Kichik biznes va tadbirkorlik fanidan Mustaqil ish Mavzu: Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari


Download 66.99 Kb.
bet2/3
Sana23.09.2023
Hajmi66.99 Kb.
#1686464
1   2   3
Bog'liq
Suyunov Sardor1

Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki aylanmaga ega yuridik va jismoniy shaxslar bir xil ulushda soliq to`laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy o‘rnatilgan bo`lib, mutanosib ravishda olinadi.
Daromad yoki foyda ortib borishi bilan soliq stavkasi ham
ortib borishi ko‘zda tutilgan b o ‘lsa, bunday stavkalar progressiv soliq stavkalari deyiladi.
Regressiv soliq stavkasi usulida daromad o‘sishi
bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko‘payishi yoki eksportga
mahsulot ishlab chiqarish ko‘payishi bilan soliq stavkasi kamayib
boradi. Demak, bunday korxona byudjetga kam soliq to‘lay
boshlaydi. Regressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada
mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish yoki o ‘z foydasidan biror
turdagi xarajatni kamaytirishni rag‘batlantirish maqsadida qo'lla-
niladi.

Tadbirkorlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlarida moliyaviy va buxgalteriya hisob-kitoblarini to‘g‘ri amalga oshirishlarida auditorlik firmalari ham muhim rol o'ynaydi. Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib, mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.


O‘zbekistonda audit O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida«gi qonuni asosida amalga oshiriladi.
Audit xo‘jalik yurituvchi subyektlarni mustaqil ekspertiza va moliyaviy hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir.
Auditning asosiy maqsadi moliyaviy va xo‘jalik operat-siyalarining to‘g‘riligi va ularning 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy hujjatlariga nechog`lik mosligini aniqiash, bularning to‘la-to‘kisligi, aniq — ravshanligi, buxgalteriya hisobi yoki boshqa moliyaviy hisob yuritishga qo`llanilayotgan talablarga nechog`lik monandligini aniqlashdan iboratdir.
Audit tarkibiga yana konsalting, ya’ni mijoz bilan shartnoma tuzib, xizmadar ko‘rsatish ham kiradi.
Auditorlik firmasi yuridik va jismoniy shaxs tomonidan tuzilib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o`tgach, ustaviga
ko‘ra auditorlik xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot.
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvini o ‘tkazish ta’qiqlanadi:
— tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlari
va boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo`lgan
shaxs;
— tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda shaxsiy-mulkiy manfaatlari bo`lgan shaxs;
— xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlari, muassasalari yoki
mulkdorlari;
— tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning
filiallari xodimi;
— davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor
shaxslari;
— kreditorlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.

Download 66.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling