Kichik biznes va tadbirkorlik fanidan Mustaqil ish Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari
Download 66.99 Kb.
|
Suyunov Sardor1
Auditorlar va auditorlik firmalari davlat ro‘yxatidan o`tib,litsenziya olganlaridan keyin faoliyat boshlaydi. Auditorlar va auditorlik firmalari qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining Adliya Vazirligida Davlat ro‘yxatidan o‘tadi. Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya davlat ro'yxatidan o‘tgandan keyin beriladi. Ularni berish tartibini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.Auditorlar (auditorlik firmasi) quyidagi huquqlarga ega: — xo‘jaIik yurituvchi subyektning hisobotini audit qilish va tuzilgan shartnomaga binoan konsalting xizmali ko‘rsatish; — O'zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga binoan tekshiruvning shakl va usullarini mustaqil belgilash; ― tekshirilayotgan obyektda ham, uchinchi shaxslar qo‘lida ham bo'lgan, tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulkiy holati va faoliyatiga daxldor hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lish; — o ‘tkazilayotgan tekshirish yoki ko‘rsatilayotgan auditorlik xizmati munosabati bilan tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari va boshqa xodimlaridan, shuningdek uchinchi shaxslardan og‘zaki yoki yozma tarzda zarur izohlar olish; — litsenziyadan mahrum etish haqida qaror qabul qilinganida sudga ariza bilan murojaat etish va hokazo.Auditor (auditorlar firmasi) ning burchlari: — auditor tekshiruvini sifatli, mukammal o‘tkazish, tekshiruvlar o‘lkazish bilan aloqador boshqa auditorlik xizmati ko‘rsatish; — tekshirilayotgan xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga tekshiruv vaqtida aniqlangan qonunchilikning buzilish hollari va buxgalteriya hisoboti yuritish hamda moliyaviy hisobotni tuzishga qo‘yilgan talablarning buzilish dalillari haqida ma’lumot berish; — o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida ma’lumotlarni sir saqlash. Auditorni mijoz bilan shartnoma tuzgan auditorlik firmasi xo‘jalik yurituvchi subyekt mulkdorlari bilan kelishilgan holda tayinlaydi. Xo‘jalik yuritish subyektining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari auditorning talabi bilan quyidagilarni bajarishi shart: — moliyaviy-xo‘jaiik faoliyatiga daxldor hujjatlarni berishi; — og‘zaki yoki yozma tarzda izohlar berishi; — tekshirilayotgan obyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini sifatli ekspertiza qilish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishi. “Auditorlik faoliyati haqida”gi qonun va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini auditorlik tekshiaivi vaqtida buzganlik uchun auditor va auditorlik firmasi javobgar hisoblanadi va quyidagi javobgarlikka tortiladi: — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan mulkiy va ma’muriy javobgarlikka; — litsenziya huquqini to‘xtatib qo‘yish yoki auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziyadan mahrum etishgacha (litsenziya bergan organ qaroriga muvofiq) bo‘lgan intizomiy jazolar beriladi. Hozirgi kunda qo‘shma korxonalar auditi, hissadorlik jamiyatlari auditi, investisiya fondlarining auditi va sug‘urta kompaniyalarining auditi shakllandi, Download 66.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling