Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari


Download 87 Kb.
bet1/5
Sana14.10.2023
Hajmi87 Kb.
#1701860
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining soliq va audit bilan aloqalari


KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING SOLIQ VA AUDIT BILAN ALOQALARI
Reja:


4. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo jalik subyektlari bo sh pul mablag larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish
5. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va investitsion faollikni oshirish,
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish jarayonida
banklarning ahamiyati
6. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlarini soliqqa tortish, ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
7. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarida audit va auditorlik taftishini o tkazish
8. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo jalik subyektlari bo sh pul mablag larini jalb etish va bank xizmatlari turini rivojlantirish
Banklar tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o'z aksini topmoqda.
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish va pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalardan foydalanishni kengaytirish masalalari bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo'lishi darkor», deb ta’kidlab o'tganedi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi depozit hisobvara qlardan naqd pul to'lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to'g risida»gi 2005-yil 5-avgustdagi 147-sonli qarori talablarini ijro etish borasida bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan bir qator chora-tadbirlar aholining bank tizimiga ishonchi yanada oshishiga olib keldi.
Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4057-sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolaming tijorat banklari depozit hisobvara qlaridagi omonatlari ulaming miqdoridan qat’iy nazar to'liq qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga ishonchi yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko'rsatdi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi 1-sonli majlis bayoni talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb etilishida hamda omonatdagi mablag'lami ularning birinchi talabiga ko'ra berilishida qonun buzilishiga yo'l qo'ymaslik, omonatchilarning haq-huquqlari himoya qilinishini ta’minlash borasida tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va banklarning mazkur faoliyatlari ustidan nazoratning yanada kuchaytirilganligi ham aholi bo'sh pul mablag larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada jadallashtirdi.
Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009-yil 6-apreldagi «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo'jalik subyektlari bo'sh pul mablag'larini jalb etishni yanada rag'batlantirish qo'shimcha chora-tadbirlari to'g' risida»gi qarorlari muhim omil bo'lmoqda.
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko'rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni rivojlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ко'rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2010-yil 1-yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalariga o'matilgan terminallarning umumiy soni 60631 tani, kartochkalar umumiy soni 6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi loyihalaridagi kartochkalar soni 3546,7 mingtani tashkil qildi. Korporativ kartochkalar soni 14,1 mingtani tashkil qildi. Plastik kartochkalar hisobvara qlariga 3846 mlrd. so'mlik mablag'lar o'tkazildi.
O'z navbatida, plastik kartochka va terminallar yordamida amalga oshirilgan o'tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib borish ko'zda tutilgan. Shunga ko'ra, amaldagi barcha tegishli me’yoriy hujjatlarga, shu jumladan, Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli yo'riqnomalariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud bo'lgan barcha cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish borasida qo'yilgan muhim qadambo'ldi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi yanada mustahkamlanib, naqd pul mablag'larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga zamin yaratdi. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi depozit hisobvara qlaridan naqd pullarning uzluksiz berib borilishi to'liq ta’minlab borildi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank tizimida plastik kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarini amalga oshirishni rag batlantirish borasida bir qancha imtiyozlar berilmoqda. Shulardan biri plastik kartochkalarga xizmat ko'rsatadigan prouessing markazlari va bankomatlarni keltirish hamda ularni o'rnatish borasida bojxona to'lovlaridan 2020-yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangan.
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng foydalangan holda pul taklifi o'sishining asosiy manbai bo'lgan oltin-valyuta zahiralarining oshishi hisobiga muomalaga chiqarilgan pul massasi hajmini boshqarish choralarini ko'rib bordi.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlar natijasida o'tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz ko'rsatkichlari doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot hajmining o'sishiga muvofiqligi ta’minlandi.
Monetar siyosat borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iste’mol mahsulotlari narxlariga monetar omillarning ta’sirini bartaraf etdi, inflyatsiya darajasi esa prognoz ko'rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni tashkil qildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 4057-sonli Farmoniga muvofiq fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvara qlaridagi omonatlari ularning miqdoridan qat’iy nazar to'liq qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga ishonchining yanada mustahkamlanishiga va pirovard natijada jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sirko'rsatdi.
Xalqaro banklar tajribasini o'rgangan holda «Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zahiralarni deponentlash tartibi to'grisida»gi Nizomga o'zgartirishlar kiritib borildi. Banklarning barqarorligini yanada mustahkamlash va ularning likvidligini tartibga solish maqsadida 2008-yilning 1-dekabridan boshlab, tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zahiralar fondiga o'tkazmalari bo'yicha me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun bir xil, ya’ni 15 foiz qilib belgilandi. Shuningdek, majbuiiy zahiralarga deponentlanadigan mablaglari hisoblash metodologiyasi ham takomillashtirib borildi.
2009-yilda bank tizimini isloh qilish jarayonida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-iyuldagi 1166-sonli qaroriga asosan pul massasining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda va tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozitlar jalb qilishni ragbatlantirish maqsadida 2009-yilning 1-sentyabridan boshlab, tabaqalashtirilgan majburiy zahiralar normasi joriy etildi.
Respublika bank Kengashining 2009-yil 15-apreldagi 2-sonli qaroriga muvofiq, foiz stavkalarini yuridik shaxslarning banklardagi 6 oydan ortiq muddatga joylashtirilgan depozitlari uchun qayta moliyalash stavkasining 75 foizidan kam bo'lmagan miqdorda, aholining 1 yildan ortiq muddatga joylashtirilgan depozitlari uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 150 foizidan kam boMmagan miqdorda hamda jismoniy shaxslarning plastik kartochkalardagi mablag'lari uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan kam boMmagan miqdorda belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Narxlar o'zgarishining amaldagi va kutilayotgan darajasini hisobga olgan holda 2009-yilda qayta moliyalashtirish stavkasi 14 foiz darajasida ushlab turilganligi banklararo bozordagi foiz stavkalarning barqaror bo'lishini ta’minlamo qda. Bu esa o'z navbatida, tijorat banklarining depozit va kredit foiz stavkalarining pasayishiga olib keldi.
Monetar siyosatning 2010-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari hamda inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan darajasidan kelib chiqqan holda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o'zgartirilmadi. Bu holat respublika banklar tizimi barqarorligidan dalolat beradi.

Download 87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling