«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Tadbirkorlik tushunchasi, mohiyati va uni rivojlantirish uchun shart-


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

1.2.Tadbirkorlik tushunchasi, mohiyati va uni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar.
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha
aytganda, u muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo’yicha mulkdorlarning
yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir. “Tadbirkorlik va
tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida
tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik-mulkchilik sub’ektlarining
foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi
qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
to‘g‘risidagi Qonunga muvofik balog’at yoshiga yetgan har bir fuqaro o’z mulki
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o’z ixtiyor etgan Qonunga zid
bo’lmagan faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin.
1
Каримов И.А. “Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни
модернизация ва ислоҳ этишдир”. Ўзбекистон Республикаси Президентининг Олий Мажлис Қонунчилик
палатасм ва Сенатининг қушма мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2005, 29 январ, 20-сон.


 Ikkinchidan, yuqoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda
etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, xilma xil ko’rinishiga ega. Tadbirkorlik faoliyatini
tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat
ahamiyatiga molik ish bo’lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3
guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:
1) yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan
intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug’ullanadi.
2) tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar.
3) 
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan;
b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog’liqni
saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Shug’ullanayotgan soha bo’yicha ilm, bilimga egaligi.
2. Tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo’yicha tashabbuskorlik
qobilyati.
3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikrlay olish.
4. Qonunlarga itoatkorligi.
5. Innovatsiyachilikning faolligi.
6. Maqsad sari intiluvchanlik.
7. Tashkilotchilik.
8. Tejamkor bo‘lishi.
9. O’z so‘zining ustidan chiqish.
10. Ruxiy poklik va halolligi.
11. O’z jamoasi uchun kurashuvchanlik.


 Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
1. Mulk munosabatlarining uyg’unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy
munosabatlar uch jixat bilan belgilanadi: -
n egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to’la xukumronlik qilish: sotish,
ijaraga berish, hadya etish;
n foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to‘lov
evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;
n operativ tezkor boshqarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resruslarni
taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha mulkni boshqarish huquqini
joriy etish.
2. Tadbirkorlarga o’z qobiliyatini to’la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy
erkinliklarning berilishi.
n mahsulot assortimenti turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi;
n xamkorliklarni mustaqil tanlash;
n mablag’larni qonunga zid bo’lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va x.k.;
3. Bozorning ochiqligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, xom ashyo
harakati uchun sun’iy g’oyalarning yo’qligi.
4. Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
Bunga quyidagilar kiradi:
n tijorat banklari;
n tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari;
n tijorat tavakkalchiligi va mulk sug‘urtasi;
n ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;
n ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati tashkilotlari,
arbitrajlar va x.k.
5. Tadbirkorlik uchun huququiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni
ximoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.


6. Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to’lash, tabiiy
boyliklardan foydalanish bo’yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va x.k.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni
rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida
ko‘rsatilishicha: xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish asosida
mulkdorlar sinfini shakllantirish kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga
kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun
maqbul sharoit yaratish maqsadida;
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari quyidagicha belgilangan:
-mulk shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish, ilm-fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish,
chakana savdo qishloq xo‘jaligi va boshka ishlab chiqarish sohalarida 100 nafardan,
kichik tadbirkorlik korxonalari bo‘lib hisoblanadi;
- mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa korxonalarning ishchi va xizmatchilarini soni
100 nafardan oshgan tadbirkorlik korxonalari yirik korxonalar hisoblanadilar.
Hozirda tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va xususiy tadbirkorlik sohasiga
xorijiy sarmoyalarni olib kirish uchun mikrofirmalar, kichik korxonalar va korxonalar
tashkil etilib, maqbul sharoitlar yaratilmoqda

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling