Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga lisenziya berish va bekor qilish tartibi


Download 29.15 Kb.
bet2/8
Sana02.01.2022
Hajmi29.15 Kb.
#183895
1   2   3   4   5   6   7   8
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga lisenziya berish va bekor qilish tartibi .

Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis hujjatlari, ya’ni korxona Nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So'ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Bu hisob raqamiga korxona ro'yxatdan o'tgandan keyin 30 kun ichida Nizom kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat ro'yxatidan o'tadi.

Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega korxonalar esa O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tadi. Korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

-korxonani ro yxatdan o'tkazish to'g'risida ta’sischilarning arizasi;

-notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta’sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta’sis shartnomasi);

-korxona manzilinitasdiqlovchihujjat;

-davlat bojini to'laganligi to'g risida bankdan berilgan hujjat;

-hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi to'g risida berilgan guvohnoma;

-muhr va tamg'aning uch nusxadagi namunasi.

Yangi korxonani tashkil etishda qonun tomonidan belgilangan tartibning buzilishi yoki uning ta’sis hujjatlarining qonun talablariga mos kelmasligi davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etilishiga olib keladi.

Korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish sabablari asoslanmagan yoki korxonani ro'yxatdan o'tkazish belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasa, sudga murojaat etish mumkin.

Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo'lgan muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g risidagi ma’lumotlar O'zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.

Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'gTisidagi qaroridan ko'chirma nusxasi, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi to gTisidagi davlat orderitopshiriladi.

Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandanso'ng korxona rahbariyati:

-dumalo q muhr va tamgaga buyurtma berishi;

-bankdahisobvaragiochishi;

-soliq inspekuiyasidan ro'yxatdan o'tkazishi;

-aholini ijtimoiy himoyaiash fondidan ro'yxatdan o'tkazishi;

-bandlik markazidan ro'yxatdan o'tkazishi kerak.

Dumaloq muhr va tamgani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo'limi,

korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko'chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg a chizmalarinitaqdimetishikerak.

Ichki ishlar bo'limi ruxsatni alohida xat ko'rinishida beradi. Chizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma’qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Bankda hisob raqami ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

-korxonarahbariningarizasi;

-hokimiyat tasdiqlagan ta’sis hujjatlari;

-notarius tasdiqlagan imzo namunalari;

-muhr va tamg a bilan tasdiqlangan kartochkalar;

-hokimiyatning mahalliy kengashi korxonani davlat royxatidan o'tkazilganligi haqidagi qaroridan ko'chirma yoki notarius tasdiqlagan ma’lumotnoma;

-soliq organidan ro'yxatdan o'tganligi haqidagi ma’lumotnoma.

Shundan so'ng bank muassasasi arizachiga hisob raqami ochadi, uning raqamini korxona Nizomining asl nusxasiga yozadi va bosh hisobchining imzosi qo'yilib, bankning gerbli muhri bosiladi.

Davlat ro'yxatidan o'tgandan keyin barcha tabdirkorlik subyektlari soliq organiga ro'yxat (identifikauiya) raqami olish uchun davlat ro yxatidan o'tgan vaqtdan e’tiboran 10 kun mobaynida murojaat etishlari lozim.

Soliq to'lovchining identifikauiya raqami soliq to'lovchilar va yuridik shaxslarga soliq organi tomonidan xo'jalik yurituvchi subyektlarni ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldirgan ma’lumotlar asosida beriladi.

Davlat soliq inspckuiyasida tadbirkorlik subyektlarini ro'yxatdan o'tkazish bir marta amalga oshiriladi va tadbirkorlik faoliyatini to'xtashi munosabatibilanginabekorqilinadi.

Tadbirkorlik subyektlari o'z identifikatsiya raqamini O'zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq qo'llaniladigan barcha hujjatlarda ko'rsatishishart.

Yangi korxonani tashkil etishning yakunlovchi bosqichida ishtirokchilar o'z omonatlarini to'laligicha kiritadilar (ro'yxatdan o'tgandan keyin bir yildan kechikmaslik kerak), bankda doimiy hisob raqamini ochadilar, korxona tuman soliq inspekuiyasida ro'yxatga olinadi, o'zining dumaloq muhri va burchakli shtampiga ega bo'ladi. Shu vaqtdan boshlab, korxona mustaqil yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita boshlaydi.



Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling