Ki fakulteti ax 12 20 guruh talabasining


Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari


Download 247 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.03.2023
Hajmi247 Kb.
#1253230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Mustaqil ish Shodmonov J

Tavakkalchilikni o‘lchash uslublari. 
Tavakkalchilikni baholashda taxminiy hisoblar uslubiy asos sifatida qabul 
qilinadi. Xo‘jalik tavakkalchiligi tavsifiy elementlarining o‘zini namoyon qilish 
shakllari yaxshi va yomon natijalar kelib chiqishi extimolining bir xilligi bilan 
belgilanadi. Bu turdagi extimollik me’yorlashgan oraliqda noldan (to‘la 
muvaffaqiyatsizlik) to birgacha (100% to‘la muvaffaqiyat) o‘zgaradi va aynan u 
tavakkalchilik darajasini belgilaydi. 
Tavakkalchilik darajasining o‘lchovi tavakkalchilik koeffitsiyenti yordamida 
aniqlanadi
1
(tavakkalchilik indeksi): 


Ut =M/M* 
bu yerda: M -salbiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori ya’ni taxminiy 
zarar miqdori. 
M* - ijobiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori, ya’ni ishbilarmonlikning 
rejalashtirilgan daromadi yoki foyda. 
Ijobiy sohada xodisaning yuz berish extimoli oshsa, tavakkalchilik kamayadi
qolaversa, ijobiy sohada daromadlar ko‘paysa yoki salbiy sohada yo‘qotishlar 
kamaysa ham tavakkalchilik kamayadi. Aks holda tavakkalchilik ortib boradi. 
Tavakkalchilik koeffitsiyenti bu sohadagi o‘zgarishlarni hisobga olingan noaniqlik 
chegarasida aks ettiradi. 
Tavakkalchilik koeffitsiyentini qo‘llab tavakkalchilikning empirik shkalasini tuzish 
mumkin. Agar berilganlar yetarli bo‘lsa, unda real iqtisodiy sharoit uchun 
tavakkalchilik koeffitsiyentining miqdori qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash 
mumkin. 
Tavakkalchilikga baxo berishda ko‘p turli statistik, xisob analitik va ekspert 
uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi hollarda 
yuz bergan yo‘qotishlar dinamikasini ko‘zatishga imkon yaratadi va ular asosida, 
yoki zarar ko‘rish extimolligining egri chizig‘i chiziladi, yoki tavakkalchilik 
harajatlarining miqdor ko‘rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert yordamida 
baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali ishbilarmonlarni jalb 
qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar analitik ekspertizani bir necha ekspertlar olib 
borsa, ularning har biri tavakkalchilik extimoli va yo‘qotish saviyasini o‘zi alohida 
baholashi kerak. Shundan keyin o‘rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu 
ma’lumotlar daromadni yo‘qotish saviyasining ekspertizaviy egri chizig‘ini ko‘rish 
uchun ishlatilishi mumkin. 

Download 247 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling