Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish


kredit — qarz oluvchilarning loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan kredit; kompensatsiya


Download 0.58 Mb.
bet7/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1445140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
HISOBOT

kredit — qarz oluvchilarning loyihalarini moliyalashtirish uchun foydalaniladigan kredit;
kompensatsiya — tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarning bir qismini qoplash;
kafillik — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini Jamg‘armaga yuklaydigan kafillik shartnomasi;
loyihalar — oldindan belgilangan vaqt mobaynida tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zaro bog‘liq tadbirlar va ishlar majmui, quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadlar bundan mustasno:
ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
savdo obyektlari va umumiy ovqatlanish obyektlari qurilishini moliyalashtirish;
bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish;
sug‘urtalash — kredit garovi va qaytarilmasligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta kompaniyalarining majburiyati;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari — aholining kam ta’minlangan qatlamlaridan bo‘lgan ushbu Nizomning 29-bandida belgilangan tartibda aniqlanadigan shaxslar toifasi.


Jamg‘armaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari
Nizomga ilovada ko‘rsatilgan shakllarda moliyaviy yordam ko‘rsatish Jamg‘armaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Nizomga ilovada nazarda tutilgan talablar oldin qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan kafillik va kompensatsiyalarning Jamg‘arma tomonidan taqdim etilishi shartlariga tatbiq etilmaydi.
Quyidagilar Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq dasturlari va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish muammolarini o‘rganishga qaratilgan kompleks ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etish.
Jamg‘armadan moliyaviy yordam olish uchun berilgan arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha elektron hujjatlar aylanishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha agentlik faoliyatini tashkil etish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorida ma’qullangan elektron hujjatlar aylanishi sxemalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bitta shaxsga bir paytning o‘zida kompensatsiya va kafillik berilmaydi. Jamg‘armadan moliyaviy yordam olgan shaxs Jamg‘armaning buyurtmasida qarz oluvchi sifatida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami bo‘yicha aniqlanadi.
Oldin Jamg‘armaning moliyaviy yordamini olgan shaxs quyidagi holatlarda Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi:
a) ilgari kompensatsiya olgan bo‘lsa:
ilgari kompensatsiya taqdim etish bo‘yicha shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda;
kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinganda, haqiqiy emas deb topilganda yoki amal qilishi to‘xtatilganda;
b) ilgari kafillik olgan bo‘lsa:
qarzdorlikni kafillik bilan ta’minlangan qismi bo‘yicha qaytarish;
kafillik shartnomasi bekor qilinganda, haqiqiy emas deb hisoblanganda yoki amal qilishi to‘xtatilganda.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling