Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risida
Download 0.58 Mb.
|
HISOBOT
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risida
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini biznes bilan shug‘ullanishga jalb etish, boshlang‘ich kapital manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash tizimini kengaytirish va samaradorligini oshirish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) hisobot beradi. Agentlik Vazirlikning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi. Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga umumiy rahbarlik qilish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va Vazirlikning qarorlariga amal qiladi. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Agentlik uning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha o‘z faoliyatini Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling