Kichik biznes subyektlari marketing faoliyatini tashkil


Download 460.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi460.01 Kb.
#1646451
  1   2   3   4
Bog'liq
kichik-biznes-subyektlari-marketing-faoliyatini-tashkil-etish



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1330
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL 
ETISH 
 
Shuhrat Ortiqali o’g’li Buvorayev 
Toshkent shahridagi Singapur menejmentini rivojlantirish instituti magistri 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlari marketing faoliyatini tashkil etish 
yo’llari yoritib berilgan. 
Kalit so’zlar: kichik biznes, kichik biznes subyektlari, marketing, korxona, bozor, 
tovar, funksional-tovar, funksional-bozor, funksional-geografik, tovar-geografik, tovar-
bozor. 
ORGANIZATION OF MARKETING ACTIVITIES OF SMALL BUSINESS 
ENTITIES 
 
ABSTRACT
This article gives you a brief overview on small business marketing. 
Keywords: small business, small business entities, marketing, enterprise, market, 
commodity, 
functional-commodity, 
functional-market, 
functional-geographical, 
commodity-geographical, commodity-market. 
Turli soha korxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan marketing xizmatlari bir-biridan 
tashkil qilinish tamoyillari va shakliari bilan farqlanadi. Aksariyat adabiyotlarda 
marketing xizmatlarini tashkil etishning beshta tamoyili va uni boshqarishning ikkita 
shakli mavjudligi haqida aytib o‘tilgan. 
Har bir korxona ichki imkoniyatlariga tayanib, ulardan o‘ziga ma’qulini tanlagan 
holda tuzishadi. Bu tamoyillar: 1) funksional; 2) geografik; 3) tovar; 4) bozor; 5) 
kombinatsiyalashgan tarzda bolishi mumkin. Birinchi tamoyilga ko‘ra marketingning 
har bir funksiyasi (reklama, yangi tovar yaratish, sotish, tadqiqot o‘tkazish, marketingni 
rejaiashtirish, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha alohida- alohida 
mutaxassislar ishlab, marketing ishlari bo‘yicha korxona rahbarining o‘rinbosariga 
bo‘ysunishadi. Tovar assortimenti kam bo‘lgan korxonalarda bunday tashkiliy 
tuzilishning samarasi yuqori bo‘ladi. Tovar assortimentining ko‘payishi natijasida esa, 
aksincha, samarasi kamayib boradi. Keng miqyosda tovar sotadigan korxonalar asosan 
ikkinchi (geografik) tamoyilga asoslaniladi. Bunda, korxona faoliyatini hududlar 
bo‘yicha tashkil etishib, har birida o‘zaro bog’liq bo‘lmagan marketing xizmatlarini 
tashkil etishadi. O‘z navbatida, ularning barchasi korxonaning marketing ishlari 
bo‘yicha vitseprezidentiga bo‘ysunadi. Mahsulot nomenklaturasi keng bo‘lgan 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 460.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling