu faqat nazariy jihatdan mavjud. Hozirgi
kunda bu model asosida TCP/IP stek protokollariga asoslangan holda tarmoq
ishlaydi. TCP/IP ishlab chiqilishining yagona sababi OSI modelini soddalashtirish
va qulay foydalanish hisoblanadi.
Tarmoqlarni ishlashi uchun OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur
hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va
har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z
belgisini qo'yib boradi.
ISO/OSI modelining hamma pog’onalarining ishlashini tashkil qilishga
javobgar protokol steklaridir. Protokol steklarining ishlatilishining foydali tomoni
shundan iboratki, stekka kiruvchi hamma protokollar bitta ishlab chiqaruvchi
tomonidan yaratilgan, shuning uchun ular yuqori tezlikda va samarali ishlash
imkoniyatiga ega. Tarmoqlar yaratilgan vaqtdan beri bir necha turdagi protokol
steklari yaratilgan, ular ichida eng ko‘p ishlatiladiganlari: TCP/IP, IPX/SPX, Net
BIOS/SMB, Novell Ware, DECnet va boshqalar.Protokollar stek tarkibida bo‘lib,
ISO/OSI modelining turli bosqichlarida ishlaydi. Lekin odatda uchta protokol turi
alohida ta’kidlanadi: transport, tarmoq va amaliy. TCP/IP da har bir protokol uchun
port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta.
Har qanday texnologiya yordamida ma’lumotlarni uzatish qanday
bajarilishini aniqlash uchun quyidagilarni ko‘rib chiqish lozim:
-
tarmoqning adres makoni qanday shakllanadi va taqsimlanadi; - IP
texnologiya asosiy protokollarining mantiqiy tavsiflari (paket maydonini belgilash);
-
axborot uzatish jarayonining me’yoriy faoliyatini ta’minlovchi
protokollarning asosiy muolaja tavsiflari;
-
jo‘natuvchidan oluvchiga ma’lumotlar yetkazish yo‘lini aniqlash
masalasi qanday hal qilinadi, ya’ni paketlar qanday marshrutizatsiya qilinadi

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling