Kiberxabfsizlik fakulteti
Download 276 Kb.
|
M.Tuz. Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH Toshkent 2022-y Mavzu
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI KIBERXABFSIZLIK FAKULTETI AXBOROT XAVFSIZLIGI YO'NALISHI SIRTQI BO'LIMI 0170-GURUX TALABASI SAIDOV SIROJIDDINNING MA'LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISH Toshkent 2022-y Mavzu: Yarimstatik ma'lumotlar tuzilmasi. Navbat, xossalari. Reja: Yarimstatik ma’lumotlar tuzimasi. Navbat
Stek
Dek
1.Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasi. Yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini quyidagicha tavsiflash mumkin: - o’zgaruvchan uzunlikka ega va uni o’zgartiruvchi oddiy funksiyalariga ega; - tuzilmaning uzunligini o’zgartirish ma’lum bir chegarada, ya’ni qandaydir bir maksimal qiymatdan oshmagan holda amalga oshirilishi mumkin; Agar yarimstatik tuzilmani mantiqiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u holda chiziqli ro’yhat munosabati bilan bog’langan ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi. Xotirada yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasini fizik jihatdan tasvirlaydigan bo’lsak, bu xotirada slotlarning oddiy ketma-ketligidir, ya’ni har bir element xotirada navbatdagi slotlarda joylashadi. Yarimstatik MTni fizik tasvirlashning yana bir ko’rinishi bir tomonlama bog’langan ro’yhat (zanjir) ko’rinishida ifodalash mumkin, ya’ni bunda har bir navbatdagi elementning adresi joriy elementda ko’rsatiladi. Bunday tasvirlashda tuzilmaning uzunligiga cheklanish unchalik qattiq qo’yilmaydi. Bunday tuzilmalarga – navbat, stek, dek va satrlar kiradi. 2. N a v b a t. Navbat bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o’zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro’yhatki, unda tuzilmaga elementlar faqat bir tomondan, ya’ni navbatning oxiridan qo’shiladi va elementlarni tuzilmadan chiqarish boshqa tomondan, ya’ni navbat boshidan amalga oshiriladi. Navbat ustida bajariladigan asosiy amallar - yangi elementni qo’shish, - elementni chiqarib tashlash, - uzunligini aniqlash, - navbatni tozalash. Navbatni statik xotirada vektor ko’rinishida ifodalashda 2 ta parametr, ya’ni navbat boshini (navbatning 1-elementini) va oxirini (navbatning oxirgi elementini) ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar olinadi Navbatga yangi element kiritilayotganda navbat oxiri ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin navbat oxiri ko’rsatkichi bittaga oshiriladi. Navbatdan elementni o’chirishda navbat boshi ko’rsatkichi ko’rsatayotgan adresdagi element o’chiriladi va shundan keyin bu ko’rsatkichning qiymati bittaga oshiriladi. Navbatga elementlar kiritilganda navbat oxiri ko’rsatkichi shu navbat uchun ajratilgan xotira sohasining oxiriga yetib qoladi. Bunda navbat to’lgan hisoblanadi.
Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling