Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari


Download 87 Kb.
bet4/5
Sana14.10.2023
Hajmi87 Kb.
#1701860
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari

ASS = STO* A/100;
bu yerda, ASS - aksiz solig i summasi, so m. STO - soliqka tortiladigan aylanma, so'm. A-soliqstavkasi,%.
Agar tovariar boshqa mamlakatlardan tashib keltirilsa va sotilsa, aksiz solig i summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
STO = F*AM00/(100-A);
bu yerda, STO - soliqqa tortiladigan aylanma, so'm.
F - keltirilgan tovarlarning faktura qiymati, so'm.
A-soliq stavkasi, %.
Aksiz soligM budjetga ikki xil muddatda har kuni va har o'n kunda to'lanadi.
Birinchi usul vino-aroq mahsulotlarini sotuvchilarga tegishli. Bu usulda to'lov tovarlarning haqiqiy aylanmasi amalga oshgandan so'ng uning uchinchi kunida to'lanadi. Ikkinchi usulda aksiz osti tovarlari sotuvchi korxonalarning haqiqiy aylanmasidan har o'n kun o'tishi bilan soliq to' lanadi,ya’ni:

  • birinchi o'n kunlik uchun shu oyning 13-sanasiga;

  • ikkinchi o'n kunlik uchun shu oyning 23-sanasiga;

  • uchinchi o'n kunlik uchun kelgusi oyning 3-sanasiga soliq to'laydi.

Aksiz solig'iga tortiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovini hisoblash chog'ida soliqqa tortiladigan baza aksiz solig i summasiga kamaytiriladigan tartib o'rnatildi. YAngi tashkil etilayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to'lovini to'lash muddatini bir yilga kechiktirish, kechiktirilgan summani imtiyozli davr tugagandan keyin teng ulushlarda 12 oydavomida to'lash huquqiberildi.
Ilgari mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to'lash bo'yicha berilgan soliq imtiyozlari yagona soliq to'lovini to'lash chog'ida saqlab qolindi. Yagona soliq to'lovini to'laydigan mikrofirma va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer maydonlari uchun budjetga ijara haqi to'lashdan ozod qilindi.
jzbekiston Respublikasi Prezidentinin g 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoniga asosan kichik biznes subyektlarini jadal rivojlantirishni yanada rag'batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini tubdan oshirish maqsadida 2005-yilning 1-iyulidan boshlab, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi, Respublika yo'l jamg'armasi va Maktab ta’limi jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lash o'rniga yagona soliq to'lovi joriyetildi.
Mazkur farmonga binoan, yagona soliq to'lovi hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha har chorakda to'lanishi belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-sonli «To'g'ridan-t o'g'ri xorijiy xususiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish borasida qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmoniga binoan, 2005-yilning 1-iyulidan boshlab, to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo'yicha daromad (foyda) solig'i, mulk solig'i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig'i, ekologiya solig'i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to'lashdan, shuningdek Respublika yo'l jamg'armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan ozod qilindi.
To'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo'lganda mazkur soliq imtiyozlari:
- 300 ming AQSA dollaridan 3 million AQSA dollarigacha 3 yil muddatga;
- 3 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha 5 yil
muddatga;
- 10 million AQSH dollaridan ortiq bo'lganda 7 yil muddatga
beriladi.
Shuningdek, Farmonda ko'rsatilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo'llanilishi belgilab qo'yilgan:

  • mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo'lgan mintaqalar Qoraqalpogiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, shuningdek Navoiy, Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;

  • xorijiy investorlar tomonidan to'g ridan-t o'g ri xususiy xorijiy investitsiyalarni O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalgaoshirish;

  • korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 5O foizni tashkil etishi lozim;

- ushbu korxonalar davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan keyin
to'g ridan-t o'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;

  • xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo'yish;

  • mazkur imtiyozlarning qo'llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo'naltirish.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator soliq imtiyozlari belgilandi. Xususan, 2010-yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to'lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo'lsa, 2011-yilda esa bu ko'rsatkichni 6 foizga tushirish moMjallangan. 1996-2011-yillar mobaynida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 6 foizga yoki 6,3 martaga qisqardi.
Kelgusida tarmoq yo'nalishlariga ко ra kichik biznes subyektlari uchun quyidagi soliq imtiyozlari belgilangan:

  • 2014-yil 1-yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarnito'lashdanozodqilingan;

  • 2012-yilning 1-yanvarigacha go'sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovi stavkasi 50 foizga kamaytirilgan, chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona to'lovlaridan ozod qilingan;

  • 2012-yilning 1-yanvarigacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig'i, mulk solig'i va yagona soliq to'lovlaridan ozod qilingan;

  • 2012-yilning 1-yanvargacha respublika yo'l jamg armasiga majburiy ajratmalar to'lashdan; ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import qilishda bojxona to'lovlaridan ozod qilingan.


Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling