C++ tilida stekni statik ko’rinishda, ya’ni bir o’lchamli massiv ko’rinishida amalga oshirishga misol:
Masalaning qo’yilishi: Elementlari butun sonlardan iborat stekning juft qiymatli elementlari o’chirilsin. Aytaylik, stek uchun 10 ta joy ajratilgan bo’lsin, bunda dastlab stek bo’shligi sababli R=0 bo’ladi. Stekga yangi element qo’shish va chiqarish, stek bo’shligini va to’laligini tekshirish funksiyalaridan foydalanib shu masalani yechamiz.
Dastur kodi
#include
#include
using namespace std;
int main() {
stack stack;
stack.push(21);
stack.push(22);
stack.push(24);
stack.push(25);
while (!stack.empty()) {
cout << stack.top() <<" ";
stack.pop();
}
}
4.D e k l a r .
Dek so’zi (DEQ - Double Ended Queue) ingliz tilidan olingan bo’lib 2 ta chetga ega navbat degan ma’noni bildiradi. Dekning o’ziga xos xususiyati shuki, unga elementlar har ikkala tomondan – chapdan va o’ng tomondan kiritilishi va chiqarilishi mumkin (3-rasm).
Dek ustida bajariladigan amallar:
1. Chapdan element kiritish. Push_front()
2. O’ngdan element kiritish. Push_back()
3. Chapdan element chiqarish. Pop_front()
4. O’ngdan element chiqarish. Pop_back()
5. Dek bo’shligini tekshirish. Isempty()
Do'stlaringiz bilan baham: |