Kichik biznes subyektlari marketing faoliyatini tashkil


www.scientificprogress.uz


Download 460.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi460.01 Kb.
#1646451
1   2   3   4
Bog'liq
kichik-biznes-subyektlari-marketing-faoliyatini-tashkil-etish

www.scientificprogress.uz
 
Page 1331
korxonalar asosan uchinchi (tovar) tamoyildan foydalangan holda marketingni tashkil 
etadi. Bunda har bir mahsulot turi bo‘yicha alohida marketologlar faoliyat yuritib, 
o‘zlariga biriktirilgan markalarning sotilishiga mas’ul bo‘ladilar. To‘rtinchi tamoyil 
(bozor)ga asosan, firmalar marketing xizmatini bozor segmentlarining xususiyatlariga 
asoslangan holda tashkil etadi. Bunda mijozlarning xulqi, didi, to‘lov qobiliyati va 
boshqa ko‘rsatkichIari inobatga olinadi. Amaliyotda ilk to‘rtta tamoyilga asoslangan 
marketing xizmatlaridan tashqari, ular kombinatsiyalashgan tarzda ham ishlatiladi. 
Masalan: funksional-tovar, funksional-bozor, funksional-geografik, tovar-geografik, 
tovar-bozor kabi bo‘lishi mumkin. Buning natijasida beshinchi (kombinatsiyalashgan) 
tamoyilga asoslangan marketing xizmatini tashkiliy tamoyili vujudga keladi.Yuqorida 
sanab o‘tilgan tamoyillar bilan birga marketingni tashkil qilishning ikki shakli ham 
mavjud. Bular: loyihali; matritsali. Birinchisida har bir tovar uchun belgilangan mas’ul 
shahsga keng vakolatlar berilib, alohida-alohida mutaxassislar va boshqa zaruriy 
moddiy resurslar bilan ta’minlanadi. Alohidalashgan holda ish olib borayotgan 
guruhlarning har biri bo‘lak loyiha hisoblanadi. Ularning har biri faqat bitta rahbarga 
bo‘ysunadi. Buni vertikal boshqarish deb atasa ham bo‘ladi. Ikkinchisida, loyihalar 
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, har biri bir nechta rahbarga bo‘ysunadi. Bu shaklning 
birinchisidan afzalligi shundaki, har bir loyiha uchun zaruriy moddiy resurslar alohida 
olib berilmaydi, balki, olingan resurslardan hamjihatlik asosida foydalanishib, xarajatlar 
miqdorini pasayishiga olib keladi. 
Marketing xizmatini tashkil qilish tamoyillari va shakllari asosida kichik biznes 
subyektlarida marketing xizmatlarini tashkil etish uchun ularning barchasida bunday 
ishlarni alohida shtatli xodimlar emas balki, korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari 
bajaradi. Marketing ishlari bilan birga bir nechta vazifalarni (hisobchi, menejer, 
texnolog, ta’minotchi va boshqa) olib borishadi. Bu rahbarlarning asosiy qismi oliy, 
o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lsalarda, mutaxassisliklari bo‘yicha muhandis-
texnologdirlar. Ulaming ayrimlari hatto “marketing” so‘zining mazmuni haqida 
tushunchaga ega emas. Kichik korxonalarning aksariyat qismida 25 tagacha ishchi va 
xizmatchilar bo‘lib, ularning qariyb 90%i bevosita ishlab chiqarish ishtirokchilari 
hisoblanadi, qolgan qismi esa, bu jarayonda bilvosita qatnashadi. Kadrlar soni qancha 
kamchilikni tashkil etsa, korxonaning rahbari ham xo‘jalik operatsiyalarida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qatnashishiga to‘g‘ri keladi. Ularning asosiy qismi, tashkil etilganiga ko‘p vaqt 
bo’lmagan va biznesni endi tashkil qilayotgan korxonalardir. Xodimlarining aksariyati 
bir-birining o‘rnini bosa oladigan malaka, tajribaga ega, mehnat taqsimoti va 
ixtisoslashish chuqurlashmagan, turli darajadagi masalalarni hal qilishni asosan, rahbar 
o‘z zimmasiga oladi. Ishlab chiqarish miqdorini belgilash, ta’minot, boshqarish, 
mijozlarni jalb qilish va sotish ishlari ham korxona rahbarining asosiy vazifalariga 
kiradi. Korxonada ishchilar sonini oshishi va faoliyatining kengayishi jarayoni mehnat 
taqsimotining chuqurlashishiga, o‘z navbatida, har bir xodim yoki ishchi alohida 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 460.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling