«kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fanidan leksiyalar kursi


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/102
Sana03.12.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1799998
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu yerda:
MT - mahsulot tannarxi, so‘m / dona, so‘m / kg va boshqa;
MX - ishlab chiqarishning moddiy harajatlari, so‘m;
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to‘lash
harajatlari, so‘m;
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urta
to‘lovlari, so‘m;
A - asosiy vositalar amortizatsiyasi, so‘m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish harajatlari, so‘m;


M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakazo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo‘yicha
haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab
chiqarish harajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha moddiy
va mehnat resurslari sarflariga yo‘l qo‘yilgan yoki tejamga erishilganini aniqlash va
kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
10.4. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari quyidagilardan iborat bo‘lishi
mumkin:
- ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish
vositalarini joriy etish;
- asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
- ishlab chiqarishning material sig‘imini kamaytirish va tejamkorlikka erishish;
- mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko‘tarish;
- resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish;
- ishlab chiqarish vamehnatni tashkil etishning ilg‘or shakllaridan foydalanish;
- mehnat unumdorligini oshirish;
- mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo‘qotishlarga yo‘l
qo‘ymaslik;
- qishloq xo‘jaligida yokinlar hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligin
oshirish va boshqalar.
NAZORAT VA MULOXAZA UCHUN SAVOLLAR
1. Ishlab chiqarish xarajatlariga nimalar kiradi?
2. Mahsulot tannarxi nima?


3. Mahsulot tannarxi qanday usullar bilan hisoblanadi?
4. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxi qanaday hisoblanadi?
5. Asosiy vositalar amortizatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Qishloq xo‘jaligida mahsulot tanarxi qanday hisoblanadi?
7. Qishloq xo‘jaligida mahsulot tannarxini hisoblashda harajat moddalarini sanab
bering?
8. "Boshqa xarajatlar" moddasiga qanday xarajatlar kiritiladi?
9. Mahsulot tannarxini hisoblash ketma-ketligi qanday amalga oshiriladi?
10. Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari nimalardan iborat?

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling