Uchinchi parda tamom.
EPILOG
QAHVAXONADA.
Tashqarida qattiq qumli bo`ron.
Adisa va Abror.
ABROR.
Nega shu yo`nalishni tanlading?
ADISA.
Nima?
ABROR.
Sen ajoyib qizsan, rassomchilik va ijodkorlikda senga tengi yo`q. Lekin harbiy sohani tanlagansan. Sen bilan necha yildan beri tanishman, har doim shu savolimdan qochasan.
ADISA.
Hayot shunday ekan...
[kichik pauza]
Dadam vafotidan keyin, onamning mendan boshqa himoyachisi qolmadi. Onam uchun ham qiz bo`ldim, ham himoyachi. Qolaversa... dadamning kasbi haqida aytganmidim?
ABROR.
Ha. Kichkinaligingda u seni ishxonasiga olib borganini aytarding.
ADISA.
Ha. Shundan so`ng, men ham u kabi adolat posboni bo`lishni maqsad qo`ydim. Buni o`z farzimdek ko`rdim.
[kichik pauza]
Buning ustiga, hozirgi davr `nozikoyimlar`ni ayab o`tirmaydi.
ABROR.
Bu to`g`ri gap.
ADISA.
O`zing-chi? Sen ham o`z haqingda ko`p gapirmaysan.
ABROR.
Xo`sh?
ADISA.
Oliy ma`lumotli bo`lsang. E`tiboring uchun, “Fizika fanlari doktori” degan nom hammaga ham nasib qilavermaydi. Sendaqalarni nufuzli universitetlar talashadi.
ABROR.
Ja unchalik emas.
ADISA.
Bu haqiqat. Lekin, sen-chi? Sen esa bunday, unchalik ham havasga arzimaydigan yo`nalishni tanlading.
ABROR.
Shunchaki, bu soha menga qiziqroq tuyildi. Bu byurakratiya ichida zaharlangan atmosfera anomaliyalari menga yangi nafasdek tuyuldi. Bu tanlovimdan achinmayman. Qolaversa, hozir foyda keltirmaydigan olimlar hech kimga kerak emas.
(bir xo`plab qahva ichadi)
Sen aytganingdek, hozirgi davr “nozikoyimlar”ni ayab o`tirmaydi.
Pauza.
ADISA.
Menikida yashab turishing mumkin.
ABROR.
Havotir olma, uy izlayapman. Ungacha laboratoriyada qolib turaman.
ADISA.
Bunaqasi ketmaydi. Laboratoriyada yashab bo`lmaydi.
(kulimsirab)
Yana, sening tartibga bo`lgan munosabatingni hisobga olganda.
ABROR.
(kuladi)
ADISA.
Qolaversa, men yashaydigan distriktda sotiladigan uylar ko`p.
ABROR.
Va`da beraman, joninga tegishga ulgurmay uy topaman.
ADISA.
Uyimga o`z `tartibingni` olib kelmasang, bas.
Ikkisi ham kulishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |