Kichik beznes va hususiy tadbirkorlikni mazmun mohiyati Bajardi; Davlatova Sevara


Download 0.53 Mb.
Sana05.12.2020
Hajmi0.53 Mb.
#159980
Bog'liq
Kichik beznes va hususiy tadbirkorlikni mazmun mohiyati

Kichik beznes va hususiy tadbirkorlikni mazmun mohiyati

Bajardi ; Davlatova Sevara

Reja ;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati .
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning maqsadi .
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning vazifalari .

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati

  • Bozor iqtisodiyotida biznes va xususiy tadbirkorlik erkinligining ta’minlanganligi iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu boisdan biznes va tadbirkorlik funksiyasi, nazariyasi iqtisodiy nazariya fanida muhim o’rin tutadi. XVIII asrdayog Fransuz iqtisodchisi R. Kantiolon, XIX asrda nemis klassik maktabi vakillaridan I. Tyunen va G. Mangolf hamda amerikalik iqtisodchi F. Nayt tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlarini tadqiq etganlar. R. Kantilon tadbirkorlikning muhim xususiyati risk ekanligini asoslab bergan. Uning fikricha tadbirkorni oldindan ko’ra bilish qobiliyatiga ega bo’lgan va risk qilishga qodir bo’lgan, kelajakka intiluvchi, daromad olishdan umidvor bo’lgan va shu bilan birga yo’qotish va zarar ko’rishga ham tayyor bo’lgan har qanday shaxs deb ta’riflagan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati

  • "O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to’g’risida"gi qonunda tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: "Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir". O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida "gi qonun asosida biznes va tadbirkorlik faoliyati tartibga solinadi. Ushbu konunda ta’riflanishicha "tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy mas’uliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir". Bu ta’rif ayni paytda biznesning ham mohiyatini ochib beradigan ta’rifdir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tushunchalari mohiyati

  • Tadbirkorlik bu o’z mohiyatiga ko’ra inson faoliyatining ko’p qirrali sohasi bo’lib, u yangilikni yaratish bilan bog’liq va san’at turi kabi ijodiy jarayondir. Tadbirkorlikning mohiyatini, uning harakat va imkoniyatlari doirasini yaxshiroq tushunib olish uchun, uning mohiyati va iqtisodiyotdagi roliga bo’lgan qarashlar tizimi rivojini tashkiliy, siyosiy - iqtisodiy va ijtimoiypsixologik jihatlar nuqtai nazaridan umumlashgan holda tahlil qilamiz. O’zbek olimlaridan A.O’lmasov va N.To’xliyevning tadbirkorlikni "daromad keltiradigan yoki naf beradigan xo’jalik faoliyati (kasb-kor, mashg’ulot) sohibkorlik- tijorat ishlari bilan shug’ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bo’lish" , "...tadbirkorlik - pul topish maqsadida mas’uliyatni zimmaga olgan holda biron iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish", deb ta’riflashgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning maqsadi

  • Tadbirkorning ishga doir sifatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak: -birinchidan, bozorning tovar va xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini tahlil qilish yo’li bilan iqtisodiy xo’jalik tizimida o’z o’rnini topishi; -ikkinchidan, shaxsiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishga tayyorlik qobiliyati; -uchinchidan, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqqan holda, dastlabki tadbirkorlik hisob-kitoblarini amalga oshirishi; -to’rtinchidan, tadbirkorlik loyihasini amalga oshirishda rahbarlikni to’g’ri yo’lga qo’yish qobiliyati; -beshinchidan, yangi texnik, texnologik g’oyani birinchi bo’lib hayotga tatbiq etish hamda ushbu g’oyadan amalda foydalanish, undan qanday yakuniy natija, mahsulot yoki xizmatlar olish mumkinligini tasavvur eta olishi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning vazifalari

  • Tadbirkorlik nazariyasining asoschisi Y. Shumpeter uchta asosiy motivni ajratgan: -birinchidan, hokimlik qilish, hukmronlik, ta’sir qilishga ehtiyoj; - ikkinchidan, aniq harakatlarni bajarish orqali erishish yehtimoli bo’lgan g’alabaga iroda, muvaffaqqiyat sari harakat; -uchinchidan, mustaqil ish faoliyati beruvchi ijodkorlik quvonchi. Ammo, Y. Shumpeter tomonidan taklif etilgan motivlashtirish nazariyasi g’arbiy mamlakatlar tadbirkorlarining fikrlash uslubini aks ettiradi. Tadbirkorlikning tarixiy tomirlariga ega O’zbekistonda tadbirkorlikning zamonaviy haqiqatlarga asoslangan o’z motivi bo’lishi kerak. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bir qator o’ziga xos alomat va xususiyatlar bilan birga bo’ladi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni motivlashtirish xususiyatlari quyidagi alomatlarga ega: -o’z salohiyatini amalga oshirishga harakat qilish

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning vazifalari

  • eng muhim, ijtimoiy va iqtisodiy samara keltiruvchi g’oyalarni amalga oshirish istagi; -to’rachilik tuzilmalari bilan bog’liqlikdan qochish, harakatlar erkinligi va faoliyat yuritish jarayonida mustaqil bo’lish; -qiziqarli ish bilan mustaqil va erkin shug’ullanish; -o’zining ijtimoiy maqomi va obrusini oshirishga intilish hamda o’ziga va o’z yaqinlariga munosib turmush sharoitlarini ta’minlash. «Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi: Tadbirkorlik – (ingl. interprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning vazifalari

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning vazifalari


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling