Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, ularni kreditlash va soliqqa tortishdagi imtiyozlar


Download 1.05 Mb.
bet3/3
Sana15.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1487735
1   2   3
Bog'liq
kichik biznes Mamajonova S 4-slayd (2)

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan litsenziya talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lishi talab etiladi. Ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ham faoliyatning ayrim turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug’ullanishi mumkin. Litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222- 11-son qaroriga 1-ilovada belgilab o’tilgan. Ushbu hujjatga muvofiq, quyidagi faoliyat turlari faqat litsenziya olish orqali amalga oshiriladi:

  • Qurol-yarog’ va uning o’q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
  • “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro’yxati to’g’risida” O’zR Oliy Majlisining Qarori. Toshkent sh., 2001 yil 12 may, 222-II-son. www.lex.uz rasmiy sayti ma’lumotlari asosida

Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo’llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.

  • Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo’llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
  • Jangovar zaharlovchi moddalardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.
  • Bo’shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo’q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko’mib tashlash) va qayta ishlash.
  • Ov va sportga mo’ljallangan o’qotar qurolni hamda uning o’q-dorilarini, shuningdek tig’li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
  • Yong’inga qarshi avtomatika vositalarini, qo’riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish.
  • Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo’linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko’rsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.
  • vohakozo.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling