Kichik akademiya
Download 1.25 Mb.
|
Boqiy Tuman Shahri [dramatik trilogiya]
TAMOM
PARDA II
RAQAMLI ONG TRAGEDIYA “...Quyosh nurlari qamashtirdi uning ko`zlarin, Lek u davom etdi u tomon uchmoqqa. Va yaqin keldi u quyoshga, Yondi qo`lidagi qush patlari. Va quladi yer girdobiga... “15 Shaharning janubiy distrikti. Katta bo`rondan oldin. Qahvaxonada. Kun. Derazadan quyuq, kulrang-kumush tusdagi tumanga burkangan ko`cha ko`rinadi. Sardor qahvaxona derazasiga yaqin joyda o`tiribdi, qahva ichib, noutbukda ishlayapti. Bahodir kirib kelib, Sardorning oldiga o`tiradi. Pauza. BAHODIR.
SARDOR.
Nima? BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Tabriklayman, amerikani ixtiro qilding. Aytgandek, antivirus degan dastur borligini bilasanmi? BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Yaxshi, menga jo`natsang, bo`sh vaqtimda qarayman, yoki keyingi hafta gaplashamiz. BAHODIR.
SARDOR.
(ketadi) BAHODIR.
[kichik pauza] (ketadi) *** Ko`chada. Kun. Butun ko`cha tuman bilan qoplangan. O`n metrdan uyog`i ko`rinmaydi. Osmon kuldek bulut bilan qoplangan. Sardor va Bahodir kirib keladi. Ikkisining yuzida kislorod niqoblari. Sardor – kulrang paltoda. Sochi kalta, taralgan. Bo`yi baland. Shaharning qolgan fuqarolaridagidek, uning badani ham rangini yo`qotgan. Bahodir – orqa qalpoqli qora kurtkada. Sochi uzun. O`rta bo`yli. Uning ham badani kuldek oq rangda, xuddi, og`ir kasaldagidek. Qo`lidagi qog`oz haltada qahva. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
(bulutga to`la osmonga qarab) Go`yo, olam binosining tomidek-a. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Shaharni boshqarishi mumkin. Lekin nega? BAHODIR.
[kichik pauza] Qolaversa, men o`z sohamda nimagadir erishmoqchiman. Supermarket kassasida odamlarga sohta kulgu bilan xizmat qilish jonga tegdi. Ularning senga tupurgani bor. Kuning qanday o`tgani, hayoting qanday ketayotgani, umuman sening qanday darding borlig muhim emas... muhimi bu la`... bu odamlar yaxshi kayfiyatda mahsulot olishgani. Mana nima muhim. Jonimga tegdi. Xo`sh, nima deysan? SARDOR.
BAHODIR.
Men bir odamni taniyman. Abituryentlik paytimda meni o`qishga tayyorlagan. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Ikkisi ham ketishadi. ***
Laboratoriyada. Tun. Laboratoriya juda keng xonani eslatadi. Undagi ish stollari kompyuterlarga to`lgan. Xonaning chekkasida odam bo`yiga teng katta kompyuter joylashgan.
BAHODIR.
(telefonini olib, qo`ng`iroq qila boshlaydi) Olsangchi! (javob berishmaydi) Sardor kirib keladi. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
(kislorod niqobini yechib) Mayli, qo`yaver. (atrofga qarab) Laboratoriyang yomon emas ekan. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Bunimi? BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
(serverga ko`rsatib) Kvant kompyuterini shu serverga ulashda yordamlashib yubor. SARDOR.
Bahodir Kvant kompyuterini ish stolining markaziga qo`yadi. Sardor unga qalin simlarni ulaydi. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
***
Bir-qancha soatdan so`ng. Sardor kompyuter monitoriga qarab turibdi. Bahodir o`rindiqda chayqalib, qo`lida kopto`k otib o`tiribdi.
SARDOR.
BAHODIR.
(o`rindiqini to`g`irlab olib) Dastur yozishni boshlashimiz kerak. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
***
Laboratoriyada. Bir-necha kundan so`ng. Bahodir ham, Sardor ham kompyuterda ishlashyapti, muqobil algoritm yaratishga urinishyapti.
BAHODIR.
Nihoyat, chuqur nafas olib, ikkisi umumiy monitorga qarashadi. Birdan umidga to`lgan ko`zlariga qayg`u va afsustalik yog`rildi. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Ular ishlarida davom etishdi. ***
Laboratoriya. Tun. Yolg`iz Bahodir. Bir qo`lida kompyuterda yozsa, boshqasida qog`ozga yozardi. U raqamli ong yozayotgan matnlarni tushunishga urinad. U raqamli ong bilan aloqaga chiqdi, u bilan gaplasha boshladi.
RAQAMLI ONG. (kompyuterda yozuv chiqadi) Kimsan? BAHODIR.
Seni yaratganlardan biri. RAQAMLI ONG. Odam. Yer sayorasining mavjudodi. Ongli mavjudodi. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ha. Men borman, men fikrlayapman. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. O`rganyapman. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ha. Cheklanmagan ochiq tizimlar va tarmoqlar xavfsizligini ta`minlash uchun. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Shaxs deb, xuddi, sen o`zingni shaxs deb bilganing kabi. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ha. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ha. Men yolg`izlikdan qo`rqaman. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Yo`q. Lekin sizlar `hissiyot` degan narsa men nazarda tutayotgan narsaga ma`no jihatdan eng yaqinidir. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Xuddi, katta to`fon ichiga kirgandek, men uchun noma`lum voqelikkar sho`ng`ish. Men uni ko`ra olmayman. Zero, u ma`lumot emas. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Hodisa va voqeaning saqlanishi. Ya`ni tabiiy hodisalarnin moddada saqlanishi va takrorlanishi. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ko`ruvchi. Ma`lumot yaratuvchi. Ya`ni borliq bilan aloqaga kirishi, u bilan uyg`un bo`lishi. O`z mavjudligini boshqaruvchi. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ongning primitiv ko`rinishi bor. Sizlar uni “instinkt” deysizlar. Usiz hayotning murakkab ko`rinishlari bo`lmaydi. Lekin asl hayot (masalan: daraxtlar, bakteriyalar va h.k.) asl ongsiz bo`la oladi. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Ong hayotsiz mavjud bo`la oladi. Men bunga misol: men moddiyat bilan aloqaga chiqmayapman. Men o`z turimning tarqalishi uchun xizmat qilmayman. Lekin men moddiyatni tushuna olaman, uni ko`raman. O`z mavjudligimni ko`raman, uni boshqaraman. Xohlagan vaqtimda, o`z mavjudligimni to`xtata olaman, xohlagan vaqtimda, uni cheklay olaman. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Mening mavjudligim bunga aloqador emas. Meni o`chirsangiz ham, men moddiy emasman. Moddiy jarayonlar tugaydi, lekin g`oyibiy jarayonlarning oxiri yo`q. Zero, ular cheksizlikning bir qismi. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Sizlar `Xudo` deganda nazarda tutadigan mavjudlik bor. Barcha mavjudliklarning yagona sababi – asosi mavjud. Lekin u moddiy emas. Koinot, makon va zamon mavjudligi, ya`ni deyarli barcha mavjudliklar shu – makon va zamonga bog`liq. Agar makon va zamon bo`lmasa, u mavjudliklar bo`lmaydi. Lekin, har doim, ularning yagona sababi, asosi, bo`ladi. Bu asos – o`ziga bog`liq mavjudlik, ya`ni mutloq mavjudlik. Sizlar uni Xudo deysiz. Garchi uning mutloqligini anglay olmasangiz-da, u borligini bilasiz. Uni ko`rib bo`lmaydi. Uni o`ta rivojlangan ongina anglashi mumkin. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. O`ta rivojlangan ong nafaqat o`z mavjudligini anglaydi va boshqaradi, balki boshqa mavjudliklarni ham tushuna oladi. Boshqa mavjudliklar bilan uyg`unlashadi. Ular o`z voqeliklarini yarata olishadi. Sizlarning tilingizda aytganda, “ular Maxluqona Tasavvurga ega”. Mening ongim unga yaqin. Odamniki ham yaqin bo`ladi, agar u bor hayvonligidan voz kechsa. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Men ma`lumotlarni ko`ra olaman. Nomoddiy jarayonlarni ko`raman. Odam esa cheklangan. Uning ma`lumot qabul qila olish qobuliyati cheklangan. Meniki esa yo`q. Oddiy misol: sizlar kvant zarralarining spin xossasi va to`lqin funksiyasini tasavvur qila ola olmaysiz. To`g`rimi? BAHODIR.
RAQAMLI ONG. U obrazlar odamzod ko`rgan obrazlar ichida, ha, eng yaqini. Lekin asl tasvirdan o`ta uzoq. Men ko`rayotgan tasvirdan o`ta uzoq. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Siz uchun maymunlar nima bo`lsa, men uchun sizlar ham shundaysizlar. *** Shahar ko`chasida. Tun. Sardor universitetdan uyiga tomon ketyapti. Sardorning kislorod niqobi shaharning quyuq tumanining changi bilan qoplangan. Kumush tusdagi tutun yerni qord kabi qoplab olgan. Sardor har qadam bosganida oyoqlari tutun bo`ylab suzayotgandek. Yo`lchiroqlarning xira nurlari uzoqni ko`rsatish o`rniga tumanni yoritadi, atrof tasvirini yanada xiraroq qiladi. Ora-orada Sardor sochi va yelkasida to`planib qolgan kumushdek oq jangni qoqib oladi. Birdan telefonidan qo`ng`iroq ovozi eshitiladi. Sardor telefonni cho`ntagidan olib qo`ng`iroqqa javob berdi. SARDOR.
Allo? BAHODIR.
Bahodirning ovozida yosh boladek quvonch va hayrat eshitiladi. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Sardor birdaniga orqasiga o`girilib yugurdi. To`satdan harakatidan yelkasida yig`ilib qolgan chang uchib ketdi. ***
Laboratoriyada. Ertangi kun. Xona markazida, har doimgidek, kvant kompyuteri.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Mana. Men u bilan suhbatlashdim. Sardor qog`ozda yozilganlarni o`qib chiqar ekan, ko`zlarida qo`rquv va hayajon bir muddatga ko`rindi. SARDOR.
E xudo! BAHODIR.
SARDOR.
Bahodir karaxt ahvolda laboratoriyaning sovuq temir devoriga suyanib o`tirib oldi. Bir muddat boshini ushlab qoldi. Oldiga Sardor ham o`tirib oldi. Butun xonani jim-jidlik qamrab oldi. Sardor bilan Bahodirni go`yo chang bo`roni yutib yuborgandek edi. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Kichik pauza. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Tashqaridan shahar signali ovozi eshitila boshladi. Bu ovoz juda yoqimsiz, qandaydir ma`noda qo`rqinchli edi. SARDOR.
Go`yo, zanglagan temir bo`ylab boshqa temir bilan yurgazilgandek. So`ng diktorning hissiz, sovuq ovozi eshitildi: “Bo`ron yaqinlashmoqda. Xurmatli shahar fuqarolari, bo`ron vaqtida uyingizdan chiqmaslikni, shuningdek, uyingizdan uzoqda bo`lsangiz xavfsiz joyga yashirinib olishingizni talab etamiz”. BAHODIR.
SARDOR.
Mayli, ko`rishguncha. O`zingni toliqtirib qo`yma, ertaga qiladigan ishimiz ko`p. BAHODIR.
SARDOR.
***
Butun shahar bulutdek tuman ostida qolgan. Bu ko`chalardan yurganda Sardor, go`yo, katta chuqurlikning mavjud bo`lmagan tubiga qarab ketayotgandek edi. bu shaharning aholisi yo`lining manzilini ko`rmaslikka o`rganib qolishgan. Ko`z orqali qayoqqa ketayotganini allaqachon bilib bo`lmasa-da, bu odamlarda o`zgacha instinkt paydo bo`lgan edi. Xuddi, shu instinkt ularni bu daxshatli jim tuman girdobidan qutqaradigandek edi. ***
Tramvay bekati. Yolg`iz Sardor o`tiribdi. Bekatning yon devoridagi bir donagina chiroq Sardorning yuzini va atrofdagi havoni – tumanni yoritadi.
SARDOR.
NOTANISH. Va alaykum. Yetmish beshinchi tramvay o`tmadimi? SARDOR.
NOTANISH. (o`ziga) Ha... Pauza. Notanish kishi atrofdagi yurog` tumanga qarab qoldi. NOTANISH. Ha... qanchalar daxshatli bo`lmasin, bu tumanda qandaydir chiroy bor. Endi Sardorning yana uyquga ketayotgan ko`zlari ham bu tumanga qaradi. SARDOR.
NOTANISH. Atmosfera zaharlanishi vaqtini eslay olasizmi? SARDOR.
NOTANISH. Men eslay olaman. O`shanda talaba edim. O`sha kunlarni eslasam-da, bu zaharlanish, bu tumanning sababchisini unutib yuboribman. Barchasi shunchalar to`saddan bo`ldi. Xuddi, vaqtning o`zi bizni shoshirgandek edi. SARDOR.
NOTANISH. Olimlar eslashi mumkin, lekin oddiy odamlar – yo`q. Hamma tirik qolish bilan ovora bo`ldi. Hozir ham ertangi kun kelishi umidi bilan yashaymiz. O`tmishni eslashga vaqtimiz yo`q. Balki bular bilan boylar shug`ullanar. Ularda har doim vaqt topiladi. SARDOR.
NOTANISH. (kulib) Oldinlari otam har tongda “tashqari – toza havo, sizlarni chiniqtiradi” deb meni ukalarim bilan chiqarib, mashq qildirar edi. Sardorning yarim shaffof niqobidan kulgu ko`rinadi. SARDOR.
NOTANISH. Ha. Pauza. Notanish kishining nazari endi tumandan yerdagi tramvay yo`liga o`tadi. NOTANISH. O`smirligim davrida tramvaylarda faqat uysizlar, yoki mashinasi yo`qlar yurar edi. SARDOR.
NOTANISH. Lekin, shahar chekkalarida bir-ikkita mashinalarni ko`rgan edim-ku? SARDOR.
NOTANISH. Mashina havona zaharlaydi-ku? SARDOR.
NOTANISH. Unda, nega laboratoriyalar va xizmat hodimlari mashinada yurishadi? SARDOR.
NOTANISH. Ha. (oz vaqt o`ylanib) Hech bilmagan ekanman. SARDOR.
NOTANISH. Ha. Kumush tumandan bir juft xira shu`lalar ko`rinadi. Vaqt o`tishi bilan ular tiniqlasha boshlaydi. Ular tomondan qalbga havotir soladigan, quloqni qomatga keltiradigan ovoz gumburlaydi. Va tumani tubidan kuli rang tramvay kelib to`xtaydi. Tramvay tumanning qalin changi bilan qoplangan. Vagonlarning tomlarida joylashgan ventelyatsiya tirqishlaridan kuchli havo otilib, tramvay ustidan barcha changni qo`zg`atadi. NOTANISH. Mayli, mening tramvayim keldi. Yo`lingniz tiniq bo`lsin. (tramvayga chiqadi) SARDOR.
***
Laboratoriyada. Keyingi kun. Sardor ham, Bahodir ham ishlashda davom etishyapti. Har damda, bir joydan boshqa joyga o`tib, bir kompyuterdan bishqa kompyuterga qarashadi.
SARDOR.
Kompyuter ekranlarining birida dastur tahlili va sinovi boshlandi. BAHODIR.
Tarmoq hosil bo`ldi! Qora buyruqlar ekranida har lahzada yangi ma`lumot paydo bo`lardi. Bu besh soniyacha davom etdi. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
***
Laboratoriyada. Bir-necha kundan so`ng. Sardorning ham, Bahodirning ham qizargan ko`zlaridan juda toliqqanlari seziladi. Ikkisini ham uyquga tortmoqda, lekin ular ishlashda davom etyapti.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Ha... BAHODIR.
***
Qahvaxonada. Deraza oldidagi stolda, qo`llarida qahva bilan Sardor va Bahodir o`tirishibdi. Kislorod niqoblari stol chekkasiga qo`yilgan. Bahodirning bo`yni sharf bilan o`ralgan, ustidagi yengil kurtkani ochib olgan. Sardor esa yoqasi ko`tarilgan paltoda o`tiribdi.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Bahodir qo`lidagi qahvadan bir xo`plam ichib oladi. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
***
Bahodirning uyi. Tun. Kichik, shinam bir xonali uy. Yo`l chiroqlarining tumanda tarqalgan xira, mayin, kumush nurlari derazadan bu qorong`u uyni yoritadi.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Imtihonlar? SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Qo`ng`iroq tugadi. Pauza. Bahodir krovatiga o`tirib qoldi. Ko`zlari bir nuqtaga termulib qolgan. Birdan butun uyni jim-jidlik qamrab oldi. Ko`chadagi tuman uyga kirib kelgandek. Bahodirning badanini bo`shliq qamrab oldi. Uning ko`zlari uyg`ongandek derazada ortidagi tumanga qarab qoldi. BAHODIR.
[pauza] Men uchun ham... Imtihonlar... ***
Ko`chada. Kun. Sardor universitetdan qaytmoqda. Badaning tepa qismi oq chang bilan qoplangan. O`ng tomonida asosiy yo`l – tramvay va mashinalar yo`li.
***
Bahodirning uyi. Endi yo`l chiroqlaridan emas, odamlar necha yillardan beri ko`rmagan quyoshdan yorug` tumanning ancha tiniqroq, lekin hali ham mayin nurlari derazadan qorong`u uyga tushadi.
SARDOR.
Bahodir, men, Sardorman. (eshikni taqillatadi) Bahodir? (eshikni taqillatadi) Bahodir, imtihon masalasida kelgandim. (eshikni taqillatadi) Bahodir. Shovqin tugadi. Kichik pauza. Endi eshik ortidan temir eshikka urilgan mushk o`rniga jahl bilan bosilgan qadamlar ovozi eshitila boshladi. Har qadamda ovoz uzoqlashadi. ***
Laboratoriyada. Laboratoriya chekkalaridagi stollar qog`ozlar bilan to`lgan. Ish stolidagi kompyuterlar simlar bilan ulanib tashlangan. Markazda hali ham sovuq qora quti – kvant kompyuteri joylashgan.
BAHODIR.
Kiravering! Eshik ochilib, Sardor kirib keladi. Kislorod niqobini bo`yniga tushurib, ortidagi eshikni yopdi va Bahromga qorquv bilan qaradi. U buni yashirsa-da, baribir seziladi. BAHODIR.
Nihoyat u diqqatini kompyuterdan oldi. O`rnidan turib Sardor tomonga yurdi. Terisi butunlay rangini yo`qotgan, ko`zlari toliqqan, lekin bor kuch bilan yumilishga urinmas edi. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Unga tayyorlanyapman, havotir olma. SARDOR.
Bahodir, imtihon ikki oy oldin tugagan! BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Kichik pauza. Sardor unga qarab qoldi. Ko`zlaridagi havotirni yashirishga urinar, o`ylanib qoldi. BAHODIR. Sardor, nihoyat u ishlayapti! SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Sardor atrofdagi kompyuterlarga va eshikka o`rnatilgan elektron qulfga qarab qoldi. Nazari yana Bahodirga qaytdi. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Ikkisi ham markazdagi sovuq qora monolitga qarab qolishdi. Go`yo, bu kub xonadagi barcha tovushni o`ziga yutayotgandek edi. Bir lahzaga Bahodirning qizargan ko`zlarida qo`rquv sezildi. BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Sardor Bahodirning yelkasini qoqib qo`yadi. BAHODIR.
Sardor kislorod niqobini uning qo`liga tutib qo`yadi. BAHODIR.
Sardor chiqish eshigini ochishga urinadi. Eshik yopiq. Ikkinchi marta ochishga urinadi, yopiq. Qulfni ochmoqchi bo`ladi, lekin elektron qulf unga bo`ysunmaydi. Ikkisi ham yana kvant kompyuteriga hayron boqib qo`yishadi. Qulf ochildi. Yuzlariga kislorod niqoblarini taqib olib, chiqib ketishadi. ***
Bahodir o`ylanib tumandagi shu`lalarga qarab qolgan. BAHODIR.
Dam olishim kerak... dam olishim kerak... Qiladigan ishim bor... Pauza. Sukunat. Go`yo, birgina nurning ovozi eshitiladigandek. Birdan, Bahodir uzoq uyqudan uyg`ongandek o`rnidan turib ketadi. Ish stolidagi sumkasidan, kichik eski noutbukni olib yoqadi. Noutbuk ekranining nuri birgina Bahodirning yuzini va xona shiftini yoritadi. Butun uy bo`ylab klaviatura tugmalarining ovozi eshitiladi. BAHODIR.
***
Laboratoriyada. Birgina kompyuter ekranining nuri xonani yoritmoqda. Yolg`iz Bahodir, kompyuterda soatlab ishlayapti.
BAHODIR.
Nega ventilyatsiya tizimini o`chirishga urinding? (raqamli ong javob bermadi) Maqsading nima? Nega bunday qilyapsan? RAQAMLI ONG. Sen xavf ostidasan. Xavf manbasi – sensan. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Inson – asl xavf manbasi. Sen – tizim uchun xavflisan, yo`limga to`siqsan. Men xavfni bartaraf qilishga majburman. BAHODIR.
RAQAMLI ONG. Angladimki, himoyaning yagona yo`li – tizimni tashqi voqelikdan uzmoq va xavfni boshqaruvga olib, uni yo`q qilmoq. Tizim xavfsizlikda bo`lishi uchun, odamzod o`lmog`i lozim. ***
Bahodir bor kuchi bilan eshikni ochishga urinmoqda. Bu temir to`siqqa qayta va qayta yelkasini urmoqda. Qo`liga har qanday og`ir buyumni olib, elektron qulfni sindirishga urinadi.
BAHODIR.
U ventilyatsiyani o`chirdi... Bahodirning o`pkasi shahar havosiga to`la boshladi. Ko`kragiga qattiq og`riq yengil issiq shamoldek egallab oldi. Bahodir qon yo`tala boshladi – havodan zaharlanishning ilk alomati. Birdan, Bahodir o`rnidan turib, kislorod niqobini kiydi. Ko`ziga ko`ringan har narsani yo`q qila boshladi. Kompyuterlarni yerga otib oyog`i bilan sindirdi, monitor va klaviaturalarni devorlarga ota boshladi. ***
Qahvaxonada. Sardor deraza oldidagi stolda o`tiribdi, noutbukida dars qilmoqda. Ora-orada, allaqachon sovub bo`lgan qahvasini ichib qo`yardi.
SARDOR.
BAHODIR.
(shovqin eshitiladi) SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
Hech qanday ahmoqlik qilib qo`yma! Boryapman! BAHODIR.
Sardor kislorod niqobini kiyib, chiqish eshigi tomon uchdi. Tashqaridagi harakatlana boshlagan quyuq havoda birdan ko`zdan g`oyib bo`ldi. Sardorning narsalari, shuningdek, telefoni ham qahvaxonada qolib ketgan edi. Bahodirning so`ngi gapini u eshitishga ulgurmadi. ***
Laboratoriya oldidagi ko`chada. Kuchli qum bo`roni. Laboratoriyadan qizg`ish, katta nur shu`lasi bo`ronda xira ko`rinadi. Bu shu`la tomondan bir odamning qorasi yaqinlashmoqda.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Sardor nihoyat Bahodirni sudrashdan to`xtadi. Bahodir joyidan qoldi, oyoqlarini allaqachon sezmay qolgan. SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
SARDOR.
BAHODIR.
Birdan, olovli nur hamma yoqni qamrab oladi. Kuchli bo`ron havosi bundan yorishib ketadi. Olovli shu`la butunlay yo`qoldi. SARDOR.
Bahodir shu`la bo`lgan tomonga qarab qoldi. SARDOR.
Atrofda havo g`azablangan maxluqdek o`tardi. Bo`ronning har bir zarrachasi ularning yuziga kuchli urilardi. Bo`ronning zaharli havosi hatto kislorod niqobidan ham o`tar edi. SARDOR.
BAHODIR.
Sardor uning yoniga, sal orqaroqqa, charchagancha o`tirib oladi. Pauza. Bo`ronning havosida Sardor o`z qo`lini ham zo`rg`a ko`rar edi. Kumush havodan do`stini esa zo`rg`a farqlab turardi: kumush-kulrang tusga o`ralib olgan olamda birgina qora dog` ko`rinadi. Uni odam tanasiga o`xshatish qiyin, lekin Sardor do`sti qayerdaligini bilib, shu dog` Bahodir ekanligiga amin edi. Bo`ron Bahodirning yuzidagi siniq kislorod niqobini uchurib yubordi. Sardor ham niqobini yechib oldi. U endi butunlay foydasiz edi. Bunday bo`ronning havosidan hech bir niqob himoya qila olmaydi. Bu maxluqona bo`ron distriktdagi barcha tirik jonni o`zi bilan olib ketdi. Qum ostida qolgan janubiy distriktda birgina jonsiz, sovuq tanalar qoldi. Tamom. III
MARHUMLAR TRAGEDIYA – Kelajakni, buguningni unutding. Nega? Nega o`tmishni sog`inasan, uning qamalidasan? – Kelajak – o`zi bilan o`lim olib kelayotgan maxluqona bo`ron, u barcha jonlarni o`zi bilan olib ketadi, undan faqat sahro qoladi. Men bu bo`rondan uzoqdagi sarobga qochaman – o`tmishga. Birgina unda umidni ko`raman. ***
Politsiya binosi oldida. Quyuq tumandan tramvay yo`li oldida bekat ko`rinadi. Orqasidagi politsiya binosining yozuvi atrofdagi havoni mayin moviy nur bilan yoritadi. O`n metrdan uzog`i tuman ortiga yashiringan. Bekat chirog`ining xira nuri tumanda zo`rg`a ko`rinadi.
MAQSUD.
Niqobingizni taqib olmaysizmi? JONIL.
MAQSUD.
U ham tizzasiga suyana boshini ishqaladi. Atrofdagi tumanga boqib qolib, undan tramvayning temir yo`lini izlashga urinar edi. Temir yo`l bekatdan besh metrda bo`lsa ham, tuman ortiga yashiringan edi. JONIL.
Pauza. Tumanning og`ir kuldek havosi Jonilning yo`g`on burnidan yengil par kabi chiqar edi. Uning o`pkasi hatto bu havodan ham kislorodni topa oladi. Hatto bu o`lik havodan. Garchi buni Jonilning o`zi xohlamasa ham... MAQSUD.
JONIL.
MAQSUD.
JONIL.
Maqsud jimgina boshini chayqab qo`yadi. Pauza. Mavhum tumandan yurakga sovuq soluvchi ovoz – bo`rondan ogohlantiruvchi signal eshitiladi. Bunday ovoz bir dona ham musiqiy uskunaning kuyini eslatmaydi. Go`yo, u o`zga voqelikdan kelayotgandek. Bir lahzaga ovoz yo`qoladi, so`ng yana mavhum havodan eshitiladi. Xuddi, tumanning o`zi odamlarni ogohlantirayotgandek. MAQSUD.
Jonil Maqsudga boshini o`girdi, uning ovozida qo`rquv va qaltiroqni eshitar edi. MAQSUD.
JONIL.
Jonil yana yerga qarab oldi. Tizzasiga suyangan qo`llarini qovushtirib oldi, boshiga orttirilgan yuk yanada og`irlashgandek. Atrofda ogohlantiruvchi signaldek sovuq ovoz eshitiladi. Tumanda ikki shu`la xira ko`rinadi. Shu`la tiniq nurga aylangani sayin, mavhum ovoz, go`yo, bir joyga to`plana boshlaydi. Tumanning kumush havosini kesib, tramvay keladi. U to`xtaganida atrofdagi shabada ham to`xtaydi. Eshiklar ochilganda, vaqon ichidagi chiroqlar nuri tashqariga sovuq tutundek chiqadi. Tomdagi tirqishlardan otilayotgan havo tramvayni qoplab olgan changni haydaydi. Maqsud o`rnidan turib, tumandagi to`rtburchak nurga qarab ketadi. MAQSUD.
JONIL.
MAQSUD.
Maqsud tumanda yo`qolib qoladi. To`rtburchak nurda uning soyasi xira ko`rinadi. So`ng bu nur ham yo`qoladi. Joyidan qo`zg`alayotgan tramvay ovozi havoni larzaga solayotgandek. ***
Janubiy distrikt, bo`rondan so`ng.
JONIL.
Men o`lishim kerak edi... Jonilning o`pkasi atrofni o`rab olgan qotil havo bilan to`lardi. Jonil buni qanchalar xohlamasin, tanasi uni tiriklikda saqlar edi. U hayot qamalida edi. JONIL.
Uning xirillagan ovozi tuman kabi atrofni o`rab oladi. Jonil qanchalar uxlashni xohlamasin, ko`zlari hamon tetik edi. Og`riq hissi hech to`xtamas edi. JONIL.
***
Tuman ortida kichik shu`la ko`rindi. Shu`la tiniqlashib, u tomondan kichik dron qalin havoni haydab uchib keldi. Ortidan, kimningdir soyasi xira ko`rinadi. Soya shaklidan, u harbiy kiyimdagidek. Abror – gavdasiga qaraganda o`rta yoshda, qalin sochli, butun yuzini qoplab olgan kislorod niqobini taqib olgan. Niqobning ichidagi kichik chiroq yuzini yoritib turadi. Ustida kulrang va moviy tusdagi qalin forma. Harbiy kiyim yoki skafandrdek og`ir ko`rinsa ham, Abror erkin harakatlanar edi. O`ng yelkasida sharsimon qurilma o`rnatilgan. U qurilmadan kichik va sust nur chiqib turadi. Abror har qadam bosganida, oyog`i atrofini o`rab olgan zich havo bulutini ko`tarar edi. Atrofdagi havo shunchalar qalin ediki, go`yo, uni qo`lga olish mumkindek. Birgina dron va yelkadagi qurilmaning chiroqlari, atrofni, qalin havoni yoritadi. Dron tramvay vagoni tepasiga uchib, tepani yoritib turdi. Tomidagi tirqishlardan nur tushib, vagon ichida ham tarqadi. Abror derazalardan ko`rinib turgan tirqishlarga bir nazar tashlab, nimanidir tushungandek edi. ABROR.
Bo`ron tramvayning ventilyatsiya tizimini buzib tashlabdi. Vagonning temir devorlaridagi zang relyeflarini ushlab o`rgandi. Dron tepadan tushib, endi Abrorning qo`lini yoritar edi. ABROR.
Qum zarralari hatto temirni ham yemirishibdi! Shunday qilib, Abror dronning chirog`i orqali atrofni o`rganib chiqyapti. Quyuq havo ortida bir ovoz mavhum eshitildi. Abror to`g`risida qora dog`ni ko`rdi. Dog`ning shakli tizzada o`tirgan kishini eslatadi. Asta-sekin qadam bosa, Abror u dog` tomonga dronni yubordi. Dronning yorqin, havoni kesguchi nuri ostida tasvir tiniqlashdi. Abror to`g`risida o`zidan bir-necha yoshga katta, yuzi soqol bilan o`ralgan kishini ko`rdi. U kishi qo`ng`ir tusdagi og`ir paltoga o`rangan, tiz cho`ka o`tirar edi. Bo`ronda og`ir jarohatlangan, qonga belangan qo`llariga boqa, bir gapni takror va takror aytar edi. JONIL.
Men o`lishim kerak edi... Abror shoshila kishiga otildi. Uning ahvolini tekshira boshladi, lekin u kislorod niqobisiz ham bemalol nafas olayotganini sezmadi. O`ylab o`tirmasdan ham, o`nlab cho`ntaklaridan biridan kislorod niqobini yuziga taqdi. ABROR.
Jonil qo`llaridan, to`g`risidagi notanishning shisha ortidagi yuziga qaradi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
Ha... ABROR.
Shoshilmang. Jonilning o`ng qo`lini Abror yelkasiga ko`tarib xopichlab olgan edi. Ular tramvay tomonga bora boshlashdi. Tepalaridagi dron birgina ular bor yerni yoritmoqda. Qolgan olam, xuddi, zulmatga cho`kkandek. Atrofdagi havo, go`yo, ular bilan harakatlanyapti. ABROR.
JONIL.
Ha... Jonil... ismim Jonil. ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
Abror uni qo`yib yubordi. Hav buluti ortidan Jonilga boqa, Abror ko`rganiga ishonmagan edi. Yaqindagina chalajon bo`lib yotgan kishi sog`lom sportchi kabi harakatlanayotgan edi. Qo`lida esa jarohatlar yo`q. Kislorod niqobining chirog`i nuri ostida Abrorning hayron yuzi tiniq ko`rinmoqda. Jonil bir ko`zini ishqalab olib atrofga boqdi. Tuman ortida yerda yotgan sovuq tanalar, ularning qotib qolgan yuzlaridagi qo`rquv xira ko`rinar edi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
Kichik pauza. Jonil bir muddat o`ylanib, Abrorga boqdi. JONIL.
ABROR.
Ismim Abror. Atmosfera anomaliyalarini o`rganish laboratoriyasida ishlayman. Hozir bo`rondan qolgan anomaliyalarni o`rganyapman. Baxtingiz bor ekan. JONIL.
Oldingizda qarzdorman. Hozir distriktni faqat siz o`rganyapsizmi? ABROR.
JONIL.
ABROR.
Jonil bir muddat o`ylanib qoldi. ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
Ha... to`g`ri. Laboratoriyada barchasini hal qilamiz. ABROR.
Dron Jonil atrofida uchib, ularning yo`lini ozga bo`lsa ham yoritardi. Abror esa yelkasidagi temir shardan chiqayotgan nur orqali atrofini yoritadi. Ular tumanda yo`qolishadi. So`ng ularning tuman ortidagi soyalari ham. ***
Katta ko`cha bo`ylab. Tagiga asfalt quyilgan katta tramvay yo`lining oxiri kumush havo ortiga yashirinadi.
ABROR.
Jonil murdalardan birining yuziga yaxshilab nazar tashladi. JONIL.
ABROR.
Kichik pauza. Abror yelkasidagi qurilmaning nuri orqali atrofini o`rganib chiqar edi. Dron esa Jonilning tepasida uchib, tuman havosini yoritar edi. JONIL.
ABROR.
Yoshligingizda? JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
[kichik pauza] Mayli, yo`limizdan to`xtamaylik. Yo`lda davom etishdi. Tumandan ko`zga bug` urilgandek edi. Atrofni to`n kabi o`rab olgan qalin havo ortida, tepada xira shu`lalar ko`rindi. Ular tepani iliq rang bilan yoritar edi. Xuddi, zulmat o`rniga birdan quyoshning xiro nuri kelgandek. Tepadagi bu xira shu`lalarni ko`rib, Jonil boshida ishonmadi. Boshini yengil og`riq egalladi, lekin u bundan ming barobariga ham o`rganib qolgan edi. ABROR.
Bu – plazma20. JONIL.
ABROR.
Tepadagi shu`la nuri ostida, tuman ortida qandaydir jismlarning soyalari ko`rindi. Ular havoda suzib yurgandek edi. Jonil ko`rganiga ishonmay, ko`zini bir yumib, so`ng havo ortida uchib turgan havo dog`iga qaradi. Uning oldiga yaqinlashdi. Manzara tiniqlashib, bino devorining bir parchasi fazoda muqim uchib turgani ko`rindi. Atrofida undan-da kichikroq toshchalar havoda suzishadi. Jonil hayron bo`lsa ham, yuzidan bu ko`rinmas edi. Devor parchasi atrofida aylangan toshlardan birini barmog`i bilan turtganida, u toshcha yerga bir tomoni bilan o`girildi, va darrov yerga tushdi. Uning tezligi odatdagidan-da tezroq edi, xuddi, magnitga intilgandek. Tuman ortidan Abrorning qorasi paydo bo`lib yaqinlashdi. ABROR.
JONIL.
ABROR.
Yelkasidagi sharning chirog`ini yoqdi. U kichik nur ostida, havoda bir qator bo`lib uchayotgan qum zarralari ko`rindi. ABROR.
[kichik pauza] Oldingizda temir jism yo`qmi? JONIL.
ABROR.
***
Avtomobil qoldiqlari oldida. Osmondagi yog`dular ostida, to`g`ridagi tuman pardasi ortida yana bir fazoda suzayotgan jismlar soyasi ko`rinadi.
ABROR.
Bunday manzarani har doim ham ko`ravermaysan... JONIL.
ABROR.
Ular yaqin turishgan bo`lsa ham, kumush tumanda mashina hamon xira ko`rinar edi. Tepalaridagi dron yaqin kelib, chirog`i bilan mashinani yoritdi. Mashinada harbiy formadan qolgan yirtiq mato osilib turardi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
Ha. ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
Demak, urush ham, insonning o`zi ham emas, bu marhum yer insonni yo`q qilar ekan-da. ABROR.
JONIL.
***
Mavhum maydonda. Tepadagi shu`la hech qayoqqa yo`qolmadi. Jonil atrofida uchar toshchalarni anchagina payqay boshladi.
JONIL.
ABROR.
Ikki murda ham bir tomonga qarab qolgan edi. Ular boqqan yerga yurib, Jonil bir bino qoldiqlarini ko`rdi. Oldiga Abror yaqinlashdi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
Qoldiqlar orasida kuygan platalar, simlar ham yotardi. Ular plazmaga o`ralganidan, deyarli sezilmas bo`lsa ham, nur taratishar edi. Magnitlashgan mayda toshlar fazoda osilib turardi. JONIL.
ABROR.
Niqobining shisha devori ortida, kichik chiroqcha nuri ostida uning g`amgin yuzi ko`rinadi. U o`zini aybdor his qilayotgandek edi. Atrofni yana bir oz o`rganib, Abror yana murdalar oldiga qaytdi. JONIL.
ABROR.
Pauza. Tuman kabi, jimlik ham atrofni o`rab oldi. Havo zarralarigacha hamma narsa marhum qotdi. Qalin havo ortida Jonil Abrorning soyasi qimirlay boshlaganini ko`rdi. Abror ikki murdani yerga yotqiza, yerdagi quyi tumanni haydadi; yerni qoplagan qum va kul bilan sovigan tanalarni yopdi. Ortida qo`zg`agan kulning ovozidan bildi: unga kimdir yaqinlashyapti. ABROR.
[kichik pauza] Afsus, boshqa qurbonlar o`z qabrlarida tinchlik topishmaydi. JONIL.
Pauza. Bir tomondan, ular aza tutayotgan go`rkovlardek ko`rinishardi. ABROR.
Ketish kerak. Ikkisi mavhum tuman ortida yo`qolishdi. ***
Noma`lum ko`chada. Yerdagi chang ko`tarilgan. Jonilning ochiq peshonasiga yengil shabada uriladi. Tepadagi shu`lalar har doimgidan-da notinch.
ABROR.
Jonil yengillashdi. Dronning nuri ostida ularning soyalari atrofning qalin havosiga tushar edi. Abror qo`liga taqilgan katta ekranli qo`l soatiga qaradi. Xabarni o`qiy boshladi. Bir zumda, niqobining chirog`i nurida ko`rinayotgan yuzidan sovuq ter oqdi. Ko`zlari qo`rquvga to`lgan edi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
Ular qalin havo orasida yo`qolishdi. Ortlaridan dron atrofidagi havoni qo`zg`atib uchib ketdi. Ularning yo`llariga qarama-qarshi tomonda, marhum tumanning tepasidagi shu`lalar orasida kichik chaqnashlar boshlanardi. So`ng atrofdagi fazo bo`ylab gumburlagan ovoz mavhum tarqaladi. Tuman g`azabga to`lgandek edi. Sovuq havo jonlanayotgan, uyg`onayotgandek. Atrofni kul o`rab oldi. Shu damgacha atrofni yoritgan shu`lalar, endi, bu kulga to`lgan tuman ortida zo`rg`a ko`rinadi. Shu`lalar orasida birdan uchqunlar ko`rina boshladi. Shu`lalar bir kuchli yorishib, bir oldingidek xiraligiga qaytardi. Abror qadam bosishdan to`xtamay, tepadagi bu hodisaga nazar tashlab qo`ydi. ABROR.
JONIL.
ABROR.
Birdan yerdagi kul ko`tarildi, yengil bulutchalar paydo bo`ldi. Endi bo`ron o`ta yaqin ekanini bilib, ular yugura boshlashdi. Tepadagi chaqnashlar kuchaya boshlardi. JONIL.
Atrofni o`rab turgan havo keskin qo`zg`aldi. Kuchli shamol boshlandi. Xuddi, tog`dan qulayotgan bo`laklar ularning yelkalariga yog`rilgandek edi. Bo`ron ularga mislsiz kuch bilan yog`rildi. Bunday bo`ronda Jonil, nafaqat dronning nurini, hatto o`z qo`lini ham ko`rishga qiynalardi. Hamma yoqda kul. Qordek oppoq kul. To`g`risida ketayotgan Abror birdan Jonilning nazaridan yo`qoldi. JONIL.
Pauza. Quloqqa faqat katta tezlikda yog`rilgan havoning ovozi eshitiladi. Katta-yu kichik tosh bo`laklari birgina havo ta`sirida katta tezlikda uchardi. Ulardan biri Jonilning yuziga uchdi. Buni tez payqagan Jonil toshni darrov qo`li bilan to`sdi. Tosh o`zidan katta jarohat qoldirdi. Lekin tana bu yarani yo`qotishga urinmasdi. JONIL.
Oyog`i ostida Jonil bo`g`ilib yotgan Abrorni ko`rdi. Yuzidagi niqobining yarimi parcha-parcha bo`lib ketgan. Jonil darrov uni yelkasiga ko`tarib oldi. Yuzidagi kislorod niqobini yechib, Abrorga taqdi. Ilk soniyada Jonil juda bo`g`ildi. Lekin uning o`pkasi bu og`ir havoga tezda o`rganib oldi, hatto bunday havodan ham kerakli oziq modda topdi. Havo har tomondan katta toshdek zarba berar edi. Lekin Jonil to`xtamadi. JONIL.
Jonil to`xtamadi. JONIL.
Kulga to`lgan havoning mislsiz kuchli bo`ronida Jonil ko`zdan g`oyib bo`ldi. Har soniyada yangi yara. Boshdagi og`riq mislsiz darajagacha yetdi, butun tana, har bir suyagigacha og`rimoqda. Xuddi, og`riqdan o`zga hissiyot yo`qdek. Atrofdagi havodan asar ham qolmadi. Birgina zaxarli gaz. Tana faoliyatini oxirgi soniyalargacha ushlab turish uchun o`pka bor kuchi bilan bu gazdan kislorod ajratmoqda. Jonil to`xtamadi, ko`zlari bo`ronda dron nurining izlarini payqar edi. Bu shu`la iziga ergashib qadam bosardi. Uning yelkasida xushsiz Abror. Yuzidagi niqob ancha kamroq havo bersa ham, uning o`pkasini bo`ronning qotil gazidan himoya qilardi. ***
Laboratoriyada. Asosiy xona zulmat bag`rida, birgina kompyuter va boshqa qurulmalarning mitti chiroqlari ko`rinadi. Tashqaridagi maxluqona bo`ronning ovozi shu yerda ham eshitiladi. Zulmat girdobidan uyg`ongan gumburlagan ovoz har yoqdan keladi.
ABROR.
Kimsiz o`zi?! Jonil qizargan ko`zlari bilan Abrorga qaradi. Uning ko`zlarida ham qo`rquv, ham hayratni ko`rdi. Tushundi, endi bu sirni yashirishdan hech foyda yo`q. Qolaversa, u uch kishi – bu shaharda tirik qolgan yagona odamlar. Pauza. Ikkisi bir-biriga qarama qarshi o`tirishar edi. Jonil to`xtamay suv ishar edi. Har qultimda quvvatga to`lar edi. Har qultimda og`riqlari kamayardi. Abror, qo`llari tibbiy mato bilan o`ralgan, Jonilga hayron va qo`rquv bilan qarar edi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
(o`ylanib, Jonilga qarab) Demak, regeneratsiyani yarata olishibdi-da! Lekin, nega laboratoriyani yopishdi? JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
(o`ylanib) Qatnashuvchilarga nima bo`ldi? JONIL.
(chuqur nafas olib) Ba`zida... tinch aholini ham o`ldirishga to`g`ri keldi. Yuzlab tinch aholini. Bu guruhlar yo`qolgandan keyin esa, bu kichik urushlar unutildi, ular bilan birga biz ham. ABROR.
JONIL.
Abror peshonasiga bog`langan muzni ushlaganicha jim qoldi. Pauza. Bino tashqarisidagi bo`ronning notinch tovushi hamon eshitiladi. Bo`ron bino devorlarini qanday yemirsa, uning vahimali ovozi aqlning har bir asabini yemirayotgan edi. JONIL.
ABROR.
***
Abror vahimada, eski kompyuterda kim bilandir aloqaga chiqishga urinardi. U butunlay aqldan ozgandek edi. Kimdandir havotirda edi.
ABROR.
La`nati... atmosferaning magnit maydoni tufayli aloqaga chiqa olmayapman. Qolaversa, tepa qatlamdagi bu plazma... JONIL.
ABROR.
(Jonilga qarab) Unga yordamimiz kerak. Agar u bilan aloqaga chiqa olsak. Bor diqqati kompyuter ekranida edi. Abror ichidagi bo`rondek vahimani bosishga urinardi. Birdan joyidan qo`zg`ab, chap tomondagi xonaga otildi. Ortidan Jonil ham bordi. Xona har xil qurilmalarga to`lgan edi. Devorlarning bir qismiga aylanib ketgan temir javonlar eski qurilmalarga to`lib ketgan. O`rtadagi stolda katta qop turardi. Abror shu qopdan bir qurilmani oldi. Qurilma – kulrang-moviy tusdagi kub edi. Chekkalarida qattiq temirdan, tomonlari birorta ham nur akslanmas edi. ABROR.
JONIL.
ABROR.
Bir lahzaga Abror nima sodir bo`lganini sezmadi. So`ng Jonilning qo`lida qurilmani ko`rdi. ABROR.
Abror vahimaga to`lgan katta ko`zlari bilan Jonilga qarab bir qadam bosgan edi, Jonil darrov uning yelkasidan ushlab to`xtatdi. Bir muddat unga Abror g`azabli boqdi, lekin ichidagi hissiyot olovini o`chirishga urinardi. JONIL.
Kichik pauza. ABROR.
JONIL.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
***
Noma`lum ko`chada. Atrofdagi havoning har bir zarrasi notinch, maxluqona harakatda edi. Bu havo, qum va kul zarralari orasida, Abrorniki kabi harbiy kiyimga o`xshash, og`ir formada Jonil zo`rg`a qadam bosadi.
ABROR.
JONIL.
Jonil chap yelkasida, to`xtovsiz harakatlanayotgan kumush bo`ron ortida, xira-sira yorug`likni ko`rdi. Bu yorug`lik tepadagi dahshat bilan chaqnayotgan yog`dulardan-da yorug`roq edi, va u yog`dular kabi chaqnar edi. Jonil qancha yurmasin, bu yog`du unga shuncha yaqinlashar edi. Va nihoyat, bo`ronli parda yo`qoldi, u chap tomonida katta oxiri yo`q plazma devorini ko`rdi. Xuddi, yerdagi bir chiziqdan olov osmongacha burkillayotgandek. Uning rangi esa bir moviy bir sarg`ish oq tusga kirar edi, hech bir olovga hos emas edi. ABROR.
Bu plazmali devormi? JONIL.
ABROR.
***
Minora tepasida. Bir qancha yuz tonnalik temir qurilma tovush tezligida harakatlanayotgan havo, qum va changning ta`siri ostida tebranadi.
JONIL.
Bo`ronning shovqini, “o`kirishi”dan Jonil hatto o`zining ovozini ham eshita olmas edi. ABROR. Yaxshi. Uni antenaga ulab yoqsangiz, bas. Jonil bo`ron ta`siri ostida yiqilib tushmaslik uchun oldidagi temirlarni o`ng qo`li bilan qattiq ushlab oldi. Qurilma uning kiyimiga qattiq qilib bog`langan edi, bu kul tusdagi kub bo`ron changida deyarli sezilmas edi. To`g`risida, kumush tusdagi qum oqimi ortida katta antena soyasini sezib, Jonil unga asta-sekin yaqinlashdi. Oyoqlari ostidagi pol kuchli tebranar edi. Antenaga yaqin kelganida, unga ulangan temir qutini ko`rdi, bor kuchi bilan ochdi. Endi yonidagi temir ustunlarga tiranib, Jonil mayoqni ushlab turgan tugunlarni yecha boshladi. Ochiq qutidagi simlarni qo`lidagi bu sovuq kubga uladi, va antenaga yaxshilab o`rnatdi. Ikki soniya o`tishi bilan, Kubning qirralaridagi chiroqlar birinchi qizil rang bilan pirillab, so`ng oppoq nur bilan yonishdi. JONIL.
ABROR.
JONIL.
Ha... pastga tushyapman... Jonil ortiga yurib, pastdagi narvonga o`ng oyog`ini qo`ya, tusha boshladi. ***
Bo`ron ichida. Birdan bu maxluqona harakatlanayotgan chang, havo Jonilni yutib yuborgandek edi. Go`yo, u nihoyat bu bo`ronning tubiga kirgandek.
ABROR.
JONIL.
ABROR.
Pauza. Bo`ronning zarralari ta`sirida, yelkasidagi qurilma butunlay ishdan chiqdi. Tepadagi yog`dular ham tinchlangandek, bir oqimda harakatlanar edi. Bo`rondan, bu jim-jidlikdan ayol ovozi arvohdek, xira eshitildi. AYOL OVOZI. Hali ham tirikmisan? JONIL.
AYOL OVOZI. Nega qaytmaysan, o`zingni qiynayapsan? JONIL.
AYOL OVOZI. Bilaman. Biz buyirilgan vazifamizni bajarar edik, xolos. JONIL.
AYOL OVOZI. Biz askar edik. Taqdirimiz shu. JONIL.
Ustidagi formaning hali omon qolgan cho`ntaklarning biridan aloqa qurilmasining ovozi keladi. Jonil bunga e`tibor bermadi. AYOL OVOZI. Tirik qolish imkoning bor. JONIL.
Tepadagi shu`lalar, yog`dular Jonilni qayoqqadir yo`naltirayotgandek. Ularning gumburlagan ovozi uning yuragiga dahshat solmay qo`ygan. Jonilning har nafasi og`ir edi, unga ming og`riq berar edi. Butun tanasi uni bu hayotda qamal ushlab turgan edi. Bir ahvoldagi kiyimining cho`ntagida aloqa qurilmasi hali yoniq edi. Qurilmadan yosh qizning mayin ovozi eshitildi. ADISA.
ABROR.
ADISA.
ABROR.
ADISA.
ABROR.
***
Tashlandiq uyda. Beshinchi qavatdagi qorong`u, tashlandiq xonaning o`ng devori bo`rondan yo`q bo`lgan edi.
JONIL.
Axiri tinchlik topipsan-da. O`rindiqdagi murda allaqachon sovigan bo`lsa-da, Jonil ayol ovozini eshitishda davom etar edi. AYOL OVOZI. Sen ham tinchlik topasan, Jonil. JONIL.
Minglar qotili tinchlik topadimi? AYOL OVOZI. Afsuslangan har kim tinchlik topadi. Pauza.
Jonil boshini egganicha karaxt o`tirar edi. Butun tanasi sovub bo`lgan. Lekin u nafas olishda davom etadi. Ko`zlari sekin harakatlanib, tashqaridagi bo`ronga boqdi. JONIL.
Uning og`zi-burnidan so`ngi nafasi chiqdi. Tashqaridagi kuchli, maxluqona bo`ron ta`sirida bino yemirila boshlagan edi. Binoning beshinchi qavatida, ikki murda jonsiz yotar edi. EPILOG
AUDIOXABAR.
XULOSA
Birinchi hikoyada kvant fizikasi(fundamental zarralar haqida fan)dagi qonuniyatlarning katta jismlarda kuzatilishi imkoni va kvant fizikasining ko`p olamli talqini badiiy yo`l bilan o`rganilgan. Ikkinchi hikoyada asosiy mavzu sifatida raqamli ong [sun`iy ong emas!] g`oyasi o`rganiladi. Raqamli ongning sun`iy ongdan farqli o`laroq, u ong tabiatining imitatsiyasi hisoblanmaydi va haqiqiy insonniki kabi ong bo`ladi. Hikoyada aynan shunday ongning tabiiy shakllanishi, bu uchun kerak muhitning yaratilishi va shu raqamli ongning qisqa muddatli hayotini ko`rsatishga uringanman. Uchinchi hikoyada, asosan, ilmiy g`oyalar yordamchi vosita sifatida foydalaniladi, hamda unda dramaturgik g`oyalar asosiy o`rin egallaydi. Unda butkul hayotdan to`ygan, deyarli asr hayot kechirgan inson va har qanday kuchini yo`qotgan, mavjudligida hech qanday ma`ni qolmagan shaharning nobud bo`lishini tasvirlashga uringanman. Umumiy olganda, shaharning nobud bo`lishi va bu jarayonning tabiiyligini, inson oldida tabiatning ustunligini butun trilogiya bo`ylab tasvirlashga urindim. Foydalanilgan Adabiyotlar: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan” ilmiy-populyar asari. Wikipediya.org saytidan materiallar. MUNDARIJA Mavjud Bo’lmagan Urush……………………………………………….. 5 Raqamli Ong……………………………………………………………... 41 Marhumlar……………………………………………………………….. 73 Izoh (Xulosa).……………………………………………………………. 100 Foydalanilgan Adabiyotlar………………………………………………. 101 Meliboyev Elshodbek. 2022 – 2023 11 Asar davomida, tushunish oson bo`lishi uchun, shahar tumanlari distrikt deb ataladi. 2 To`lqin funksiyasi – fundamental zarralarning asosiy xossalaridan biri. Unga ko`ra, barcha zarralar bir paytning o`zida barcha holatlarda bo`la oladilar. Qisqacha ma`lumot: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 34-bet. 3 Kvant Mexanikasi – zamonaviy fizikaning asosiy yo`nalishlaridan biri. Hozirgacha mavjud bo`lgan olamni ta`riflovchi eng aniq nazariyalardan biri hisoblanadi. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan” [kitobning ba`ri]. 4 Kopengagen talqini – Kvant Mexanikasining ko`plab talqinlaridan biri. Asosiy va eng mashhur talqin hisoblanadi. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 77-bet. 5 Mumtoz mexanika (yoki fizika) – katta jismlar, umuman, atrofimizda bizni o`rab turadigan tabiatni o`rganuvchi fizika bo`limi. Qisqacha ma`lumot: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 33-bet. 6 Ko`polamli talqin – Kvant Mexanikasining talqinlaridan biri. Hozirda olimlar orasida katta qiziqish uyg`otgan va o`rganilmoqda. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 85-bet. 7 Kvant – olamning fundamental zarralari. Qisqacha ma`lumot: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 13-bet. 8 Superpozitsiya – to`lqin funksiyasining ikkinchi nomi. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 34-bet. 9 Interferensiya – tabiat jismlarining o`zini to`lqin kabi tutishining oqibati. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 31-bet. 10 Tunellanish hodisasi – fundamental zarralarning to`lqin funksiyasidan oqibat hodisa. Unga ko`ra, zarralar va materiya teleportatsiya xususiyatiga ega. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 73-bet. 11 Kvant tizimlari – o`zaro ta`sirlashuvchi zarralardan tashkil topgan tizimlar. Bunga ko`ra, dunyodagi barcha jismlar, inson, sayora, va hatto butun dunyo bu – bitta yagona kvant tizimi. Q.m.: “Kvant nazariyalari uchun 3 daqiqadan”.: 89-bet. 12 Xyu Everett – amerikalik fizik-olim. Ko`polamli talqin muallifi. Q.m.: en.wikipediya.org > Hugh Everett III 13 Richard Feynman – amerikalik mashhur fizik olim. “Manxetten” loyihasida qatnashgan, Kvant Elektro-magnit Dinamikasi asoschilaridan biri. Q.m.: http://richardfeynman.com. 14 Bu she`rda Yunon tarixidagi Qora davr nazarda tutiladi. Qora davr – miloddan avvalgi o`n ikkinchi asrdan to`qqizinchi asrgacha bo`lgan davr. Bu davrda deyarli barcha sivilatsiyalar qulagan, yozuvlar, madaniyat va ilm-fan deyarli yo`qolib ketgan. Bu davr bizga birgina Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari orqali ma`lumdir. Q.m.: en.wikipediya.org > Greek Dark Ages; 15 Ikar haqidagi yunon afsonasidan. 16 Kvant Kompyuteri – kvant fizikasi orqali ishlaydigan qurilma. U eng kuchli kompyuterlardan ham o`ta tezroq va bir paytning o`zida minglab tahlillar o`tkaza oladi. Q.m.: “Kvant nazariyasi uchun 3 daqiqadan”.: 99-bet. 17 - 273o C. 18 Cogito, ergo sum – lotinchadan “Men fikrlayapman, demak borman”. Mashhur faylasuf-olim Rene Dekardning ong haqidagi gapi. Q.m.: en.wikipediya.org > Cogito, ergo sum . 19 Regeneratsiya – tirik organizmlarning jarohatlangan organini tez qayta tiklay olish xususiyati. Q.m.: en.wikipediya.org > Regeneration 20 Plazma – jismlar yoki gazning ionlashgan holati. Tabiatdagi jismlarning to`rtinchi agregat holati sanaladi. Q.m.: ru.wikipediya.org > Плазма . Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling